82
Avstriya-Vengriya o‘z maqsadiga erishdi ham. Oqibatda, 1913-
yilda Bolgariya Serbiya va Gretsiyaga hujum qildi. Shu tariqa,
Ikkinchi Bolqon urushi boshlanib ketdi.
Bu urushda Chernogoriya
va Ruminiya Serbiya va Gretsiyaga yordam berdi. Kechagi umumiy
dushman — Turkiya ham Bolgariyaga qarshi urushda qatnashdi.
Ikkinchi Bolqon urushida Bolgariya yengildi va qo‘lga kiritilgan
hududlarining bir qismini yo‘qotdi.
Urush natijasida Serbiya Bolqonning yetakchi davlatiga aylandi.
Endi, Avstriya-Vengriya va Germaniya o‘z
oldilariga kuchayib
borayotgan Serbiyani yanchib tashlash va shu orqali Rossiyaning
Bolqondagi ta’siriga putur yetkazish maqsadini qo‘ydilar.
Avstriya-Vengriyaning maqsadlari uni tashqi siyosatda Germa-
niyaga mutlaq qaram qilib qo‘ydi.
Avstriya-Vengriya urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Mam-
lakatda qisman safarbarlik ham o‘tkazildi. 1914-yilda
esa parlament
tarqatib yuborildi. Ana shunday qaltis vaziyatda, serb millatchilari
tomonidan 1914-yil 28-iyulda Avstriya-Vengriya
taxti vorisi Frans-
Ferdinandning o‘ldirilishi Avstriya-Vengriya hukmron tabaqa-
larining urushni boshlab yuborishlari uchun bahona bo‘ldi. Mam-
lakatda harbiy diktatura o‘rnatildi.
Harbiy diktatura
— harbiylarning cheklanmagan hokimiyati.
Savol va topshiriqlar
1. Avstriya-Vengriya nega Germaniya bilan yaqinlashish siyosatini
yuritdi?
2. Avstriya-Vengriya va Rossiya munosabatlari qanday kechdi?
3. Bolqon urushi haqida nimalarni bilib oldingiz?
Bolgariya misolida kecha ittifoqdosh bo‘lgan davlatlarning bugun
birdaniga dushmanga aylanib qolishi mumkinligini qanday izohlaysiz?
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Italiya
Fransiyaning Prussiya bilan urushda yengi-
lishi Italiyani to‘la birlashtirish yo‘lidagi
oxirgi to‘siqni bartaraf etishga imkon berdi.
1870-yilning 3-oktabrida Fransiya qo‘shini himoyasida bo‘lgan
italyan qo‘shini tomonidan egallangan Rim shahri Italiya qirolligi
Dostları ilə paylaş: