99
1911-yilda ko‘p yillik muhojirlikdan so‘ng Sun Yat Sen Xitoyga
qaytib keldi. Uni Xitoy xalqi xursandchilik bilan kutib oldi. 29-
dekabrda Nankinda inqilobiy viloyatlar vakillaridan iborat Millat
Majlisi to‘plandi. Millat Majlisi Xitoyni Respublika deb e’lon qildi
va muhojirlikdan qaytib kelgan Sun Yat Senni Xitoy Respub-
likasining vaqtincha prezidenti etib sayladi. Millat Majlisi qabul
qilgan konstitutsiyada barcha fuqarolarning tengligi va turli
demokratik erkinliklar e’lon qilinsa-da, dehqonlarning orzu-ti-
laklarini ifoda etuvchi „yerga egalik qilishda teng huquqli bo‘lish“
shiori o‘z aksini topmadi. Buning sababi — yerga egalik qilishda
teng huquqqa ega bo‘lishga qarshi kuchlarning katta mavqega ega
bo‘lganligi edi.
Inqilob natijasida Xitoyda ikki hokimiyat-
chilik vujudga keldi. Ularning biri — Xitoy
Respublikasi hokimiyati, ikkinchisi —
Shimolda saqlanib qolgan imperator hokimiyati edi. Pekindagi im-
perator hukumatining boshlig‘i Yuan Shikay edi.
Buyuk davlatlarni Xitoydagi mavqelarining qay ahvolda qolishi
tashvishga solib qo‘ydi. Shu sababli, ular turli bahonalar bilan
Xitoyning ichki ishlariga tobora ko‘proq aralasha boshladilar. Ular
Xitoydagi inqilobni qurol kuchi bilan bostirish maqsadida o‘z
kuchlarini birlashtirishga erishdilar.
Buyuk davlatlarning Pekin hukumatini qo‘llab-quvvatlashdan
maqsadi Xitoyning ichki ishlariga o‘z bilganicha aralashish edi.
Biroq, bu Xitoyda umumiy norozilik keltirib chiqardi. Aholi
chet el tovarlarini boykot qila boshladi. Shunday sharoitda res-
publikaga qarshi kuchlar Bosh vazir Yuan Shikay atrofiga bir-
lashdi.
Pekin saroy ahli unga monarxiyaning xaloskori deb qarar edi.
Biroq, Yuan Shikay inqilobiy harakatning tazyiqi bilan 1912-yil
12-fevral kuni Sin sulolasini taxtdan voz kechishga majbur etdi.
Hukmron tabaqalar butun hokimiyatni unga topshirishga urindilar.
Bu orada, buyuk davlatlar ham Sun Yat Senning hokimiyatdan
ketishini ochiq talab qildilar va Xitoyga intervensiya uyushtirishga
oshkora tayyorgarlik ko‘ra boshladilar. Xitoyga qarshi intervensiya
xavfi ostida Sun Yat Sen prezidentlik lavozimini Yuan Shikayga
topshirishga majbur bo‘ldi.
Butun hokimiyatni o‘z qo‘liga to‘plagan Yuan Shikay
demokratik erkinliklarni yo‘qqa chiqara boshladi. U ishni, avvalo,
Dostları ilə paylaş: