Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Albert Eynshteyn.


143
termodinamika paydo bo‘ldi. 1887-yili shved olimi S.Arrenius
elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasini yaratdi. 1881-yili M.G. Ku-
cherov esa gidratlanish reaksiyasini kashf etdi.
Nemis olimi Ò. Shvan tomonidan
qilingan, barcha organizmlarning hujayrali
tuzilishi haqidagi kashfiyotlar tabiatshunoslikning ilmiy asosini
mustahkamlashga xizmat qildi. Buyuk ingliz tabiatshunos olimi
Charlz Darvinning (1809—1882) „Òurlarning kelib chiqishi“
asarining nashr qilinishi fanda to‘ntarish yasadi. XIX asrning so‘nggi
choragini darvinizmning tarqalish va qaror topish davri deyish
mumkin. Darvin ta’limoti biologiya sohasidagi tadqiqotlarning yo‘na-
lishini tubdan o‘zgartirib yubordi. Dunyo bo‘ylab qilingan besh
yillik sayohat davrida to‘plangan ulkan botanik va zoologik
materiallarni umumlashtirish asosida Ch. Darvin butun tirik tabiat,
shu jumladan, odam ham evolutsiya (uzoq rivojlanish) jarayonining
mahsulidir, degan xulosaga keldi.
Mikrobiologiya fanidagi inqilobiy o‘zga-
rish fransuz mikrobiologi va kimyogari,
hozirgi zamon mikrobiologiya va immunologiya fanining asoschisi
Lui Paster (1822—1895) nomi bilan bog‘liq. U bijg‘ish jarayonini
o‘rganib, vino, pivo va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish sa-
noatiga ilmiy asos soldi. Mahsulotlarning achish jarayoni mikroblar
keltirib chiqaradigan biologik jarayon ekanligini isbotladi. Uning
kashfiyotlari vino pishiruvchilarni xonavayron bo‘lishdan qutqardi.
Pasterning tajribalari turli oziq-ovqat mahsulotlarini sterillash va
pasterlash usullarini yaratish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Buyuk olim odam, hayvon va parrandalarning yuqumli kasallik-
lari — kuydirgi, quturish, vabo va boshqalarni o‘rganib, ularning
(ayniqsa, quturishning) oldini oluvchi emlash usullarini yaratdi.
Uning izlanishlari immunitet haqidagi fanning yaratilishi uchun
asos bo‘ldi.
Shu davrda tibbiyot fani ham katta yutuq-
larga erishdi. 1880-yilda nemis olimi K. Eber
ichterlama, 1884-yilda F. Lyofler bo‘g‘ma tug‘diruvchi mikrobni
topdilar. Nemis olimi R. Virxov (1821—1902) hozirgi zamon
patologik anatomiya asoslarini yaratdi. 1875-yilda rus olimi
F.A. Lesh amyoba dizenteriyasini tug‘diruvchi mikrobni aniqladi.
Fizika sohasidagi kashfiyotlar ham tibbiyotga yordam berdi.
Maksvellning elektromagnit to‘lqinlari haqidagi nazariyasidan kelib

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin