Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Janubiy Farg‘ona sharoitida uchrovchi qishloq xo’jalik ekinlarini so’ruvchi zararkunandalarini tur tarkibi va bio-ekologik xususiyatlarini tadqiq etish.
Janubiy Farg’ona sharoitida so’ruvchi zararkunandalar va shiralarining tur tarkibini o’rganish asosida:
-Janubiy Farg‘ona hududidagi agrotsenozlar afidofaunasining tur tarkibi, o‘ziga xos xususiyatlari va tarqalishini tadqiq etish;
-Janubiy Farg‘ona suniy ekotizimlarida o‘simlik va shiralar o‘rtasidagi aloqalarni tahlil etish;
-Janubiy Farg‘ona agrotsenozlarda shiralarining mavsumiy rivojlanishini o‘rganish;
-O‘simlik shiralari miqdorini kamaytirib turishda entomofaglar ahamiyatini o‘rganish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Janubiy Farg’ona sharoitida shiralarining tur tarkibini o‘rganish asosida:
-Ilk marta Janubiy Farg‘ona agrotsenozlarida qishloq xo’jalik ekinlari shiralarning tarqalishi va taqsimlanish xususiyatlari va ekologik guruhlanishi tahlil etildi va izohlab berildi;
-Ilk marta Janubiy Farg‘ona xududi afidofaunasi qiyosiy tahlil etildi, tur tarkibidagi o‘zgarishlar izohlab berildi;
-Janubiy Farg’ona xududidagi shiralar va qishloq xo’jaligi o’simliklarini zararkunandalarini umumlashtiruvchi ma’lumoti keltirildi.
-Janubiy Farg’ona sharoitida g’oza o’simligini so’ruvchi zararkunandalarning qanday harorat va namlik ta’sirida ko’payishi jadalligi ko’rsatib berildi.
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati.Tadqiqot natijalari 2019 - 2020 yillar davomida Janubiy Farg’ona hududidagi qishloq xo’jaligi ekinlarini so’ruvchi zararkunandalarning tarqalishi, biologiyasi, ekologiyasi, o’ziga hos hususiyatlari va hayotiy jarayonlariga oid yangi dalillar to’plandi, mavjud dalillarni kengayishiga hissa bo’lib qo’shildi. Shuningdek mazkur ishning nazari ahamiyati shundan iboratki, unda shiralar hamda boshqa zararkunanada hashorotlar misolida bioxilma-xillikning taqsimlanishi, ma’lum bir maydonning janubiy, g’arbiy, shimoliy, sharqiy, markaziy qismidagi shiralar ko’payishi va zarari tushuntiriladi.
Dissertatsiyada shiralar nafaqat bio va agrotsenozlarning, balki biogeotsenozlarning tarkibiy qismi ekanligi yaqqol qayd etiladi.
Shiralarning yangi turini aniqlashi, ayrim turlarning ilgari ma’lum bo’lmagan fo’rmalarini topilishi va tasniflanishi, ba’zi o’simliklarni shiralarning yangi ozuqa o’simliklari sifatida ko’rsatilishi, bu hasharotlarning xududiy turlar tarkibini berilishi va boshqa qator izlanishlar afidofaunistik tadqiqotlarni rivojlanishiga ma’lum xissa qo’shadi.
Tadqiqot davomida bajarilgan ishlar natijalari, zararkunanda turlarining biologiyasi, ekologiyasi zarar keltirishi xususiyatlari ilmiy manba bo’lib xizmat qilishi mumkin.