149
ta’limotiga ko‘ra, insonning psixik hayoti tug‘ma, ongsiz mayillarga
bog‘liq. Insondagi turli ruhiy kechinmalar,
amalga oshmagan istaklar
yo‘qolib ketmaydi. Ular ong doirasidan chiqib, ongsizlik holatiga
o‘tadi va insonning ruhiy hayotiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Bu hol
asabiylikda namoyon bo‘ladi. Uni davolashning asosiy usuli —
mayillarni g‘ayritabiiy yo‘l bilan
qondirish yoki ularni boshqa
faoliyat sohasiga (masalan, ijod, siyosat, mehnat va hokazo)
ko‘chirishdir.
Falsafa
— tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy
qonuniyatlari haqidagi fan.
Fashistik g‘oya
— eng shafqatsiz terrorchilik diktaturasi,
aqidaparastlik va irqchilikni oqlovchi,
millatchilik va shovinizmga
asoslangan g‘oya.
Savol va topshiriqlar
1. Xalq ta’limi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan omilni qayd
eting.
2. Z. Freyd ta’limotida qanday g‘oya ustun turgan?
3. Mustamlakachilikni oqlagan yozuvchilar o‘z fikrlarini qanday
g‘oyalar bilan asoslaganlar?
4. Tasviriy san’atning buyuk namoyandalari haqida so‘zlab bering.
Adabiyot
XIX asr oxiri —
XX asrning boshlarida
Yevropa mamlakatlarining madaniy hayotida
realistik oqim bilan dekadentlik oqimi o‘rtasida kurash avj oldi.
Xalq dekadentlik ruhida yozilgan asarlarni qabul qilmadi. Natijada,
turmushni aniq ifodalaydigan asarlarga eh-
tiyoj ortdi. Realistik
yozuvchilar atrofdagi
voqelikni dadil va haqqoniy aks ettirishga
intildilar. Shuning uchun bu davr realizm
yoki „tanqidiy realizm“ nomini oldi. Bu
davrda rus adabiyoti namoyandalari
F. M. Dostoyevskiy, L.N. Òolstoy, A.P. Che-
xov chet ellardagi zamondoshlari uchun
realistik ijodning yangi imkoniyatlarini
ochib berdilar.
Gi de Mopassan o‘zining „Hayot“,
„Azizim“, „Mont-Oriol“
va boshqa asar-
lari bilan fransuz badiiy dunyosida qator
Dostları ilə paylaş: