Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Avstriya-Vengriyaning
iqtisodiy taraqqiyoti
Ijtimoiy harakat


78
nonchi, 1869-yilda imperiya poytaxti Vena shahrida ishchilar-
ning ommaviy namoyishi o‘tkazildi. Namoyishchilar demokratik
erkinliklar berilishini talab qildilar.
Hukumat bunga javoban, Avstriya ishchilar harakatining rah-
barlarini davlatga xiyonatda aybladi. Sud ularni uzoq muddatga
ozodlikdan mahrum etdi.
Avstriya hukumati ham Bismarkdan o‘rnak olib, 1884-yilda
ishchilar harakatiga qarshi „favqulodda qonun“ joriy etdi. Qonun
ishchilar harakatiga qarshi politsiya terrorining kuchaytirilishiga
ruxsat berdi. 80-yillar oxiriga kelib, kasaba uyushmalari tarqatib
yuborildi. Ishchi gazetalarini nashr etish to‘xtatildi. Shunday bo‘l-
sa-da, ishchilar kurashni davom ettirdilar. 1889-yilda esa Avstriya
sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) tuzildi.
Partiya dasturida siyosiy erkinliklarni joriy etish, parlamentni
umumiy, teng, to‘g‘ri, yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylash
to‘g‘risida qonun qabul qilish, cherkovni davlatdan, maktabni
cherkovdan ajratish, ish kunini qisqartirish kabi talablar bor edi.
Ishchilar harakati tobora kuchayib boravergach, 1907-yilda
hukumat saylov tizimi islohoti haqida qonun qabul qilishga majbur
bo‘ldi. Unga ko‘ra, 24 yoshli erkaklar saylash va saylanish
huquqiga ega bo‘ldilar.
Imperiyada har qanday sharoitda ham
slavyan xalqlarining mustamlaka holatini
saqlab qolishga intiluvchi shovinistik kay-
fiyatdagi kuchlar ham o‘z siyosiy partiyalarini tuzdilar. Bu
partiyalardan biri Pangerman partiyasi, ikkinchisi esa Xristian
sotsialistlar partiyasi deb ataldi.
Ko‘proq avstriyalik katoliklardan iborat bo‘lgan Xristian sotsia-
listlar partiyasi arboblari „Buyuk Germaniya“ g‘oyasini sinfiy
tinchlikni targ‘ib qilish, barcha ijtimoiy nizolarni „inoqlik va
muhabbat ruhida“ hal qilishga da’vat qilish va antisemitizmni
targ‘ib qilish bilan qo‘shib olib bordilar. Biroq, hukmron doiralar
slavyan xalqining milliy-ozodlik harakatini to‘xtata olmadi.
Chex muxolifati Chexiyaga ham siyosiy huquqlar berilishini
talab qildi. Hukumat bunga javoban ta’qib choralarini kuchaytirib
yubordi. 1868-yil hatto Chexiyada qamal holati joriy qilindi. Biroq,
bu usul chex muxolifatini „sindira“ olmadi. Kurash davom etdi,
nihoyat, 1880-yilda Chexiyada sud va ma’muriy ishlar uchun
ikki til joriy qilindi. 1882-yildan boshlab, Praga universitetida ham
o‘qitish ikki tilda (nemis va chex) olib boriladigan bo‘ldi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin