140
Savol va topshiriqlar
1. XIX asrning 70- yillarida jahonning yirik rivojlangan davlatla-
rida texnikaning rivojlanish darajasi nimalarga asoslandi?
2. Qaysi davlatlarda transport va temiryo‘llar eng muhim, strategik
ahamiyatga molik tarmoqlar sifatida qaraldi?
3. Rus ixtirochilaridan kimlarni bilasiz? Ular fan rivojiga qanday
hissa qo‘shganlar?
4. Samolyotni kim va nima maqsadda ixtiro qilgan? Ilk samolyot
nechanchi yilda samoga parvoz qildi?
5. Uzoq masofalarni yaqin qilish maqsadida telefon apparatlari
qachondan boshlab ishga tushirilgan?
6. Radioni kashf qilgan ixtirochi kim? Hozirgi kunda radioning
o‘rni qanday?
Alfred Nobel haqida referat tayyorlang.
Aniq va tabiiy fanlar rivoji
XIX asr oxiri va XX asr boshlari — hozirgi
zamon tabiat ilmining taraqqiy etishidagi
eng muhim davrlardan biri. Tabiat to‘g‘-
risidagi fanlarning har xil sohalarida inqilobiy kashfiyotlar qilin-
gan, olam to‘g‘risidagi eski tasavvurlarning ildiziga bolta urilgan
davrdir.
Bu davrda tabiat ilmining taraqqiy etishi ayrim mamlakatlar
o‘rtasida iqtisodiy raqobatning kuchayishi va dunyoning yangi
hududlariga iqtisodiy jihatdan kirib borishga intilishi bilan bog‘-
langandir.
Tabiat to‘g‘risidagi aniq fanlar bu davrda ham keng ko‘lamdagi
tajriba asosida rivojlandi va, o‘z navbatida, bu amaliy tajribani
yangi ilmiy kashfiyotlar nuri bilan boyitdi.
Ko‘rib o‘tilayotgan davrdan fan yanada ixtisoslashtirildi va fan-
ning yangidan yangi maxsus sohalari maydonga keldi. Ilgarigi ayrim
olingan fanlar o‘zaro birlashdi. Jumladan, fizika bilan kimyo
chegarasida mustaqil fizika-kimyo paydo bo‘ldi. Bu davrda qilingan
kashfiyotlar XX asrning ikkinchi yarmidagi fan-texnika inqilobiga
(FTI) yo‘l ochib berdi. Bilimlarning yangi tarmog‘i — texnika
fanlari vujudga keldi. Ular, asosan, o‘tgan davr ilmiy yutuqlari
~
~
~
~
~
Dostları ilə paylaş: