138
bo‘ldi. Benzin bilan ishlaydigan yengil
dvigatellar yaratish sohasida nemis oli-
mi
G. Daymler katta yutuqlarga erishdi.
U avtomobil,
motorli qayiq, mototsikl-
ga o‘rnatiladigan dvigatellarni yaratdi.
Daymler yaratgan ikki silindrli dastlabki
dvigatellarning quvvati 34 ot kuchiga
teng bo‘lgan.
1897-yilda
R. Dizel yonilg‘i siqilganda
o‘z-o‘zidan
alangalanib ketadigan yangi
dvigatel yaratdi. Birinchi aeroplanlarni
yaratishda rus ixtirochisi
A.F. Mojayskiy,
ingliz
konstruktori G. Filiðps, fransuz
ixtirochisi
K. Aderlar katta hissa qo‘sh-
dilar. 1903-yilda aka-uka
Uilber va
Orvill
Raytlar samolyotda uchdilar. Raqamli hisoblash mashinalarini
Charlz Bebbij (Angliya), tikuv mashinalarini dasturlashtirishni
Jozef Mari Jakkard (Fransiya), samolyotlarni avtomatik bosh-
qarishni
L. Sperri (AQSH), raketaplanni
N.I. Kibalchich (Rossiya)
yaratdilar.
Texnika sohasida
qilingan eng buyuk kash-
fiyotlardan biri radioning ixtiro qilinishi
bo‘ldi. Nemis olimi
G. Gers elektromagnit to‘lqinlari tarqalish
faktini jahonda birinchi bo‘lib tajriba yo‘li bilan isbotladi. Rus
olimi
A. Popov simsiz aloqa uchun elektromagnit to‘lqinlarini
chiqarish va qabul qilish usulini topdi
hamda kerakli asboblarni
(uzatgich va qabul qilgich) yaratdi. Shu tariqa radioga asos so-
lindi. Buyuk Britaniyada
G. Markoni tomonidan simsiz telegraf
ixtiro qilindi.
XIX asr oxirida texnikaning yangi tarmog‘i —
telefon tez
rivojlandi. Shotlandiyada tug‘ilib, Amerikada yashagan texnik
A. Bell telefon apparatiga birinchi bo‘lib imtiyoznoma oldi. Telefon
boshqa ko‘pgina yangi ixtirolardan farqli o‘laroq, deyarli barcha
mamlakatlarda tez rusum bo‘ldi. Dastlabki
shahar telefon stan-
siyasi AQSHda ishga tushirildi. Shundan so‘ng Parij va Berlinda
telefon stansiyalari ochildi.
T. Edison ovoz yozib olish va uni takror eshittirish apparati —
fonograf yaratdi. Fonograf asosida grammofon va boshqa mexanik
usulda ovoz yozib olish uchun ishlatiladigan asboblar paydo bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: