100
inqilob qo‘shinlarini butunlay qurolsizlantirishdan boshladi.
Hukumatga qarshi tuzilgan har qanday guruh a’zolarining taqdiri
o‘lim bilan yakunlanardi. Har bir qishloqda jazo guruhi ish
ko‘radigan bo‘ldi. Shunga qaramay, demokratik kuchlar 1912-
yilda Gomindan (Milliy partiya)ni tuzdilar. Partiya boshqaruvi
raisligiga Sun Yat Sen saylandi.
O‘z g‘alabasidan ruhlangan Yuan Shikay Millat Majlisini o‘zini
besh yil muddatga prezident etib saylashga majbur qildi. Buyuk
davlatlar bilan yangi asoratli qarz to‘g‘risida shartnoma imzoladi.
Shundan so‘ng, buyuk davlatlar Xitoy Respublikasini tan ol-
ganliklarini ma’lum qildilar. Xitoyning iqtisodiy ahvoli og‘irlashdi.
Aholi turmush darajasi yomonlashdi. Shunday bir sharoitda
Gomindan xalqni qo‘zg‘olon boshlashga undadi. 1913-yilda Xi-
toyning janubida hukumatning siyosatiga qarshi „ikkinchi inqilob“
deb nomlangan qo‘zg‘olon boshlanib ketdi.
Biroq, kuchlar teng bo‘lmaganligi tufayli chet el davlatlari-
dan harbiy madad olgan hukumat qo‘shinlari tomonidan „ikkinchi
inqilob“ tor-mor etildi.
1914-yilda Yuan Shikay Konstitutsiyaviy Kengash chaqirdi.
Unda „Yangi Xitoy Konstitutsiyasi“ qabul qilindi. Yuan Shikay
prezident sifatida cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘ldi. Mam-
lakatda harbiy diktatura o‘rnatildi. Respublika boshqaruv organlari
tugatildi.
Sinxay
— sinxay o‘zbek tilida „yil“ degan ma’noni anglatadi.
Xitoy oy kalendariga ko‘ra, inqilob bir yil davom etgani uchun
u Sinxay (bir yil davom etgan inqilob) deb atalgan.
Sin sulolasi
— 1628—1644-yillardagi dehqonlar urushi natijasida
barham topgan Min sulolasidan keyingi hukmron sulola. Bu
sulola 1644—1911-yillarda hukmronlik qilgan.
Dostları ilə paylaş: