Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

oynadan foydalanish


137
Qurilish ishida sement katta aha-
miyatga ega bo‘ldi. Bu davrda yangi
qurilish materiali — temir-beton paydo
bo‘ldi. Temir-betonni fransuz bog‘boni
Monye ixtiro etgan deb hisoblanadi. U
temir-betondan katta gultuvaklar tayyor-
lagan.
Yangi materiallar — temir-beton,
metall va shishalarning ko‘plab ishlatilishi
binolar arxitekturasiga ham ta’sir ko‘r-
satdi. 1889-yilda Parijdagi Jahon ko‘r-
gazmasi uchun fransuz muhandisi Eyfel
o‘sha davrda g‘oyat katta — faqat metall-
dan yasalgan, balandligi 300 metr bo‘l-
gan minora qurdi. Bundan keyinchalik Amerikada balandligi 400
metrgacha bo‘lgan osmono‘par binolar qurilishida foydalandilar.
Temiryo‘l tunnellari ochish va temiryo‘l ko‘priklari qurish
texnikasi juda o‘zgarib ketdi. 1880-yilda Alp tog‘laridagi mashhur
Sen-Gotard dovoni ostida 15 kilometrlik tunnel qurildi.
Bu davrga kelib gidroqurilish texnikasi ham o‘zgarib ketdi.
Atlantika okeani bilan Tinch okeanni bir-biriga tutashtiruvchi
Panama kanali 1914-yilda qurib bitkazildi.
Albatta, metallurgiya sanoatini rivojlan-
tirmasdan turib yuqorida aytilgan qurilish
ashyolarini tayyorlab bo‘lmas edi. Metall eritish texnikasi tako-
millashdi. Metallurgiyada avtomatlashtirishni nemis olimi R. Kirxgof
yaratdi. Pechlarning sig‘imi oshdi. Cho‘yanni po‘latga aylantirish
masalasi hal qilindi. Sanoat uchun zarur bo‘lgan sulfat kislota
ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar paydo bo‘ldi. Sun’iy soda
olishning ammiak usuli joriy etildi.
1886-yilda elektrolit yo‘li bilan aluminiy ajratib olindi. XX asr
boshida L. Bakeland (Belgiya) plastmassa olish yo‘lini topdi.
Bu davrda mashinasozlik keng rivojlandi. Metall kesish jarayo-
nini ilmiy jihatdan tekshirishga rus olimi I.A. Time asos soldi.
Elektr bilan payvandlash usulini dastlab 1867-yilda amerikalik
elektrotexnik Tomson qo‘llagan edi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida sa-
noatning muhim tarmoqlaridan biri —
neftni qayta ishlash sanoati vujudga keldi. Ichki yonuv dvi-
gatellarining taraqqiy ettirilishi bilan benzin olish muammosi paydo

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin