Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

1910-yilgi prezidentlik
saylovi
Emiliano Sapata.


62
nini 10 soatgacha cheklab qo‘ydi va ishlab chiqarishda jarima
tizimini bekor qildi. Chet el kapitalini cheklashga va milliy iqtiso-
dini himoya qilishga intildi.
AQSH Maderoning siyosatiga dushmanlik
ko‘zi bilan qaradi va diktator Diasning
maslakdoshi, general Uertani Maderoga qarshi gijgijlay boshladi.
AQSHning qo‘llashidan ruhlangan Uerta 1913-yilda davlat to‘n-
tarishi o‘tkazdi. Madero otib tashlandi.
Uerta diktaturasi Meksikadagi ahvolni yanada og‘irlashtirdi.
Faqat oddiy xalq emas, balki milliy burjuaziya va burjualashgan
pomeshiklarning bir qismi ham Uertaga qarshi chiqdilar. Mam-
lakatda fuqarolar urushi boshlandi. Milliy vatanparvar kuchlar
general Uerta diktaturasini ag‘darib tashladilar.
XX asr boshlarida Meksikada qudratli deh-
qonlar harakati boshlandi. Buning sababi—
dehqonlarning yersizligi edi. Dehqonlar harakati inqilobga aylandi.
Bu inqilob (1910—1917) Meksika tarixiga „burjua inqilobi“ nomi
bilan kirgan. Mamlakat janubidagi dehqonlar harakatining rahbari
Emiliano Sapata 1911-yilda o‘z agrar dasturini e’lon qildi. Bu
dastur hindulardan tortib olingan yerlarni ularga qaytarib berish,
qolgan barcha yerlarni musodara qilish va ularni yersiz dehqonlarga
bo‘lib berish kabi talablardan iborat edi.
Mamlakat shimolidagi dehqonlar harakati rahbari Fransisko
Vilya bayrog‘iga „Yer va ozodlik“ shiori yozilgan edi. E. Sapata va
F. Vilya qurolli kuchlari 1914-yilda mamlakat poytaxti Mexiko
shahrini egalladi. Lekin, ko‘p o‘tmay, hukumat qo‘shini ularni
chekinishga majbur etdi. 1917-yilga kelibgina dehqonlar qo‘zg‘oloni
bostirildi. E. Sapata va P. Vilyalar turli yillarda yollangan qotillar
tomonidan o‘ldirildi.
Dehqonlar qo‘zg‘oloni yengilgan bo‘lsa-da, izsiz ketmadi.
Hukumat agrar masalani qisman bo‘lsa-da, hal etdi. Chunonchi,
latifundistlar tomonidan noqonuniy bosib olingan yerlar deh-
qonlarga qaytarildi. Bundan tashqari, 1917-yilda demokratik
ruhdagi konstitutsiya qabul qilindi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin