101
1. Xitoy hukumati mamlakat-
ning yarimmustamlaka holatiga
tushib qolishining oldini olishga
qodir edi.
2. Xitoy hukumati mamlakatning
yarimmustamlaka holatiga tushib
qolishining oldini olishga qodir
emas edi.
~
~
~
~
~
Siz ushbu fikrlarning qaysi birini to‘g‘ri deb hisoblaysiz? O‘z
fikrlaringizni dalillar bilan asoslang.
XIX asr oxiri — XX asr
boshlarida Hindiston
Hindiston bu davrda Buyuk Britaniya
mustamlakasi edi. U Hindistonni vitse-
qirol boshchiligidagi amaldorlar va politsiya yordamida boshqa-
rar edi.
Ingliz mustamlakachiligi sharoitida Hindistonda sarmoyador-
likka asoslangan mahalliy ishlab chiqarish tizimi yuzaga kela
boshladi. Yirik sanoat korxonalari qurishga kirishildi. 1886-yilda
to‘qimachilik sanoatida 95 ta fabrika bor edi. Konlar soni, te-
miryo‘l tarmoqlari ko‘paydi. Bu narsa xomashyo tayyorlash va
tashishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Buyuk Britaniya Hindistonda sanoatni o‘ziga qulay qilib joy-
lashtirishga harakat qildi. Asosiy sanoat korxonalari dengizbo‘yi
port shaharlari yaqinida edi. Bundan Hindiston boyliklarini arzon
va oson olib chiqib ketish maqsadi ko‘zlandi. 1873-yildan 1883-
yilgacha Hindiston bilan Buyuk Britaniya savdosi tobora o‘sib bor-
di. Hindiston ingliz burjuaziyasining kapital kiritish hududiga
aylanib qoldi.
Dehqonchilikda agrotexnika madaniyati pastligicha qolaverdi.
Mustamlakachilar tomonidan qurilgan sug‘orish inshootlari bor-
yo‘g‘i 20 foiz yerni sug‘orishga yetar edi. Yer hosilning katta
qismini to‘lash sharti bilan dehqonlarga ijaraga berilardi. Qarz
hisobiga ishlab berishga majbur bo‘lgan odamlar soni tobora ko‘paya
bordi.
Qishloq xo‘jaligining eng serdaromad tarmoqlariga (choy,
kanop, paxta) sarmoya kiritish inglizlarga katta foyda keltirar
edi.
Dostları ilə paylaş: