108
Rossiya kazak qo‘shinlari Majlis binosini to‘pga tutdi. Majlis tar-
qatib yuborildi. Demokratik matbuot taqiqlandi.
Majlis halokatga uchragach, inqilobiy
harakat markazi Tab-
rizga ko‘chdi. Shoh qo‘shinlari Tabrizga hujum qildi va shaharni
qamal qildi. Oqibatda, ocharchilik boshlandi.
Tashqi dunyodan uzib
qo‘yilgan Tabriz qo‘zg‘oloni yengildi.
Tabriz qo‘zg‘oloni bostirilgani bilan shohga
qarshi harakatlar to‘xtamadi. 1909-yilda
Tehronda Muhammad Alishoh taxtdan
tushirildi. O‘rniga o‘g‘li Ahmad shoh deb e’lon qilindi. Konsti-
tutsiya tiklandi. Hukumat mamlakat iqtisodini o‘nglash
maqsadida
chet eldan, chunonchi, Buyuk Britaniyadan 1 million 250 ming
funt sterling qarz oldi. Ichki aksilinqilobchi kuchlar Rossiya va
Buyuk Britaniya yordamida inqilobchilarga
qarshi hujumga tayyor-
garlik ko‘rdilar. Nihoyat, Rossiya qo‘shini 1911-yilda aksilinqi-
lobiy davlat to‘ntarishi o‘tkazilishida qatnashdi. Shu tariqa Eron
inqilobi bostirildi.
Erondagi 1905—1911-yillar inqilobi katta ijtimoiy hodisa—
feodal-monarxiya tuzumidan konstitutsiyaviy monarxiyaga o‘tish
bosqichi bo‘ldi.
Birinchi jahon urushi arafasida Eronning
xorijga tobeligi yanada
kuchaydi. 1912-yilda 1907-yilgi Rossiya-Buyuk Britaniyaning ta’sir
doiralari haqidagi bitimini tan olishga majbur etildi. Rossiyadan
14 million rubl qarz olindi va Eron iqtisodiy,
siyosiy jihatdan
buyuk davlatlarga qaram bo‘lib qoldi.
Best
— masjid va qabristonlarda tinch o‘tirib, sust qarshilik
ko‘rsatish.
Konsessiya
(lotincha — ruxsat etish) — davlat organlarining
muayyan shartlar
asosida yerosti boyliklari, yerusti obyektlarini
ekspluatatsiyaga berish to‘g‘risidagi bitim.
Dostları ilə paylaş: