Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Ijtimoiy harakat
21-§.
~
~
~
~
~


74
(RSDRP) deb atalgan partiyaga birlashdilar. 1903-yildan boshlab
bu partiyaga rahbarlik V.I. Ulyanov (Lenin) qo‘liga o‘tdi. U
RSDRPdagi bolsheviklar deb atalgan oqimga yetakchilik qildi.
Bolsheviklar Rossiyada xususiy mulk mutlaqo bo‘lmaydigan,
jamiyat a’zolari ezuvchi va eziluvchilarga bo‘linmaydigan, davlat
hokimiyati, asosan, ishchilar sinfi qo‘lida bo‘ladigan, barcha mulk
davlatniki hisoblanadigan jamiyatni qurmoqchi edilar.
Bunday jamiyatni qurish uchun mavjud tuzumni ishchilarning
qurolli qo‘zg‘oloni (aslida davlat to‘ntarishi) orqali ag‘darib tash-
lash g‘oyasini targ‘ib etganlar.
1905-yilning 9-yanvar kuni Rossiya tarixi-
da birinchi inqilob boshlandi. Bu inqilob
Rossiya mehnatkashlarining og‘ir turmushi
Rus—Yapon urushi natijasida yanada yomonlashib ketishi oqibatida
yuz berdi.
Podshoning „odilligi“ga hali ham ishongan Peterburg ishchi-
laridan 250 ming kishi 9-yanvar, yakshanba kuni o‘z iltimosla-
rini podshoga bildirish uchun tinch namoyishga chiqdilar.
Iltimosnomada Òa’sis majlisi chaqirish, demokratik erkinliklar
berish, 8 soatlik ish kuni joriy etish kabilar ilgari surilgan edi.
Biroq, podsho tinch namoyishni o‘qqa tutishni buyurdi. Bu
voqea Rossiya tarixiga „qonli yakshanba“ nomi bilan kirgan.
Peterburgdagi „qonli“ voqealarga javoban Moskva, Riga, Var-
shava, Boku va boshqa shaharlarning ishchilari ish tashladilar,
namoyishlar boshlandi.
Mamlakatda dehqonlar harakati ham boshlandi. Inqilobiy hara-
kat, hatto ayrim harbiy qismlarga ham ta’sir ko‘rsatdi. Chunonchi,
Qora dengiz flotiga qarashli „Potyomkin“ bronenosesi matroslari
1905-yilning yozida qo‘zg‘olon ko‘tardilar.
Inqilobiy harakatning bunday tus olishi
podsho Nikolay II ni yon berishga maj-
bur etdi. 17-oktabr kuni podsho Mani-
fest e’lon qildi. Unda vijdon, so‘z, matbuot erkinligi, yig‘ilish
o‘tkazish va turli ittifoqlar tuzish huquqi, shuningdek, qonun
chiqaruvchi hokimiyat—Davlat dumasi (parlament)ni joriy etish
va’da qilindi.
Hukumat 1905-yilning dekabrida Davlat dumasiga saylov to‘g‘-
risida qonun qabul qildi. 1906-yil 27-aprelda 1-Davlat dumasi
o‘z ishini boshladi. Unda 448 deputat qatnashdi. Duma faoliyati-

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin