146
XX asr boshlariga kelib, jamiyat taraqqiyoti uchun zarur
bo‘lgan tabiiy fanlarning jadal rivojlanishi, texnikaning yanada
ildam taraqqiyoti diniy xurofatlardan xoli bo‘lgan ilmiy dunyo-
qarashning mavqeyi mustahkamlanishi uchun sharoit yaratdi.
Gumanitar fanlarda, birinchi navbatda, falsafa, iqtisodiyot naza-
riyasi, adabiyot va sotsiologiyada realistik voqelikni aks ettiruvchi
asarlar yuzaga keldi. Bir qator olim va yozuvchilar insonlarning
yaxshi yashashi uchun, demokratiya, tenglikni ta’minlovchi ja-
miyatni barpo qilish maqsadida shunga intiluvchi g‘oyalarni ifo-
dalovchi va ulug‘lovchi asarlarni yuzaga keltirdilar. Lekin, qanday
qilib bo‘lsa ham boylik to‘plashga harakat qilishni tasvirlovchi asar-
lar ham paydo bo‘ldi.
Bu davrda madaniyat, adabiyot va san’atning demokratik asosda
rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Ayniqsa, bu narsa adabiyotda
yaqqol o‘z ifodasini topdi. Shu sababli tanqidiy realizm va natu-
ralizm yuzaga keldi.
Òarixchilar insoniyat taraqqiyotining turli davrlari haqida juda
katta ashyoviy dalillar to‘pladilar. Bu davrda ham azaliy kurash —
yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash — mafkuraviy, g‘oyaviy
hayotning asosini tashkil qildi.
Gumanitar soha olimlari XX asr boshida ro‘y berayotgan yangi
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishni kuchaytirdilar.
Bu davrda falsafa fani ham rivojlanib, davr-
ga moslashdi. Ilgari ma’rifatparvarlik kuchli
bo‘lsa, endi inson huquqlariga e’tibor ku-
chaydi. Fanning rivojlanishi bilan uning jamiyatdagi o‘rnini belgi-
lash, barcha ijtimoiy muammolarni hal qilishda fanning ijobiy
hodisa ekanligini asoslash kuchaydi.
Bu davrning mashhur faylasuflaridan biri
Fridrix Nitsshe in-
son irodasi masalasiga katta e’tibor berdi. Inson borlig‘ida maxluqlik
va xoliqlik birlashib ketganini asoslashga harakat qildi. U zardush-
tiylik ta’siri ostida „Zardusht tavallosi“ asarini yozdi. Bu asarda
kuchli shaxslarni tarbiyalash g‘oyasi ilgari surildi.
O. Shpengler „Yevropasentrizm“ga qarshi chiqdi. Har bir
madaniyatning o‘ziga xosligi, bir-biridan mustasno holda rivojlanish
g‘oyasini mutlaqlashtirdi. Bu fikrlar uning „Yevropa quyoshining
botishi“ asarida o‘z ifodasini topdi.
Z. Freyd — psixoanaliz nazariyasining asoschisi, dunyoga
tanilgan olim. Uning asarlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
Dostları ilə paylaş: