144
chiqib, nemis fizigi
Vilgelm Konrad Rentgen
(1845—1932) har xil buyum; narsalardan
turlicha o‘tuvchi ko‘rinmas nurlarni kashf
etdi. Nurlarning kelib chiqishi olimga ma’-
lum emasdi va ularni „X nurlar“ deb atadi.
Ana shu kashfiyotga asoslangan va olimning
nomi bilan „Rentgen“ deb atalgan apparat
yaratildi. Endi shifokorlar ichki jarohatlarni,
suyak sinishlarini ko‘rishlari mumkin edi.
Bu kashfiyot uchun fiziklar orasida birinchi
bo‘lib Rentgenga Nobel mukofoti berildi.
Kimyo sohasidagi kashfiyotlardan ham
tibbiyotda unumli foydalanildi. Sovun olish-
ning sanoat usulini egallash, undan kasal-
xonalarda, ayniqsa, jarrohlar tomonidan
foydalanish operatsiyalar paytida infeksiya xavfini kamaytirdi.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash ishiga sil kasalligini kel-
tirib chiqaruvchi batsillani kashf qilgan nemis olimi
Robert Kox
(1843—1910) ulkan hissa qo‘shdi. U epidemiyalarga qarshi
profilaktik choralarni ishlab chiqdi va dori-darmonlar yaratdi. Rus
olimi, Nobel mukofoti laureati
I. Mechnikov esa organizmlarni
mikroblardan himoya qilish haqida yangi ta’limot yaratdi.
Ilm
(arabcha) — kishining o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajribasi
orqali orttirgan bilimi.
Fan
(arabcha) — to‘g‘riligi amalda tasdiqlangan, tabiat va jamiyat
qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘r-
satuvchi bilimlar tizimi.
Sterilizatsiya
(lotincha—toza) — tibbiyot va biologiyada turli mod-
dalar, bog‘lov materiallari, oziq-ovqat mahsulotlarini zararli mikro-
organizmlardan butunlay tozalash.
Pasterlash
(muallif shaxs Paster nomidan olingan) — zararli
mikroorganizmlarni o‘ldirish uchun suyuqlikni 60°—80°C gacha
qizdirish va ularni tezda sovitish.
Dostları ilə paylaş: