Shukur xolmirzayev ijodining badiiyati


ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.11.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#165910
1   2   3   4   5
56-60

 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 19
Часть–4_ Апрель–2023
 
57 
2181-3187 
bera olish, rang-tasvirdagi kichik bir cho`g`dek detaldan butun asar qiyofasini yoritib 
yuborish mahoratlarida rassom do`stining jiddiy ta`sirini sezmaslik mumkin emas. 
Yildan yilga, asardan asarga yozuvchi mahorati sayqal topib borgan. «Hayot 
abadiy», «Bodam qishda gulladi» singari to`plamlarga kirgan asarlar, so`nggi 
yillardagi «Ko`k dengiz», «Xumor», «Qadimda bo`lgan ekan» kabi hikoyalar o`zbek 
adabiyotida o`ziga xos mahoratli yozuvchini paydo qilgan.Shukur Xolmirzayev 
o`zining «Bukri tol», «O`n sakkizga to`lmagan kim bor», «Bulut to`sgan oy» 
qissalarini, asosan, yoshlarga bag`ishlagan, ular sajiyasining toblanish jarayonlarini 
badiiy gavdalantirgan.Zamonani, o`tmishni chuqur va atroflicha o`rganish, xalq dardi 
va orzularini aks ettirishdagi ehtiyoj hamda hikoya va qissa janrlarida orttirilgan 
tajriba, jahon va o`zbek yozuvchilari mahoratini sinchiklab o`rganish yozuvchini turli 
yo`nalishdagi romanlar yozishga olib kelgan.«So`nggi bekat» (1976), «Qil ko`prik» 
(1978-1982), «Yo`lovchi» (1987), «Olabo`ji» (1991), «Dinozavr» (1996) singari 
asarlar 
Shukur 
Xolmirzayevni 
jiddiy 
izlanuvchan 
romannavis 
sifatida 
tanitgan.Romanlarda ham adib o`z ijodiy yo`nalishi va uslubiga sodiq qolgan. 
Xalqimiz hayotining burilish pallalarini, yurtdoshimiz taqdiridagi muhim jarayonlarni, 
o`zbekni o`zbek qilgan fazilatlarni, bir so`z bilan aytganda, millat ruhini aks ettirish bu 
romanlarning ham yetakchi xususiyatidir.Adib el-yurt oldidagi xizmatlari uchun 
munosib taqdirlangan. U«O`zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni va O`zbekiston davlat 
mukofoti sovrindoridir. 
Yozuvchi millat ruhidan kelib chiqmasa, bo`lmas ekan» , – degan o`z 
iqrornomasi uning butun ijodini, asarlarini, shaxs sifatidagi tabiatini tutashtirib 
turadi. 
Shukur Xolmirzayev asarlari hayotda, inson qalbida yechilmay yotgan 
muamolarning badiiy tahliliga qaratilgan. Yozuvchi qahramonlari asar g`oyasini, 
badiiy topilmalarni kitobxon og`ziga chaynab solmaydi. Noshud, hayotda to`g`ri 
yo`l topolmagan, beo`xshov yoki razil qahramonlarini asar nihoyasiga borib 
tugatmaydi, yaxshilamaydi. Ularni o`zining badiiy niyati amalga oshirilgan 
darajada 
hayotdagiday 
qoldirib, 
kitobxon 
hukmiga 
havola 
etadi. 
Bu uslub asar va qahramon haqida mushohada yuritish uchun o`quvchiga 
keng imkoniyat qoldiradi. 
Adib asarlari qahramonlari aksari uning o`zi tug`ilib o`sgan tuproq – Surxon 
diyorining mehnatkashlaridir. Asar voqealari sodir bo`ladigan manzil ham 
ko`pincha shu voha bo`ladi. Shu voha qahramonlari timsoli misolida adib o`zbek 
xalqining, 
o`zbek 
tuprog`ining 
o`ziga 
xosliklarini 
tajassum 
etadi. 
Yozuvchi asar qahramonlarini oqlamaydi ham, qoralamaydi ham. Asosiy 
e`tiborni ularning qalbi, ma`naviyati, do`stlarga, yangi hayotga, o`zgarishlarga 
munosabatini ko`rsatishga qaratadi va hukm chiqarishni o`ziga qoldiradi. 
Adib 
asarlarining 
g`oyalari 
bir-birini 
to`ldirib 
boradi, 
tasvirlangan 



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin