152
va adolatsizlikka
qarshi norozilik, bosqinchilikka nafrat, kurash-
chan xalqqa xayrxohlik bildiradi va haqoratlangan mehnatkash
insonning fojiali hayoti va kurashini tasvirlaydi.
Fransuz yozuvchisi
Jyul Vern ilmiy-fantastik romanchilikning
yirik vakili. Yozuvchi „Havo sharida besh hafta“, „Yer
markaziga
sayohat“, „Kapitan Grant bolalari“, „O‘n besh yoshli kapitan“
asarlarining qahramonlari — jasoratli, dovyurak, kurashchan
kishilardir.
Rus yozuvchisi
L.N. Òolstoy umrining so‘nggi
yillarida podsho
Rossiyasining davlat, cherkov, iqtisodiy va ijtimoiy tartibotlarini,
axloqsiz negizlarini tanqid qilishni davom ettirdi.
A.P. Chexov
„Uch opa-singil“, „Olchazor bog‘“ pyesalarida juda katta kuch
bilan ijtimoiy masalalarni umumlashtirishga harakat qildi.
Bu davrda yaponiyalik mashhur yozuvchi
Roka Òokutomining
„Kurosivo“, „Yashamagan yaxshi“,
Naoe Kinositoning „Olovli
ustun“ romanlari
feodal qoldiqlarga qarshi, milliy qadriyatlarni
asrashga, xorijning ma’naviy ta’siriga qarshi qaratilgan edi.
Xitoy shoiri
Xua Szunsyan o‘z she’rlarida xalqni bosqinchilarga
qarshi kurashga chaqirdi. Òanqidiy romanlar kuchaydi.
Li Baotszya
„Bizning chinovniklar“,
U Voyao „Yigirma yil ichida“,
Lyu E.
„Lao San sayohati“,
Szen Pu „Qahrli dengizdagi gullar“
romanlari
bilan mashhur bo‘ldi. Bu asarlarda mamlakat hayotidagi turli
yovuzliklar, qarama-qarshiliklar, bosqinchilarning qilmishlari badiiy
ifoda qilingan edi.
Naturalizm adabiyotni badiiy yangilashda
inqilob yasadi. O‘sha davr hayotini o‘tkir
badiiy bo‘yoqlarda tasvirlagan bir guruh san’atkorlar o‘zlarini
naturalistlar deb atadilar. Ularning
yirik namoyandalaridan biri
fransuz yozuvchisi
Emil Zolya Fransiyadagi barcha sinflar va ijtimoiy
guruhlarning mavqeyini, turmush tarzini va psixologiyasini ko‘r-
satishni oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Emil Zolyaning 20 jildlik „Ru-
gon-Makkarlar“ asari Ikkinchi imperiya davridagi bir oilaning
hayoti va ijtimoiy tarixiga bag‘ishlanadi. „Jerminal“ va „Òor-mor“
romanlari uning ijodining cho‘qqisi hisoblanadi.
Italiyada
naturalizm namoyandalaridan Luiji Kapuana va
Jo-
vanni Vegalarni ko‘rsatish mumkin. Ular o‘z asarlarida Janubiy
Italiyadagi qashshoqlikni, unga qarshi kurashuvchilarni badiiy
mahorat bilan aks ettirdilar.
Amerika naturalistlaridan Stiven Kreyn
Naturalizm
153
„Jasoratning qonli belgisi“,
Frenk Norris „Girdob“ asarlarida juda
katta ijtimoiy masalalarni ko‘tarib chiqdilar.
Dekadentlik dastlab fransuz adabiyotida yaqqol namoyon bo‘l-
gan. „La’nati shoirlar“ deb nom olgan
P. Verlen,
A. Relebo,
S. Mallorme kabi shoirlar yetakchilik qilgan simvolizm oqimiga
dekadentlik nihoyatda kuchli ta’sir etgan.
Dostları ilə paylaş: