Shimoliy amerika milliy bog' va qo'riqxonalari kirish I bob. Shimoliy amerika materigining tabiati


Shimoliy Amerikadagi qo’riqxonalar va tabiat zonalari



Yüklə 41,37 Kb.
səhifə5/6
tarix11.05.2023
ölçüsü41,37 Kb.
#111003
1   2   3   4   5   6
SHIMOLIY AMERIKA MILLIY BOG

2.2. Shimoliy Amerikadagi qo’riqxonalar va tabiat zonalari

Artika sahrolari zonasi bor. Butun mintaqa uchun radiatsiya balansining juda kichik – 20 kkal/sm2 dan kam bo`lishi xaraketlidir. Hozirgi muzliklar tarqalgan territoriyalarida ham radiatsiya balansi manfiy qimmatga ega. Bu yerlarda quyosh issiqligining 80%idan ko`prog`i yer yuzasidan qaytib ketadi. Ana shu xodisa tufayli temperatura doimo past bo`lib turadi hamda muzliklar hamon saqlanib keladi. Biroq muzliklarga yog`in - sochin kam tushadi. Bu esa, o`z navbatida, namlikning kam bug`laniishi va havo absolyut namligining kichik bo`lishi bilan bog`liqdir.


Sovuq okean oqimlari tufayli yuqori geografik kengliklarga siklonlar kelishi oqibatida anchagina miqdorda namlik tushishi, orol shaklidagi katta quruqlikning mavjudiligini Arktikaning G`arbiy Amerika sektorida uning Sharqiy Osiyo sektoridagiga nisbatan muzlik paydo bo`lishi uchun ancha qulay sharoit yaratadi. Muzliklar Shimoliy Atlantikani keng polosa shaklida o`rab olgan. Lekin bu polosa yaxlit emas. Baffin Yeri, Devon Elsmir, Aksel -Xeybarg va Grenlandiya orollarida muzlar katta terotoriyani egallab yotadi.
Muzliklarning morfologik tiplari xilma - xildir. Bu mintaqaning janubiy qisimda, Baffin yeri orollarida yog`in ko`p yog`adi, yoz temperaturasi ancha baland keladi, shuning uchun bu yerda quruqlikning faqat baland joylarida uchraydigan tog` muzliklari va muz gumbazlari asosiy o`rin tutadi.
Kanada arxipelagining shimoliy qismida yog`in miqdori kamayadi va yoz temperaturasi keskin pasayadi. Bu yerlarda tog`lardagina emas, balki qor to`planishi qulay bo`lgan pastliklarda ham muzliklar vujudga kelgan. Elsmir orolining shimoliy qisimda tog` etaklarida yirik muzliklar va shelf muzliklar bor. Bu muzliklarda katta katta aysberglar (muzorolari) sinib tushadi. Pleystotsendan buyon mavjud bo`lgan Grenlandiya muz qalqoni nihoyatda kattadir. Grenlandiya muzligi 1600 ming km 2 dan ortiq maydoni egalaydi.
Muzliklarda hayot bo`lmadi. Faqat yoz paytida qor yuzasida suv o`tlarning ba`zi bir turlari uchraydi. Anna shu suv o`tlar tufayli qor yuzasi pushti rangga kiradi-yu muz tepasidan chiqib qolgan tub jinslarlar - nunataklarda bazi bir yuqori o`simliklarni ko`rish mumkin.
Muzliklar havo massasini sovutib yuboradi. Bundan tashqari muzliklardan ko`plari bir qancha aysberglar hosil qiladi. Aysberglar juda janubgacha borib atmosferani va suv yuazasini sovutib yuboradi, materikning shimoli va sharqidagi sohillar iqlimning tarkib topishida aktiv ishtirok etadi. Birgini Grenlandiyada har yili 150 km2 ga yaqin muz aysberg bo`lib ajraladi.
Amerika Arktikasining g`arbiy qisimda va bazi joylarida shimolda yog`in kam yog`adigan hamda qishda to`plangan butun qor yozda erib ketadigan joylarda muzliklar kichrayib bormoqda.
Qor qoplami doimiy bo`lmaganidan yozda qoramtir tusda bo`lgan yer yuzasida muzliklar yuzasiga qaraganda issiqlikni ko`p yutadi va shuning uchun hamma joyda yer yuzasining ustki to`ng`igan qatlami davriy ravishda eriydi. Yozda muzlik 30 S gacha qizishi mumkin. Grenlandiyaning shimolida iyulda havoning o`rtacha temperaturasi 60 s bo`ladi. Biroq qora sovuqlar hamma vaqt ham o`simlik vegetetsiyasini to`xtab qo`yishi mumkin. O`simliklar juda siyrak, qaynab chiqadigan lishaynik va moxlar asosiy o`rin tutadi. Yuqori o`simliklar yostiq yoki suri shaklida bo`lib, kichik chuqurliklarda yoki melkozyom yo`q. Kassiopiya, driada, pushiqa (haddan tashkari zax joylarda) eng ko`p uchraydi.
Arktika mintaqasida organik moddalar juda sust parchalanadi va xarakatchan oziq moddalar tuproqda nihoyatda kamdir. Bu ham o`simliklar tarqqiyotini ancha to`xtatib qo`yadi. Tuproq paydo bo`lishi protsessi boshlang`ich holatdir. Sovuqdan nurash hodisasi juda kuchli ro`y beradi. Relyefning xarakterli mikroformalari: poligonlar, yositqsimon bo`rtib chiqqan joylar va boshqalar sovuqdan nurash protsesslari oqibatidadir. O`simlik qoplami juda kam bo`lishiga qaramay bu yerda bazi bir o`txo`r hayvonlar yashay oladi. Bu hayvonlardan iporali qo`chqor ayniqsa ajoyib hayovndir. Yirtqich hayovnlar: bo`ri, qutb tulkilari, oq ayiqlarda suvda yashaydigan sut emizuvchi hayvonlarning ko`pgina turlari bor.
Subarktika mintaqasida tundra va o`rmon - tundra zonalari bor. Tundrada oylik o`rtacha tempiratura 100 s gacha ko`tariladi, vegetatsiya davri 2-3 oy davom etadi. Bu zonaning landshaftlari orollarning janubiy qisimlarini va materikning shimolini ishg`ol qilgan. Hatto materikda ham tundra landshaftlari okeaning kuchli ta`sirida tarkib topadi. Okeaning ta`siri musson tipidagi shamollar tufayli yoz paytida ayniqsa kattadir. Bu shamollar havo temperaturasini ancha pasaytirib yuboradi.
Zonaning shimoliy qisimlarida o`simliklar orasida mox - lishaynik assotsiatsiyalari eng ko`p uchraydi. Nam joylarda qiyoq ko`p o`sadi. Melkozyom to`plangan joylarda turli g`allagullar va qutb qizg`aldog`i, qoqio`t, driada, toshyorarlar kabi qutb o`tlar uchraydi. Materikda va janubdagi yirik orollardagi shamollardan to`silgan joylarda butali tundralar tarqalgan. Butali tundralarda pakana qayin, bagulnik, golubika formatsiyalarlari 2 yoki 3 yarus bo`lib o`sadi. Bu o`simliklarning quyi yarusida mox va lishaynik uchraydi.
Tundra tuproqlari botqoq va tundra- gleyli tuproq tiplariga kiradi va ularning gleyli gorizotlari aniq ko`rinib turadi. Bu gorizontlar tuproqda qayta tiklovchi protsesslar borligidan darak beradi. Chirindi miqdor kam, shu bilan birgalikda chirindi juda zaif minerallashgan.
O`simliklar dunyosining turi kam bo`lsa ham oson ko`p. Eskimoslar va indeyetsilar ovlaydigan karibu (shimol bug`usi), qutb tulkisi, lemminglar va boshqa sirkumpolyar sut emizuvchi hayvonlar ko`p uchraydi. Qushlar bozoridagi qushlar (gaga, kayra, chistiklar) ning ko`pligi kishini hayratda qoldiradi.
O`rmon - tundra asosan iqlimi anchagina kontinetal bo`lgan subtarktika iqlimli yerlarda tarqalgan. U janubdan tundrani o`rab olib, Labrador yarim orolidan toki Makenzi tog`larigacha cho`zilib boradi va Yukon yassi tog`ligining katta qismini ishg`ol qiladi. Okendan materika keladigan havo oqimlari o`rmon - tundraga yetganda anchagina o`zgarib ketadi. Iyulning o`rtacha tempiraturachi hamma joyda ortiq bo`ladi.
Oq va qora yel, sharqiy qisimda esa, shuningdek, balzam pixtasi daraxatlarning shimoliy chegarasining tashkil etadi. Shuningdek, qayin va tog`teraklar ham uchraydi.
O`rmon - tundra landshaft jihatdan ancha xilma - xildir. Suvi yaxshi oqib ketadigan daryo vodiylari igna bargli daraxatlar bilan qoplangan va aslini olganda, shimolga surilgan tayga lanshaftlaridir. Yrik daryolar Makenzi, Cherchill, Nelson kabi janubdan kelib qirg`oqlarni ilitadigan daryolarning terrasalari va qayirlari bo`ylab o`rmonlar ayniqsa ichkari kirib boradi. Terassalardagi o`rmonlar tagida podzol tipidagi tuproqlar tarkib topadi. Biroq bunday tuproqlarda gleylanish alomatlari kuchli (gleyli podzol tuproqlar) Suvayirg`ichlar butali tundra bilan qoplangan. Bu yerda uchraydigan oq va qora yelning ayrim nimjon nusxalari tundradagi boraverishdagi siyrak o`rmonlarni hosil qiladi. Amerika tundrasida o`rmoning tundraga kirib borish alomatlari qayd qilingan.
Fauna uchun tundra va tayga turlari aralash o`sishi xarakterlidir. Bu yerda karibu ham, qo`ng`ir ayiq, qutb tulki va sriq tulki ham shuningdek, qunduz, ayiq yoki norka, andatira suvsar va qimmatli mo`yna beradigan boshqa sut emizuvchilar ham bor.
Mo`tadil mintaqa. Yevroosiyo kabi Shimoliy Amerikani o`rtacha mintaqa landshantlari ham juda xima-xildir. Bu esa o`rtacha kengliklarda joylashgan quriqlikning kattaligi, temperatura sharitining va namgarchilikning farq qilishi bilan bog`liqdir.
O`rmon zonasi landshaftlarning eng katta teretoriyani egalaydi. Bu landashftlarning umumiy xususiyatlari ham Yevrosiyodagiga o`xshaydi: iqlimi salqin va nam bug`lanishga nisbatan yong`in ko`p yog`adi, o`rmonlar igna bargli va bargli daraxt jinslaridan iborat, tuproq paydo qilishning podzol tipii ustun turadi, qish va yoz paytlarida turli miqdorda issiq kelishi tufayli biologik va geoximik protsesslarning mavsumiy ro`y berishi xarakterlidir va hokazo. Ikkala materikning asosiy landshaftlari tiplari-tayga, keng bargli va aralash o`rmonlar o`rtasida o`xshashliklar ham bor. Biroq bu landshaftlarning materiklar sektori bo`ylab joylashishi va tabaqalanishi Yevrosiyodagiga nisbatan boshqacharoq. Bu esa shimoliy Amerika tabiati taraqqiyoti ba`zi xususiyatlari bilan bog`liq.
O`rtacha mintaqa o`rmonlari tayga, g`arbiy okean bo`yi igna bargli o`rmonlari, aralash va ken bargli o`rmonlarni o`z ichiga oladi.
Tayga iqlimi Yevrosiyoning xudi shunday landshaftlaridagi iqlimiga o`xshaydi. Temperatura keskin o`zgarib turadi va namgarchilik serob bo`ladi. Bu esa yog`inning ko`p yog`ishigagina emas, balki namning ayniqsa sovuq davrida, suv o`tkazmaydigan, ya`ni doimiy muzlab yotgan qatlamning suvni singdirishga bog`liqdir. Muzlab yotgan yerlarda eriydigan yerlarning qalinligi 2-2,5 m dan oshmaydi. Tayga daryolari ancha vaqt muz bilan qoplanib yotadi, qishda suv miqdari keskin kamayib ketadi. Bularning hammasi eroziya protsesslarini zaiflashtiradi va botqoqlashning kuchayishiga yordam beradi.
Ana shunday sharoitda o`sadigan o`simliklarning ildiz sistemasi yuza joylashadi. Labrador yarim orolida daraxtlarning 90 protsentiga yaqinini tashkil etadigan qora yel, yarim orolning g`arbiy qismida keng tarqalgan oq yel, balzam pixtasi, Amerika tilog`ochi va boshqa igna bargli daraxtlarning ildizlari yuza joylashgan.
Botqoqlarning chekalarida tilog`och, quruqroq suvayrag`ichlarda esa yel, pixta va qarag`ay ayniqsa ko`p o`sadi. Qarag`aylar orasida banks qarag`ay va veymut qarag`ayi eng ko`p uchraydi. Bu qarag`aylar qurg`oqchilik qumoq yerlarda va qulmoq joylarda o`sadi hamda qimmadbaho qurilish materiali hisoblanadi. Daraxtlari kesib olingan va o`t tushgan joylarda qayin va tog`teraklar ko`p uchraydi. Igna bargli daraxtlar tagida podzol tuproqlar vijudga keladi. Botqoqli va yarim botqoqli tuproqlar ham katta-katta joylarda uchraydi.
Materikning sharqidagi o`rmon zonasi landshaftlari butunlay boshqacha. Bu yerda tayga o`rnida aralash o`rmonlar uchraydi. Buyuk ko`llar atrofida va Atlantika okeanining sharqiy sohilida o`simliklar igna bargli-keng bargli o`rmonlardan iborat. Bu teretoriyaning iqlimi mo`tadtil iqlimdir, namgarchilik yetarli, yog`ining ko`p qismi yoz paytida to`g`ri keladi.
Territoriyaning sharqiy qismida o`rmon qalin. Paloyegendan buyon juda kam o`zgargan qadimgi flora tufayli o`simliklarning turlari nihoyatda ko`p.
Materikning sharqiy qisimda o`rtacha mintaqa doirasida ancha territoriyaning Appalacha tog`lari egallab yotadi. Bu tog`lar u qadar baland bo`lmasa ham ularda balandlik mintaqalarini yaqqol ko`rish mumkin: 700-1000m balandilkkacha keng bargli o`rmonlar ko`p tarqalgan, unda yuqorida igna bargli o`rmonlar uchraydi. Bu o`rmonlar yuqoriga ko`tarilgan sari asta - sekin bargli daraxatlar o`rnini oladi. O`rmonlar shimolda 1500m balandlikkacha, janubda 1500-1900 m balandlikkacha uchraydi. Bu chegaradan yuqoridan ayrim tog` tepalarida subalp butazorlari uchraydi. O`simliklarga qarab tuproqlar ham qo`ng`ir tog` - o`rmon tuproqlaridan tog` podzol va tog` o`tloq tuproqlarigacha o`zgara boradi.
Materikning ichkarisiga tomon okean sohilidan boshlab o`rmon landshaftlarlari asta - sekin o`rmon - dasht, so`ngra dasht va nihoyat cho`l va chala cho`l landshaftlariga almashinadi.
O`rmonlar bilan dashtlar o`rtasidagi oraliq zona hisoblangan o`rmon-dashtlar Buyuk tekisliklarda, Markaziy tekisliklarning g`arbiy qisimda va Kordilyera ichki platolarining ayrim joylarida tarqalgan. Bu zona ikkita zonachidan - chinakam dashtlar va preriyalardan iborat.
Preriya landshaftlari ham juda o`ziga xosdir. Bu landashftlar sharqiy okean sektorining dasht va keng bargli o`rmonlari orasidagi oraliq zonachani xosil qiladi. Preriyalar namgarchilik sharoitiga ko`ra o`rmon – dashtlarga o`xshaydi, ya`ni dashtlarga nisbatan ko`proq yog`in oladi. Biroq o`rmon dasht zonachasida namgarchilikning nisbatan ko`p bo`lishi tempiraturalarining pastligi tufayli ro`y bersa, preriyalar zonachasida esa namgarchilikka ko`proq yog`inlar sabab bo`ladi. Preriyalarning yog`in yog`adigan. Bu esa preriyalarning materikning ichik chektori bilan sharqiy chekkasiga yilga 1000 mm gacha yog`in yog`adi. Bu esa preriyalarning materikaning ichki sektori bilan sharqiy okean bo`yi sektori o`rtasida joylashgan bog`liqdir.
Buyuk tekisliklarda dashtlar Kordilyera tog`larining yomg`ir kam tushadigan etaklaridadir. Bu yerlarda namgarchilik turlicha. Nam miqdori g`arbidan sharqqa tomon orta boradi. Namgarchilik turlicha bo`lganidan sharqda tipik dashtlar, g`arbida esa quruq dashtlar paydo bo`lgan.
Bu zonalarning landshaftlari inson ishtirokida juda o`zgarib ketgan. Preriyalar va o`rmon - dashtlar deyarli butunlay haydab yuborilgan.
Chala cho`l va cho`llandshaftlarlari Kolubiya platosining g`arbiy qismida Katta Xavzada eng qurg`oqchil iqlim sharoitida o`rtacha mintaqada vujudga keladi.
Tabiiy muhitning anna shu tipii asosan yassi yerlarda bo`lsa ham, ko`p jihatdan Kordilyeraning tog` relyefiga ham bog`liq. Chunki, Kordilyera tog`lari tufayli ichki yassi tog`liklarga yiliga bor - yo`g`i 100- 250 mm yog`in tushadi.
Iqlimning qurg`chilligi tabiatning barcha xususiyatlarida o`z aksini topgan. Bu territoriyalarda oqar suv nihoyatda kam va okenga yetib bormaydi. Buning oqibatida tog`larda yemirlgan jinslar chuqurliklarda qoladi. Bu chuqurliklar suv oqiziqlari va delyuviy bilan tobora to`la boradi.
Hayvonot dunyosida dashtlar zonasida uchraydigan ko`pgina turlar, jumladan kemiruvchilar, yerqazurlar xarakterlidir; ayniqsa sudraluvchilar: zahar tishili kaltakesak, frinozoma, xirot va chinqiroq ilon ko`p uchraydi.
Subtropiklar. O`rtacha va suv tropik mintaqlarning landshaft zonalari sepektori ko`p jixatdan bir - biriga o`xashaydi. Okean bo`yidagi g`arbiy va sharqiy sektorlarda o`rmon landshaftlari materik ichki sektorida dasht va cho`llar eng ko`p.
Subtropik mintaqalar materik ichiki qismi landshaftlari iqlim kontinental va qurg`oqchilik ekanligini o`rtacha mintaqali yuqorida aytilgan landshaftlari bilan umumiy bo`lgan bir qancha alomatlarga ega.
Materikni g`arbiy sohilida 43 0S shimoliy kenglikda janubda AQShning janubiy chegaralarigacha o`rta dengiz bo`yi qug`oqchil o`rmonlari va butalari landshaftlari uchraydi. Bu landshaftlar Yevropaning o`rta dengiz bo`yidagi xuddi shunday landshaftlarga o`xshashdir. O`rta dengiz bo`yi landshaftlari tabiatning umumiyligi iqlim sharoiti o`simliklari tuproqlari xakaterida daryolari rejimida boshqa xususiyatlarda ko`rinadi.
O`rtacha mintaqani g`arbiy igna bargli o`rmonlaridan farq qilib o`rta dengiz bo`yidagi qurg`oqchil o`rmonlar va butazorlar zonasini iqlimi tempiraturani ancha baland bo`lishi tempiratura apilatudasini katta farq qilishi va yog`in miqdorining xiyla kam bo`lishi bilan xarakterlanadi. Yog`inni kam bo`lishi shimoliy tinch okean atitsikolining sharqiy chekkasi bo`ylab shimoldan keladigan quruq havoni yoz paytida hukumron bo`lishi bilan bog`liqdir. Turli mavsumlarda yog`in miqdori katta farq qiladi. Qishda siklunlar kirish bilan yog`in ko`p yog`sa yozda nihoyatda kam yog`adi.
Doimiy yashil sekvoylalarga sof holda uchraydi. Bunday sekvoyyalar daryo terassalarini allyuvial tuproqli yerlarida okean yaqinida bo`ladi. Tog` yon bag`irlarida ulkan seklovoyi uchraydi. Bu sekvoya bilan odatda pisivdasuga va duglespixtasi qarag`aylar dublar qulpinay daraxti ham birga uchraydi. Suptropik o`rmonlar tagida dag`al bargli doimiy yashil buta turlari, jumladan rododendron ko`p o`sadi.
Kesib yuborilgan yoki yonib bitgan igna bargli o`rmonlar o`rnida,ayniqsa zonaning eng quruqroq janubi qismida qayta paydo bo`lgan doyimi yashil siyrak o`rmonlar va butalar –O`rta dengiz bo`yidagi makvis butozorlarini eslatadigan chapprral butazorlari o`sadi.
Suptropik mintaqaning boshqa joylaridagi kabi, bu yerning tuproq qoplami uchun xam kuchli nurash mineralizatsiya proseslari xarak terlidir.Atlantika bo`yidagi xiyla nam sektoridan farq qilib, tuproqning yuvilish rejimi yog`in eng ko`p tushadigan kuz paytlardagina ro`yberadi. Ana shu paytda tuproqda eng xarakatchan birikmalargina chiqib ketadi. Xosil bo`ladigan jigarrang va sur jigarrang tuproqlarda anchagina miqdorda organik va mineral oziq moddalar bor. Bu tuproqlar sho`rlagan emas karbanatli gorizantal yuzi joylashgan. Tuproqlar tabiiy xolda juda unimdor sug`orish kerak bo`ladi.
G`arb va janubda chaparral bevosita sup tropik cho`llarda o`tadi sup tropik cho`llar Katta Xavzaning janubiy qismini va Meksika tog`ligi ichki qismning shimolini egallaydi.
XULOSA


Xulosa qilib, geografik, hatto keyin emas butunlay faqat 17 asrda o'zlashtirildi, va qilingan Shimoliy Amerika, katta og'ir bo'ladi. Ochilgan bu 10-asrda yevropaliklardan bo'ldi. Shimoliy Amerika uzunligi tabiat janubiy va shimoliy, balki qit'amizning g'arbiy va sharqiy qismlarga nafaqat turli shunchalik katta bo'ladi.
Shimoliy Amerika haritasi uzoq shimoliy bu yerdan ham, Yevroosiyo qit'asida bo'lib, Arktika yirtqich joylashgan, deb ko'rsatadi - muz va qor olamini. Bu yurtda, hech narsa yosunlarının va Likenler tashqari o'sadi. Alyaska, shimoliy Labrador va Gudzon janob tundra zonasida boshlanadi. Bu daraxtlar, daraxtlar va past o't mitti qondirish uchun allaqachon mumkin. Tundra ignabargli o'rmonga oqadi. Umuman olganda, Shimoliy Amerika o'rmonlari qit'asining uchdan bir qismini qamrab olgan. oq va Taiga qora qoraqarag'ay, qarag'ay va qarag'aylar jo'ka, zarang, eman, kashtan bor Balsamik aralash va keng bargli o'rmonlar, o'rnini egalladi. So'ngra o'rmon chiqib nozik va o'rmonda janubga harakat va keyin - cho'l. Shimoliy Amerika, bu joylar Prairies deyiladi. materik ustida real cho'l ham bor, lekin ular tog'lar orqali kesib buzilgan.
qit'asi kabi turli Shimoliy Amerika Tabiat ekvatorial tashqari, barcha iqlim zonalarida joylashgan. Qishda havo ancha quyosh nurlanishi ta'sir va yozda esa - okean ta'siridan. Grenlandiya markaziy qismi -55 darajaga qadar bo'lishi mumkin esa yanvar sovuq ham materik shimolidagi, -20 ... -25 darajaga erishish. Alyaska va -15 uchun Hudson Bay sovuqroq qishda eng ... -20 va yozda havoda ... + 10 +5 uchun iliqlik yugurgan. qish harorati o'rtacha iqlimi (Kolumbiya og'zidan shimoliy) bilan joylarda -10 ... -5 daraja va yozda ko'pi +20 hisoblanadi. Kaliforniya uchun Florida dan hududi, subtropik kamari uchun xosdir. +25 uchun Missisipi vodiysi yozda o'rtacha isish ... + 30, va qish sovuq 15 darajaga yetishi mumkin.
Shimoliy Amerika Tabiatni o'rmonlarda boy. ignabargli va keng bargli o'simliklar bilan o'tish zonasi janubga yo'l berish archa va qarag'ay o'rmonlari, - tundrada Janubiy osinovidnye teraklar va fir, janubi-g'arbiy o'sadi. Kanada shimoliy dam yilning har qanday vaqtida jim go'zallikni ta'sir, lekin bir archa o'rmon yorqin ranglar bilan porlaydi qachon yozda, ayniqsa, go'zal. Yukon va British Columbia daraxtlar bir ummon tomonidan qoplanadi. Bu zonada O'simliklar va Shimoliy Amerika hayvonlar turlarining turli taqdim etadi. fauna bu yerda oq-kuyruklu kiyik, yovvoyi bizon, Coyotes, Beavers, kiyik, kulrang va qizil silovsin, Woodland Caribou, quyon va quyon, Nightclub bor.
Meksikaga Alyaska boshlab, u Cordillera bir zanjir cho'ziladi, va ular orasidagi tizmalari tekisliklarni va platolar, yolg'on. Rokki tog'lar ajoyib o'simlik bilan qoplangan va ko'plab ajoyib ko'k ko'llarini yashiradilar. shimoliy etaklarida va shar shaklidagi vodiysida qor butun yoz eritishi mumkin emas. Arizona, Utah va Kolorado Tog'lar yuqori platolar bilan o'ralgan. Bu butun maydoni o'z iqlimi, uning tabiat va geologik tuzilishi, ajoyib o'simlik va hayvonot dunyosi bor. Shimoliy Amerika mo'jizalaridan biri orqali geologik qatlamlari kamaytirmagan bir poda - 340 kilometr - Grand Canyon, chuqurligi bo'lgan 1800 metr, uzunligi etadi. butun dunyodan odamlar o'z ko'zlari bilan abadiyat va tabiat buyukligi ko'zdan ko'rish uchun bu erga kelib.


Yüklə 41,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin