Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Kubaning mustaqillik
uchun kurashi
Meksikada Dias
diktaturasi


61
o‘ziga chegaradosh Meksikaning shimoliy
tumanlarida Amerika korxonalari va te-
miryo‘llar qurish uchun Meksika huku-
matidan ruxsat so‘radi. Biroq, hukumat bu
murojaatni rad etdi. Natijada, davlat to‘n-
tarishi uyushtirildi. AQSH va mahalliy po-
meshiklar reaksiyasiga tayangan Porfirio
Dias 1876-yilda prezident deb e’lon qilindi
va bu lavozimda ozgina tanaffus bilan 1911-
yilgacha turdi.
Dias diktaturasi davri Meksikani chet
el monopoliyalarining yarimmustamlakasiga
aylantirish davri bo‘ldi.
Dias idora qilgan davrning oxiriga borib,
AQSHning Meksikaga qo‘ygan kapitali 1 mlrd. dollardan oshdi.
AQSH Meksikaning neft konlarini o‘z qo‘liga oldi. Òashqi
savdoning 90 foizini o‘z nazoratiga bo‘ysundirdi.
1909-yilda esa Meksikada hosil bo‘lmadi. Oqibatda, dehqonlar
g‘alayoni boshlandi. Dehqonlar harakatiga Emiliano Sapata rahbarlik
qildi. Sapata „Dehqonlarni himoya qilish xuntasi“ni tuzdi. Uning
shiori „Yer va ozodlik“ degan chaqiriqdan iborat edi.
1910-yil iyulda Meksikada prezidentlik say-
lovi o‘tkazildi. Diktator Diasni prezident-
likka qayta saylashga qarshi turgan ko‘p-
chilik muxolifat yetakchisi Madero atrofida birlashdi.
Prezidentlikka saylovda Madero o‘z nomzodini qo‘ydi. Saylov
oqibatlaridan qo‘rqqan Dias Maderoni turmaga tashlatdi.
Saylovlar tinch o‘tib, odatdagidek, Dias yana g‘alaba qozondi.
Oradan ancha vaqt o‘tgach, turmadan bo‘shatilgan Madero
saylovlarning soxtaligini oshkor qilib, o‘zini esa qonuniy prezident
deb atadi. Diktatura davrida hindulardan g‘ayriqonuniy tortib
olingan yerlarini qaytarib berishga, pomeshiklarga qarashli
yerlarning bir qismini haq to‘lash evaziga dehqonlarga berishga
va’da berdi. Xalqni qo‘zg‘olonga chaqirdi. 1911-yilda ko‘tarilgan xalq
qo‘zg‘olonidan qo‘rqib ketgan Dias Meksikadan qochishga majbur
bo‘ldi.
Madero esa poytaxtga kirib keldi va prezidentlik lavozimini
egalladi. Biroq, Meksikadagi og‘ir ichki siyosiy vaziyat tufayli u
biror jiddiy o‘zgarishlar qila olmadi. Shunday bo‘lsa-da, ish ku-

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin