Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi



Yüklə 52,5 Kb.
səhifə8/8
tarix14.05.2023
ölçüsü52,5 Kb.
#113482
1   2   3   4   5   6   7   8
Shaxs

shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida boshqariladi; shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv tuzilmalarga moslashuvi ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi;
shaxs ijtimoiy ta’sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik madaniyati unsurlarini o‘zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol topadi va axloqiy sifatlarga ega bo‘ladi - mazkur holat shaxs ijtimoiylashuvining ustuvor jihati hisoblanadi;
shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyat rivojining muayyan davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davri shaxsning ijtimoiylashuvida o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi;
ijtimoiylashuv bolalikkagina xos xususiyat bo‘lmay, shaxs hayotining barcha davrlarini qamrab oladi.
Ma’lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni qabul qilishi va zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy etuklikka erishishi asosida jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson o‘zini jamiyatda shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta’lim, o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o‘z maqsadlarini mustaqil aniqlay olsa va ularga erishish yo‘llarini belgilay olganida, o‘z qadr-qimmatini anglab etganida, jamiyatdagi o‘z o‘rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi.
6.Shaxsning ijtimoiylashuvi - ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi.
Ijtimoiylashuv jarayoni o‘zining sifat xususiyatlariga, tarkibiga, qonuniyatlariga, omillariga, shart-sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan insonda namoyon bo‘lishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, o‘ziga xosliklari) ko‘ra murakkabdir. Ana shu sababli u o‘zida turli fanlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ijtimoiylashuvning xilma-xil - madaniy, axloqiy, xuquqiy, mehnat, psixologik ko‘rinishlarini aks ettiradi. Pedagogika haqida gap ketganda esa, bu sohadagi ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi va ehtiyojlarining o‘ziga xosligini hisobga olib, pedagogik ijtimoiylashuv turi sifatida alohida e’tibor bilan qarab o‘tiladi. Bu insonning dunyoga kelgan vaqtidan boshlab ijtimoiy belgilangan va muhim pedagogik yangidan shakllanuvchi tajribalarni - tarbiyalanganlik, ta’lim olganlik, ma’lumotlilik va rivojlanganlik hamda ularning kelgusidagi butun umri mobaynida muttasil o‘zgarib borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga kelish natijasidir.
Bu holda shaxsga nisbatan sust ravishda yondashuv kuzatilmaydi, balki u ijtimoiy munosabatlarning va pedagogik tizimning sub’yekti sifatida, tajriba egallashda faollik va mustaqillikni namoyon qiluvchi hamda o‘z-o‘zini shakllantiruvchi, shu bilan birga o‘z hayot yo‘li uchun javobgarlikni his etuvchi sub’yekt sifatida qaraladi. Pedagogikaning vazifasi - insonga fikrlovchi shaxs, ijtimoiy faol fuqaro bo‘lib yetishishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini va xulq-atvorini, o‘z istak-maqsadlarini yo‘nalishini anglaydigan, pedagoglar va jamiyatdagi pedagogik tizim bilan birgalikda umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashga yo‘nalgan shaxs bo‘lishiga yordam berishdir.
Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud: ana’naviy - oila va yaqin muhit orqali o‘quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish;
institutsional - ijtimoiy institutlar va ta’limmuassasalari tomonidan o‘quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish;
shaxslararo - o‘quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish;
refleksiv - o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini loyihalashni pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish.
Yüklə 52,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin