Shartli belgilar


Batsilla — kasallik qo‘zg‘atuvchi va tarqatuvchi mikroorganizm (mikrob—tayoqcha). Savol va topshiriqlar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Batsilla
— kasallik qo‘zg‘atuvchi va tarqatuvchi mikroorganizm
(mikrob—tayoqcha).
Savol va topshiriqlar
1. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida ilm-fan rivojiga sabab
bo‘lgan olimlarni qayd eting.
2. Fizika fanida qanday kashfiyotlar amalga oshirildi?
Vilgelm Rentgen.







145
3. Kimyo fani sohasida ilmiy kashfiyotlarni amalga oshirgan
mashhur olimlarning ishlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida qaysi yangi fan sohalariga
asos solindi?
„Jahon tarixi“ darsligining ushbu mavzusida olgan ma’lu-
motlaringizni fizika, kimyo va biologiya darsliklaringizdan olgan
ma’lumotlar bilan to‘ldiring. Sizda paydo bo‘lgan ba’zi
mulohazalar va savollar bo‘yicha o‘qituvchilaringizga murojaat
qiling.
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida nega yurtimizdan dunyoga
mashhur biror tabiatshunos alloma yetishib chiqmagan?
Xalq ta’limi. Gumanitar fanlar. San’at
Òexnika taraqqiyoti yuqori saviyali muta-
xassis va ishchilarga bo‘lgan ehtiyojni ku-
chaytirib yubordi. Rivojlangan mamlakatlarda 12—13 yoshgacha
bo‘lgan bolalarni umumiy majburiy va bepul o‘qitish joriy qilindi.
Bu omil aholi savodxonligining oshishiga olib keldi.
Imtiyozli o‘quv yurtlari tarmog‘i kengaydi. Biroq xalqning
asosiy qismi qashshoq yashaganligi, yomon uy-joy sharoitlari,
bolaligidan tirikchilik uchun pul topish zarurligi bir qator mam-
lakatlarda ko‘plab bolalarni o‘qishni oxiriga yetkazmasdan maktabni
tashlab ketishga majbur qilardi.
Ayni paytda, ta’lim sohasidagi salbiy jihatlarni ham ko‘rmaslik
mumkin emas edi. Chunonchi, ba’zi mamlakatlarda yoshlarni
millatchilik, irqchilik ruhida tarbiyalashga e’tibor berilgandi.
Xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida xalq maorifi tizimi
irqchilik ruhida edi. Qora tanlilarning bolalari uchun alohida
maktablar ochilgan bo‘lib, bu maktablarda oq tanlilarning bolalari
uchun tashkil etilgan maktablardagiga qaraganda kam hajmda bi-
lim berilar edi. Mamlakatda hukm surayotgan irqchilikka qarshi
kurash masalasi Garriyet Bicher-Stouning „Tom tog‘aning kul-
basi“ asarida o‘z ifodasini yaqqol topdi.
Bu davrda Sharqda xalq ta’limi sohasida G‘arbning yutuqlari
tashviq qilina boshlandi. Yevropa ta’siri kuchaydi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin