Щзбекистон республикаси



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/27
tarix10.05.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#57074
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
sitologiya

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MAVZU-4. SITOPLAZMA. SITOPLAZMANING ASOSIY TARKIBI VA 

ORGANOIDLARI. 

 

Reja: 

1.  Sitoplazmaning asosiy moddalari. 

2.  Hujayra markazi, endoplazmatik tur. 

3.  Ribosoma, poliribasomalar, gol’dji apparati. 

4.  Lizosoma. 

5.  Mitoxondriya tuzilishi, funksiyasi.  

6.  Plastidlar. 

7.  Maxsus organoidlar, hujayraning sekretor faoliyati. 

 

Sitoplazma-rangsiz,  nurni  suvga  nisbatan  ko’prok  sindira  oladigan  modda  bo’lib, 



uning  solishtirma  ogirligi  1.03  atrofida.  Sitoplazma  tarkibi  xujara  tarkibiga  ko’ra  turlicha 

bo’ladi.  Ximiyaviy  tarkibida  aytib  utilgan.  Uning  xossasi  gliseringa  uxshash  bo’lsada, 

tabiatda  asosan  qolloid  xolatda  uchraydi.  Dispersion  muxitning  nordon  yoki  ishkor 

reaksiyasiga  aylanishi  hujayra  ichkarisida  yuz  beradigan  barcha  jarayonlarni  o’zgarishiga 

sabab bo’ladi va modda almashinuvi prosessiga uz tasirini ko’rsatadi. 

Umuman  sitoplazma  ko’p  fazali  qolloid  xisoblanadi.  Undagi  makromolekulalar  va 

ularning  komplekslari  ancha  murakkab  xisoblanadi.  Undagi  membrana  sistemasini,  naylar, 

fibril  va  dona  (granula)  larni  vujudga  keltiradiki  ularni  fakat  el  mikroskopdagina  ko’rish 

mumkin.  Uni  kuzatilganda,  matriks  gomogen  yoki  yupka  donador  modda  ko’rinishida 

bo’ladi.  Bu  gialoplazmaning  ayrim  zonalari  sharoitiga  va  funksiyalar  vazifasiga  ko’ra, 

agregat  xolatini  uzgartiradi.  M:  zol  xolatdan  gel  xolatgacha.  Asosiy  plazma  esa  hujayra 

membranasi,  tola  mikroeldementlarini  hosil  bo’lishida  ishtirok  etadi.  Sitoplazma  tarkibiga 

mikromolekulalardan asosan, sitoplazma matriksning turli globo’lyar oqsillari va fermentlari 



kiradi.  Matriksda  oqsil  sintezidagi  aminokislotalarni  aktivlash  fermentlari.  Transport  RNK 

joylashgan.  

   Gialoplazmaning  asosiy  roli  bu  yarim  suyuk  muxit  barcha  hujayra  strukturalarini 

birlashtirish  va  ularni  uzaro  ximiyaviy  tasirini  ta’minlashdan  bazi  oqsillarni  sintezlanish 

jarayonlari borligidan iborat.  

  Gialoplazmadan  hujayra  ichidagi  transport  prosesslar  aminokislotalar,  moy  kislotasi, 

nukleotidlarni  tashish  amalga  oshadi.  Mikronaychalar  –  elektron  mikroskopning  kashf 

etilishi  sitoplazmaning  ko’p  xususiyatlarini,  organella  va  boshqalarni  o’rganishga  asos 

bo’ldi.  Shular  katorida  muxim  hujayra  sitoplazmasini  ichki  xarakatida  muxim 

organoidlardan  xisoblangan  3ta  fibril  tolalar  ko’rinishidagi  to’zilmalar  mikronaychalar, 

mikrfilamentlar va oralik filamentlar muxim axamiyatga ega.  

   Mikrotrubachalar  barcha  eukariot  hujayralarda  tarkaldgan,  silindrik.  Organeladir.  U  juda 

yupka diametri 24 nm, devori 5 nm. Tarkibi tibo’lin oqsilini globo’lyar birikmasidan va uni 

spiralsimon joylanishidan vujudga kelgan. Uzunligi bir necha mk ga etishi mumkin. Ba’zan 

hujayra  devoridan  boshlab  (M:  qil  va  tuklar)  hujayrani  markazigacha  cho’zilgan  bo’ladi. 

Ularni  usishi  tibo’lin  moddasini  hosil  bo’lishi  bilan  amalga  oshadi.  Unda  albatta  boshqa 

moddalarni roli bor. M: tukni usishi mikronaychalarni hosil bo’lishida, qolxisin muxim rol’ 

uynaydi.  Bunda  hujayra  markazining  xam  roli  bor  degan  nazariyalar  xam  mavjud.  Chunki 

hujayra  markazi  kalta  mikronaychalarga  ega.  Mikronaychalar  hujayrada  kuyidagi  turli  xil 

prosesslarda  aktiv  ishtirok  etadi,  hujayra  markazi:  bazal’t  tanachalar,  tuk  va  qillar  hosil 

bo’lishida  qatnashadi.  Hujayra  markazi  sentriolla  silindrik  0.2  mkm  bo’lgan,  uzunligi  0.5 

mkm  li  organoiddir.  U  barcha  hujayralarda  uchraydi.  9  juft  mikronaychalardan  tashkil 

topgan.  Ular  hujayra  bo’linishida  muxim  axamiyatga  ega.  Hujayra  markazining  hosil 

bo’lishida  mikronaychalar  asosiy  birlik  sifatida  qatnashadi.  Bundan  tashqari  xromatid  va 

xromasomalarni boshqarishda xam rol’ uynaydi.  

  Mikroflementlar  –  juda  nozik  oqsil  iplari  bo’lib,  diametri  5-7  nm  ga  teng.  Uni  hosil 

qilishda aktin oqsili muxim axamiyatga ega. Barcha hujayralarda  aktin 10-15% ni umumiy 

tashkil  etadi.  Mikrofilimentlar  hujayrada  muxim  prosesslardan  xisoblangan  sitoplazma 

xarakatlarida  ishtirok  etadi.  Bundan  tashqari  muskul  xarakatlarida  miozin  oqsili  bilan 

birgalikda ishtirok etadi. 

 

Oralik  flimentlar  –  8-10  diametrli  bo’lib  nomidan  ko’rinib  turibdiki,  oralik 



xususiyatga ega va xarakatda va sitoskelet hosil bo’lishida axamiyatli.  

 

endoplazmatik  tur  –  el  mikroskop  yordamida  ochilgan  eng  muxim  axamiyatga  ega 



bo’lgan organoidlardan bo’lib, eukariot hujayralarning barchsida uchraydi. Ular ba’zan och 

rangda bo’lib membrana bilan chegaralangan kanalchalardan, vakuola, sisternalardan tashkil 

topgan membrana qalinligi 5-7 nm. U 2 xil bo’lib: donador va sillik tuzilishga ega. Donador 

en  tur  ustida  mayda  donador  tanachalar  joylashgan  bo’ladi.  Ular  oqsil  sintezini  amalga 

oshiradigan  sub  birliklardir.  Sekntrafugalash  yo’li  bilan  fraksiyasi  tekshirilganda  ularda 

ko’plab  vezikulyar  ko’pgichlar  majud.  Ular  mikrosomalar  deyiladi.  Ular  trubasimon  emas, 

balki  plastinkasimon  ko’rinishga  ega.  Donador  en  turda  ribosomalar  koplangan  bo’ladi. 

Ribasomalarning  5-70  tasi  birlashib  polisomalarni  hosil  qiladi.  Ribasomalarsiz  kanalchalar 

sillik  end  tur  deyiladi.  Ikkala  ko’rinishi  xam  sintezda  qatnashadi  va  tashish  vazifasini 

bajaradi.  Donador  end  tur  asosan  oqsillar  biosintezida  aktiv  qatnashadi,  ularni  hujayradagi 

xarakatini ta’minlaydi. 

 

Ikkinchi tip  ribasomalarsiz sillik ko’rinishga ega bo’lgan tur asosan polisaxaridlarni 



biosintezini  amalga  oshiradi.  Ularni  xarakatini  ta’minlaydi.  Shuning  uchun  end  tur  sekret 

ishlab chiqaradigan hujayralarda ko’prok uchraydi. M: steroid gormonlarni ishlab chiqaradi. 

O’simliklarni ildiz hujayralarida, urug murtakda ko’prok mavjuddir. 

 

Jigar  hujayralarida  xar  ikkalasi  xam  ko’p  mikdorda  uchraydi.  Muskullar  end  tur 



o’ziga xos ko’rinishi sarkoplazmatik retikulin tur uchraydi. 


 

Ribosoma  –  juda  kichiq  organella  bo’lib,  diametri  20  nm.  Bu  organoid  xar  bir 

hujayralarda  ko’plab  uchraydi.  Prokariot  xam  eukariot  hujayralarini  tarkibiy  kismi 

xisoblanadi. Bakteriya hujayralarida 10000 dan ortik uchrasa, eukariotlarda 2-3 barobar ko’p 

uchraydi. Asosan oqsil sintezini amalga oshiradi. Tuzilishi o’ziga xos. Xar bir ribasoma 2ta 

sub  birlikdan  kichiq  va  kattalikdan  iborat.  Tarkibi  massasi  RNK  va  oqsildan  iborat, 

yadrochada sintezlangan RNK dan tashkil topgan. 

 

Gol’dji  apparati  –  bu  organoidni  1898  yili  birinchi  bo’lib  italyan    olimi  K.Gol’dji 



neyron  sitoplazmasida  aniqlangan.  Bu  xam  hujayrani  muxim  organoidlaridan  biri 

xisoblanadi.  Uni  yoruglik  mikroskopida  xam  aniqlash  mumkin.  Tayokcha,  urok 

shaklidauchraydi. el mikroskopda u 3 xil komponentlardan,  ya’ni, sisterna, mikropufakcha, 

vakuoladan  to’zilganini  ko’rish  mumkin.  Sisternalar  yassi,  granulyar  kopchiqlardan  tashkil 

topgan.  Mikropufakchalar  asosan  sisternalarni  end  tur  bilan  aloqaasini  ta’minlaydi. 

Vakuolalar end tur da sintezlangan maxsulotlarni Gol’dji apparatiga etkazib turishida asosiy 

vositachi vazifasini utaydi. 

 

Gol’dji  apparatida  oqsillar  zichlashadi.  Uglevodlar  sintezi  amalga  oshadi. 



Sisternalarda  gol’dji  pufaklari  doimo  etilib  turadi.  O’simlik  hujayralarida  shunday 

xususiyatga  ega  bo’lgan  diktasomalar  bor.  Asosiy  vazifasi  sekret  prrosesslarida  ishtirok 

etadi,  hujayra  tusigini  vujudga  kelishini.  Lipidlar  tuplanishida  qatnashadi.  Ximiyaviy 

birikmalar  transport  vositasida  qatnashadi.  Oqsillar  va  kiritmalarni  hujayra  ichidagi 

xarakatida xam axamiyatga    ega. 

  Mitoxondriya  –  sitoplazmatik  hosilalar  bo’lib,  ular  asosan  hujayrani  energiyasini 

ta’minlaydigan, nafas olish  prosessi va boshqa metabolitik jarayonlarni amalga oshiradigan 

organoidlar xayotiga ega bo’lib, asosan kuvvat ishlab chiqaruvchi stansiya xisoblanadi. 

  Yoruglik  mikroskopida  xam  kuzatish  mumkin,  donador  shaklda  uchraydi.  Lekin  shakli 

uzgarib  turadi,  ko’prok  ipsimon  yoki  tayokchasimon  ko’rinishga  ega.  Ular  hujayrada 

energiyaga muxtoj va kislorodga muxtoj erlarda ko’prok mavjud. Uning uzunligi 0.5-1 mkm 

7-20 mkmga teng. 3 xil komponentdan tashkil topgan.  

1.  2ta zich osmofil qavatdan iborat tashki membrana. 

2.  Burmalar kristallar hosil qiladigan ichki membranalar. 

3.  Zich gomogen modda matriksdan iborat. 

  

Uning hujayradagi soni xar xil,  M: jigar hujayralarida 2500 donaga etsa spermoda 5-



7 ta bo’ladi. Umuman modda almashinuvi jadal hujayralarda ko’p uchraydi. Mitoxondriyani 

birinchi bo’lib tekshirgan olimlar Kyolliker (1850y) muskulda, keyinrok Flenning 1883 yil, 

Al’tman  1890y,  Mixoles  1898y  ta’riflaganlar.  Ularning  shakli  uzgarib  turadi,  spiralsimon, 

yumaloq,  egri,  tayoqcha  donador,  va  boshqa  xolatlarda  uchrashi  mumkin.  Aktivligi  yukori 

organlarda  yirikrok  bo’lishi  xarakterli.  Tarkibi:  40%  oqsil,  30%  glikoproteinlar, 

fosfolipidlar, 1% RNK va boshqa moddalardan tashkil topgan. 

 

Tashki  va  ichki  membrana  qalinligi  70-80  A  ga  teng  ichki  membrana  oraligidagi 



bushlik 100 A ga teng. Uning orasi strukturasiz matriks suyuklik bilan tulgan bo’ladi. Ichki 

membrana  kingir  –  kiyshik,  egri  –  bugri  naychalar  shaklida  kristallar  hosil  qilgan.  Uning 

asosiy  vazifasi  ichki  satxni  kengaytiradi.  Ichki  membranani  matriks  suyukligini  karagan 

satxida  ko’zikorinsimon elementar  zarralar  joyslashgan.  Ular  oksisomalar  deyiladi.  Asosan 

ATF  sintezi  amalga  oshadigan  birlik  xisoblanadi.  Bundan  tashqari  bu  ichki  membrana 

satxida  nafas  olish  zanjiri  deb  ataladigan  murakab    va  ketma  –  ket  boradigan  bioenergetik 

jarayon amalga oshadi. Oqsil biosintez jarayonida batafsil aytilgan. 

 

Mitoxondriyalar  o’zining  genetik  sistemasi  DNK,  RNK  va  ribosomalariga  ega. 



Shuning uchun hujayraning yarim mustaqil organoid deyiladi. 

 

O’simliklarda  mitoxondriya  kabi  organoid  perioksiomalar  mavjud.  Ular  xam  kush 



membranali.  Lekin  mitoxondriyalardan  maydarok  va  ichki  membranada  kristallar  yuk. 


Funksiyasi  uxshash.  Nafas  olish  fermentlari,  yoglarga  boy,  uglevodlar  hosil  bo’lishida 

qatnashadi.  

 

De-Dyuv  fikricha,  barcha  eukariot  hujayralarning  perioksiomalari  umumiy  kelib 



chiqishga ega.  

 

Lizosomalar  –  ko’p  eukariot  hujayralarda  muxim  axamiyatga  ega  organoid.  Ular 



asosan  fagositoz,  pinositozni  amalga  oshiradi.lizasoma  oddiy  bir  qavat  membranaga  ega 

bo’lgan  organizm.  Ular  tarkibida  oqsil,  nuklein  kislotalar,  polisaxaridlar  va  lipidlarni 

parchalaydigan gidrolitik fermentlar mavjud. Ularda RN past bo’ladi. Xayvon hujayralarida 

ular  dumaloq  shaklda  bo’lib  0.2-0.5  mkm  kattalikda  bo’lib,  gomogen  strukturaga  ega 

bo’lgan, ola – bo’la pufakchalardan iborat. 

Morfologiyasi turliyaa bo’lgan bo’lakchalarga qarab asosan 4 xil tipda uchraydi: 

1.  Dastlabki  yoki  birlamchi  lizasomalar  –  hujayrada  oziklarni  va  xazm  bo’lishida 

qatnashmaydi. 

2.    Ikkinchi  lizasomalar  yoki  ovkat  xazm  qiluvchi  vakuola  ular  lizosomalarni  fagosoma 

yoki pinositoz hujayrasi bilan tuknashi natijasida vujudga keladi.  

3.  Qoldik tanacha tashqariga modda chiqaradi.  

4.  Sitolizosoma  yoki  sanitar  lizosoma.  Ular  hujayra  tanasi  nobud  bo’lgan  struktura 

elementlaridan tozalab turish vazifasini bajaradi.  

Lizosomalar  barcha  tirik  organizm  hujayralarida  uchraydi.  O’simlik  hujayralarida 

lizosoma  vazifasini  yirik  vakuolalar  bajarishi  mumkin.  Lizosoma  fermentlari  donador  end 

turda sintezlanib transportirovka qilinadi. Unda gol’dji kompleksini roli bor.  

   Plastidlar faqat yashil o’simlik hujayralarida bo’ladigan organoid xisoblanadi. Shimper 

1885  yili  barg  hujayralaridya  yashil  donachalardan  tashqari.  Sarik,  tuk  sarik  va  rangsiz 

tanachalarni  kuzatdi  va  ularni  plastidlar  deb  nom  berdi.  Ular  kanday  rangda  bo’lishiga 

karab, xloroplastlar,  xromoplastlar,  leykoplastlarga  bo’linadi.  Ular  xam boshqa  organoidlar 

katori mezoplasmada joyashadi va boshqa organoidlar bilan fiziologik munosabatda bo’ladi. 

Ular xar bir barg hujayralarida 20-50 donagacha plastidalar bo’ladi. Yirik daraxt barglarini 

hujayralarida  plastidlar  100  miliondan  oshadi.  Tuban  o’simliklarda  tabakalashmagan  bir 

necha yashil plastidlar bo’lib, ular xromotoforlar deyiladi. Yuksak o’simliklarning rangli va 

rangsiz  plastidlari  disksimon  bo’ladi.  Ularning  kattaligi  3-10  mlk  ga  boradi.  Plastidlarni 

sitoplazmadan kush qavat membranadan to’zilgan pust ajratib turadi. Plastidlar bo’linish va 

ko’rtaklanish yo’li bilan ko’payish xususiyatiga ega.  

 

Xloroplastlar  –  nozik  tuzilishli,  juda  murakkab  bo’lib  mitoxondriya  kabi  ikki  qavat 



membranadan  tashkil  topgan,  tashki  membrana  kobik  vazifasini  utaydi,  ichki  membrana 

ichkariga  usib  kirib  aloxida  takrorlanish  natijasida  granalar  hosil  qiladi.  Bo’lar  katlam  – 

katlam hosil qilib joylashadi. Bu katlamning bir qavat membranasi tillakoid deyiladi. Grana 

tarkibida  bo’lgani  uchun  grana  tillakoidi  deyiladi.  Granalar  orasidagi  bushlik  storoma 

deyiladi.  Granalar  uzaro  membrana  bilan  tutashadi,  bu  tutashtiruvchi  membrana  lamella 

tilakoidi deyiladi.xloroplastlarning tarkibi xam o’ziga xos 1-2 %  karotinoid va fermentlar oz 

– oz mikdorda RNK va DNK, yog tomchilari. Ribosomalar tashkil qiladi.  75% suv, ko’ruk 

moddalarga tugri keladi. Ko’ruk moddalarni 30-45% oqsil, 10% mikroelement ya’ni Md, G 

Si, p birikmalari 10-15% zaxira moddalar, 20-40% lipidlar ni tashkil qiladi.  

 

Xlorofil  pigmentlar  granalar  stroma  tillakoidlar  joylashgan  kattaligi  70-120% 



keladigan  glabo’lalar  ichida  kvantosomalar  joylashgan,  kvantosomalar  fotosintez  qiluvchi 

asosiy  birikmalar  xisoblanadi  va  ularda  yoruglik  energiyasi  kimyoviy  energiyaga  aylanadi. 

Xloroplast  tashki  membranasi  hujayra  sitoplazmasini  yupka  katlami  bilan  uralgan  bo’ladi. 

Buni 


 peristromium deyiladi.  

Fotosintez  –  xatto  Aristotel’  kislorod  xakida  fikr  yuritgan  edi.  1771  yili  Jozef  Pristli 

kislorodni  kashf  etdi.  1812  yili  Pel’te  va  Kvantulalar  yashil  pigmentlarni  ajratib  oldilar. 



Timiryazev  kuyosh  energiyasi  ximiyaviy  energiyaga    aylanishi  va  jamgarishini  isbotlab 

berdi. Uning shogirdi A.Svet bu ishlarni davom ettirdi.  

 

Xromoplastlar  –  o’simliklarning  vegetativ  organlarida  bo’ladi,  turli  rangda 



kuzatiladi.  Xozirda  58  turi  malum.  Ular  karatinoidlarning  etilishiga  karab  globo’lyar. 

Fibrilyar,  kristallik  tiplarga  bo’linadi.  Axamiyati  katta.  Changlanish.  Tarkalish  va 

boshqalarda muxim rol’ uynedi. 

 

Leykoplastlar  –  plastidlar  orasida  eng  maydasi  xisoblanadi,  rangsiz  bo’ladi  va  aniq 



shakliga  ega  bo’lmaydi.  1854  yil  Kryuger  topgan.  Lamellalari  juda  oz  bo’ladi,  lekin  ular 

yoruglik tasirida ichki tuzilishini rivojlantirib, yashil plastidlarga aylanishi mumkin.  




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin