46
1875-yilda dastlab Misr hukumatidan O‘rtayer dengizidan Hind
okeaniga chiqishga imkon beruvchi Suvaysh kanalining 45% ak-
siyasini sotib oldi. Tez orada, kanalning boshqa,
xususiy kishilar
qo‘lida to‘plangan aksiyalarini ham qo‘lga kiritdi. Shu orqali Hin-
distonga chiqadigan dengiz yo‘llari nazorati to‘la Britaniya qo‘liga
o‘tdi.
1876-yilda esa Britaniya o‘z qirolichasi Viktoriyani Hindiston-
ning imperatori deb e’lon qildi. Shu tariqa,
Buyuk Britaniya
imperiyasi tashkil etildi. Endilikda Buyuk Britaniya imperiya deb,
parlamenti esa imperiya parlamenti deb yuritiladigan bo‘ldi.
Buyuk Britaniya o‘z oldiga O‘rta
Osiyoni
ham egallash maqsadini qo‘ygan edi. Ayni
paytda, Yer sharining bu mintaqasiga podsho Rossiyasi ham
da’vogarlik qilmoqda edi. Podsho hukumatining maqsadi O‘rta Osiyoni
egallash orqali Afg‘onistonga chiqish va shu orqali Hindistonga
bevosita tahdid solib turish imkoniga ega bo‘lish yo‘li bilan xalqaro
masalalarda Buyuk Britaniyani yon berishga majbur etish edi.
Podsho Rossiyasi O‘rta Osiyo davlatlarini bosib olish uchun
harakat boshlagani Buyuk Britaniyani tashvishga solmay qolmadi.
Nihoyat, ikki davlat manfaatlarining o‘zaro
mushtarakligiga eri-
shishdi. Ya’ni Rossiya Hindistonga xavf solish, Buyuk Britaniya esa
O‘rta Osiyoni egallash niyatidan voz kechdilar. Afg‘oniston bu ikki
buyuk davlat manfaatlari tig‘ini qaytarib
turuvchi hudud vazifasini
o‘tashi lozim edi.
Buyuk Britaniya va podsho Rossiyasi manfaatlari to‘qnash
keladigan yana bir hudud Bolqon yarimoroli, shuningdek, Qora
dengizni O‘rtayer dengizi bilan bog‘laydigan Turkiyaga qarashli
Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlari hamda Istanbul shahri edi.
XIX asr
oxirlarida Bolqon yarimoroli xalqlarining ma’lum qismi Turkiya
zulmi ostida edi.
Podsho Rossiyasining Bolqonda mustahkam o‘rnashib olishga
intilishi, Turkiyaning esa Bolqondagi slavyan xalqlarini o‘z zulmi
ostida saqlab turishga urinishi 1877-yilda Rossiya—Turkiya urushini
keltirib chiqardi. Bu urushda qo‘li baland
kelgan Rossiya Turkiyani
o‘zi uchun qulay San-Stefano sulh shartnomasini imzolashga
majbur etdi. Biroq, Rossiyaning kuchayib ketishini istamagan
Buyuk Britaniya, Rossiyani San-Stefano
shartnomasini buyuk
davlatlarning Berlin kongressida qayta ko‘rib chiqishga majbur
Dostları ilə paylaş: