Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

39-§.
Tabiat ilmining
taraqqiy etishi


141
negizida ishlab chiqarishni takomillashtirish muammolari bilan
shug‘ullanar edi.
Fanning taraqqiy etishi olamning birligi haqidagi g‘oyani ilgari
surdi va, ikkinchidan, olam to‘g‘risidagi bilimlarimiz nisbiydir,
degan konsepsiyaga olib keldi.
Matematika sohasida buyuk kashfiyotlar
rus olimi N.I. Lobachevskiy, italyan olimi
Y. Beltrami, Avstriya matematigi D. Gilbert
va boshqa olimlarning nomlari bilan bog‘liqdir. Rus olimi
N.Y. Jukovskiy 1904-yilda shunday kashfiyot qildiki, bu kashfiyot
hozirgi zamon aerodinamikasining taraqqiyoti uchun asos bo‘ldi.
Bu qanotning ko‘tarish kuchini aniqlash formulasi edi.
1895-yilda nemis olimi V. Rentgen turli predmetlarni turli
darajada teshib o‘ta oladigan ko‘zga ko‘rinmas nurlar mavjudligini
aniqladi. Elektromagnit to‘lqinlarining bu nuri „Rentgen nurlari“
degan nom oldi. Bu nurlardan tibbiyot va texnikada keng foyda-
lanila boshlandi. V. Rentgenga Nobel mukofoti berildi.
Har ikkala holda ham nur chiqarish uchun impulslar sun’iy
ravishda berilar va odam istagan daqiqada radiouzatgich yoki
Rentgen apparatining ishini to‘xtatib ish jarayoni uchun energiya
olar edi. Lekin bu nurlanishning fizik tabiati qanday? U modda-
ning tuzilishi bilan qanday bog‘langan? Bu savollarga faqat
moddaning eng mayda zarralarini tekshirish yo‘li bilangina javob
berish mumkin edi. Atomlar ana shunday zarralar edi. Ularni
yanada chuqurroq o‘rganishga rus olimi D.I. Mendeleyev asos
soldi. U 1869-yildayoq barcha kimyoviy elementlarning atom
og‘irliklari o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligini kashf etdi va munta-
zam davriy sistemani yaratdi, bu sistema uning nomi bilan ataldi.
Atomning ichki strukturasiga kirib borish nurlanishni o‘rganish
bilan bog‘liq edi. Fransuz fizigi A. Bekkerel bu hodisani o‘rganar
ekan, uran atomlari yaqin joyda turgan jismlardan o‘tib ketadigan
nurlarni o‘z-o‘zidan chiqarishini aniqladi. Navbatdagi qadamni Pa-
rijda M. Sklodovskaya-Kyuri tashladi. Tajribalar jarayonida u o‘z-
o‘zidan nur chiqarish faqat uran atomlarigagina xos emas, degan
xulosaga keldi. Muayyan atomlarning bu xususiyatini u radio-
aktivlik deb atadi. U eri — atoqli fransuz fizigi P. Kyuri bilan
birgalikda ba’zi radioaktiv elementlar uranga qaraganda intensivroq
nur chiqarishini isbot qilishga muvaffaq bo‘ldi. Er-xotin Kyurilar
ikkita ana shunday elementni ajratishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu
elementlar poloniy (M. Sklodovskaya-Kyurining vatani sharafiga,
chunki u Polshadan edi) va radiy (ya’ni nurlanuvchi) deb ataldi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin