Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

1911-yilgi parlament
islohoti


44
Buyuk Britaniya mehnatkashlari o‘z haq-huquqlari uchun doi-
mo kurash olib borganlar. Buyuk Britaniya ishchilar harakatida
tred-yunionlar (kasaba uyushmalari) katta rol o‘ynagan. Òred-
yunionlarga a’zo bo‘lganlar soni ham yildan yilga oshib borgan.
Chunonchi, 1888-yilda ularning soni 750 ming kishi bo‘lgan
bo‘lsa, 1892-yilda 1,5 mln. kishiga yetdi.
Buyuk Britaniya tred-yunionlari kurashning
parlament yo‘lini tanlaganlar. Qonun ish-
chilarga ish tashlash huquqini bergan. Biroq, ish tashlash davom
etgan kunlarda korxonalar ko‘rgan zarar tred-yunionlar hisobidan
undirilar edi.
Bu qoida amalda ish tashlashni kurash usuli sifatida yo‘qqa
chiqarar edi. Òred-yunionlar o‘z partiyalarini tuzishga qaror qil-
dilar. Bu partiya 1900-yilda tuzilgan va u 1906-yildan boshlab
Leyboristlar partiyasi deb atala boshlandi.
Leyboristlar partiyasi parlament yo‘li bilan ishchilar manfaatini
himoya qilishni o‘z maqsadi, deb e’lon qildi. Liberallar hukumati
rahbari D. Lloyd-Jorj „Leyboristlar partiyasining tuzilishi Liberallar
hukumatining xatosi“, deb afsus bilan qayd etgan edi. Leyboristlar
partiyasi tuzilgandan so‘ng o‘tkazilgan birinchi parlament say-
lovidayoq, bu partiya 29 ta deputatlik o‘rnini egalladi.
Iqtisodiy taraqqiyot sur’atining pasayishi zarur iste’mol mah-
sulotlarining narxi ko‘tarilishiga olib keldi. Bu esa ishchilarni ish
tashlashga majbur etdi. Eng yirik ish tashlash 1911-yilda yuz
berdi. Ko‘mir qazuvchilarning 6 hafta davom etgan ish tashlashi
hukumatni zarur choralar ko‘rishga majbur etdi. Chunonchi,
„Ish haqi minimumi to‘g‘risida“gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra,
ish tashlashlar vaqtida korxonalar ko‘rgan zararning tred-
yunionlardan undirilishi taqiqlandi.
Ishlab chiqarish jarayonida baxtsiz hodisa tufayli jabrlanganlarga
korxona egalari hisobidan nafaqa to‘lash belgilandi. 70 yoshga to‘lgan
kishilarga pensiya tayinlandi. Konchilar uchun 8 soatlik ish kuni
belgilandi. Kasallik va ishsizlik sababli sug‘urta to‘lovi joriy etildi.
Bir so‘z bilan aytganda, Buyuk Britaniya hukmron doiralari
Birinchi jahon urushi arafasida ichki siyosiy muammolarni yum-
shatishga va xalqni jiðslashtirishga muvaffaq bo‘ldilar.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin