102
Hindiston XIX asr oxirida dunyo
bozoriga katta miqdorda
sanoat va qishloq xo‘jaligi mollari chiqara boshladi. Lekin, olingan
daromad ingliz mustamlakachilarini boyitdi. Qishloq xo‘jaligida
monokultura vujudga keldi. Bengaliya kanop, Assam choy, Bom-
bey
va Markaziy Hindiston paxta, Panjob bug‘doy yetishtirishga
ixtisoslashdi. Yer egalari, bank egalari, sudxo‘rlar dehqonlarni
qarzga botirib, ularni ayanchli ahvolga solib qo‘ydilar. 1870—1890-
yillar davomida Hindistonda 20 martadan ko‘p
ocharchilik yuz
berdi. Ularda 18 mln. odam qirilib ketdi.
1878-yilda ingliz ma’muriyati Hindistondagi milliy tillarda
chiqadigan matbuot haqida qonun qabul qildi. Qonun barcha
gazetalarni inglizlar nazoratiga o‘tkazdi. Tez orada o‘qotar qurol-
larni saqlamaslik haqida akt qabul qilindi.
Buyuk Britaniya mahalliy burjuaziyaga
qisman yon bosish
siyosatini ham yurita boshladi. Ularning vakillari shaharlar
ma’muriyatiga saylana boshladilar.
XX asr boshlarida Hindistonda kapita-
lizm sekinlik bilan bo‘lsa-da, rivojlana
boshladi. 1910-yilga kelib kanop-tola fabrikalari
soni ikki baravar
ko‘paydi. Paxta xomashyosi tayyorlash, surp mato to‘qish
korxonalarining 215 tasi hind kapitalistlariga qarashli edi. Sanoat
ishchilari soni salkam 1 mln. kishiga yetdi. Buyuk Britaniya barcha
ko‘mir
havzalari, kanop sanoati, choyzorlarni, transport, savdo
va sug‘urta jamiyatlarini o‘z qo‘liga to‘plab
oldi va butun Hindiston
ishlab chiqarish tizimi ustidan nazorat o‘rnatdi.
Buyuk Britaniya kapitali juda tez o‘sib bordi. Biroq, xalq
ommasining turmushi esa tobora yomonlashib borgan. 1896—1906-
yillarda 10 mln.dan ortiq odam ochlikdan o‘ldi. 1904-yilda esa
1 mln. odam vabodan qirildi.
Universitetlarga kirish puli ikki baravarga oshirildi. Ulardagi
huquq fakultetlari yopib qo‘yildi. Demokratik ruhdagi, xalq
manfaatini ko‘zlovchi kishilarning universitetlarga kirishi butunlay
taqiqlandi.
Hindiston xalqlari
mustamlakachilik zul-
miga qarshi ozodlik kurashi olib bordi.
1885-yilda Bombey shahrida muayyan
dasturiga ega siyosiy partiya — „Hindiston milliy kongressi“
(HMK) tuzildi. Ayni paytda, „Musulmonlar ligasi“ ham tashkil
Dostları ilə paylaş: