151
Bu davrda jahon demokratik ma-
daniyatining fondi Osiyo va Lotin Ame-
rikasi mamlakatlari yozuvchilarining ijodi
bilan ham boyidi. Atoqli yapon yozuv-
chisi
A. Ryunoske novellalarida tekinxo‘r
mulkdorlar axloqining inqirozi, xalq
ommasining umumiy kuchini anglash
o‘z aksini topdi. Hind gumanist yozuv-
chisi
R. Òagor falsafiy teranligi va ba-
diiy barkamolligi bilan ajralib turuvchi
romanlar, pyesalar, hikoya va she’rlari
bilan butun dunyoga mashhur bo‘ldi.
Uning butun ijodi milliy mustaqillikka
otashin chaqiriqdan iborat edi. Ayniqsa, „Halokat“ romani
mashhur bo‘ldi. Xitoylik
Lu Sinning ijodi kambag‘allarning og‘ir
ahvoliga chuqur hamdardlik ruhi bilan sug‘orilgan edi.
Demokratik adabiyot ijodkorlari tenglik va
adolat tamoyillarining g‘alaba qilishiga,
insonning ijodiy kuchlariga, uning dunyoni
o‘zgartira olishiga ishonar edilar. Uning namoyandalaridan biri
amerikalik adiba
G. Bicher-Stou bo‘lgan. Uning „Tom tog‘aning
kulbasi“ romani jahon adabiyotining nodir asarlaridan hisoblanadi.
Romanda XIX asr Amerika qullari va quldorlari hayoti, ular
o‘rtasidagi ziddiyat, qulchilikka qarshi qora tanlilar isyoni haqqo-
niy yoritilgan. Uning „Men va mening xotinim“, „Biz va
qo‘shnilarimiz“ asarlarida ham Amerika hayoti haqqoniy tasvir-
lanadi.
Jek Londonning tabiatni bo‘ysundirgan qahramon haqidagi
„Hayotga muhabbat“, ishchi va dehqonlar hayotiga bag‘ishlangan
„Bir parcha go‘sht“, „Dengiz bo‘risi“ va boshqa asarlari mash-
hurdir.
Ingliz dramaturgi
Bernard Shou o‘z asarlarida ekspluatatsiyani,
meshchanlik axloqini, munofiqlik, soxtalikni qoralagan. „Qariyalar
uyida“, „Qurol va inson“, „Shayton shogirdi“, „Mayor Barbara“
kabi asarlarida jamiyatdagi qusurlarni tanqid qilish bilan birga,
ijtimoiy taraqqiyotga, adolatga xizmat qiluvchi kuchlarni zo‘ra-
vonlikka qarshi qo‘yish g‘oyalari ilgari suriladi.
Fransuz abidi
Viktor Gyugo o‘zining „Dahshatli yil“, „Xo‘r-
langanlar“, „To‘qson uchinchi yil“ kabi asarlarida zulmga, jaholat
Dostları ilə paylaş: