Shartli belgilar


Diktatura  (lotincha—cheklanmagan hokimiyat)— hech qanday qonun bilan cheklanmagan, zo‘rlikka tayanuvchi hokimiyat. Muxolifat



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Diktatura 
(lotincha—cheklanmagan hokimiyat)— hech qanday qonun
bilan cheklanmagan, zo‘rlikka tayanuvchi hokimiyat.
Muxolifat
—amaldagi hukumat siyosatiga qarshi kuchlar.
Uerta diktaturasi
Meksika inqilobi







63
Savol va topshiriqlar
1. Lotin Amerikasining taraqqiyotda orqada qolib ketishining sabab-
larini qayd eting.
2. Kuba qanday holatda amalda AQSHga qaram bo‘lib qoldi?
3. AQSH Lotin Amerikasi mamlakatlarini siyosiy va iqtisodiy qa-
ramlikda tutish yo‘lida qanday usullarni qo‘llagan?
4. Meksikada diktatorlik rejimlarining nisbatan uzoq hukm surganligini
qanday izohlaysiz?
5. 1910—1917-yillardagi Meksika inqilobining ahamiyatini qayd
eting.
6. Bugungi Meksika Respublikasi haqida ma’lumot to‘plang.
Lotin Amerikasining boshqa davlatlari
Braziliya Janubiy Amerikadagi yirik dav-
latlardan biri bo‘lib, unda 15 mln. aholi
yashagan. Braziliya, ayni paytda, eng
qoloq davlat ham edi. Braziliyada qulchilik, qashshoqlik, jaholat
va huquqsizlik keng avj olgan edi. Qullarni sotadigan bozorlar,
o‘z oilasiga, o‘z uyiga ega bo‘lish huquqidan mahrum bo‘lgan
kishilarni sotish, zahmatkash qulni nazoratchilar tomonidan
qamchilab ishlatish 1870—1880-yillarda odatiy hol edi.
Shunday bir sharoitda qullar ham o‘z insoniy huquqlarini
himoya qilishga majbur bo‘lganlar. Chunonchi, qul Bonifatsio
boshchiligida shakarqamish plantatsiyalarida ishlovchi qullar
qo‘zg‘oloni buning dalilidir. Qullar o‘zlarining qora tanlilar res-
publikasini e’lon qildilar va Bonifatsioni prezident etib sayladilar.
Bonifatsio qurolli kurash orqali barcha qullarni ozod qilish zarur
deb hisoblagan. Biroq, hukumat qo‘shinlari Bonifatsio qo‘shinini
tor-mor etgan.
Qullikka qarshi kuchlar 1883-yilda qullarni qullikdan ozod
qilishga chaqiruvchi „Ozodlik manifesti“ni e’lon qildilar.
Qulchilikka qarshi bo‘lgan ayrim plantatorlar abolitsionistik
harakatni qo‘llab-quvvatladilar. Masalan, ulardan biri plantator
Antonio Predo o‘z qullarini ozod qilib yubordi. U davlat vaziri
bo‘lgach, qullarni ozod qilish haqida taklif kiritdi. Kasalligi uchun
vazifasini bajara olmayotgan imperator Pedru II o‘rnida vaqtincha
davlatni boshqarib turgan malika Izabel 1888-yilda Braziliyada
qullarni ozod qilish haqidagi „Oltin qonun“ nomi bilan mashhur
qonunga qo‘l qo‘ydi. Mamlakatda bu paytda 750 ming qul bor
edi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin