Sinf: 10 Fan: Davlat va huquq asoslari. Mavzu


Dars turi: aralash; Dars uslubi



Yüklə 325 Kb.
səhifə12/49
tarix22.03.2023
ölçüsü325 Kb.
#89029
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
10-sinf huquq konspekt

Dars turi: aralash;
Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster”
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1.Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi degan nimani tushunasiz?
2.Konstitutsiyaviy tuzum prinsiplari deganda nimani tushunmoq kerak?
3.Demokratiyaning mohiyati nimada, u qaysi shakllarda amalga oshiriladi?
4.O`zbekiston xalqi nomidan kim ish ko`rishi mumkin?
5.O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi qanday prinsipga asoslanadi?
Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi:
Eng muhim konstitutsiyaviy prinsiplarga quidagilar kiradi:

  • davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi mas`uliyati;

  • inson uning hayoti, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini oliy qadriyatlar deb e`tirof etish

- qonun oldida barcha fuqarolarning mutloq tengligi;
- qonuniylik;
- inson va jamiyat farovonligi manfaatiga qaratilgan ijtimoiy adolat;
1992-yilda qabul qilingan konstitutsiyaning asosiy xususiyati shundan iboratki, unda nson uning hayoti, erkinligi sha`ni, qadr-qimmati oliy qadriyat deb e`lon qilingan. Bundan ko`rinib turibdiki konstitutsiya insonparvarlik tamoiyliga asoslanib qabul qilingan.
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu “Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi:
1. 1992-yilda qabul qilingan konstitutsiya davlatni birinchi o`ringa qo`ydimi yoki insonni?
2.Insonparvarlik tamoiyili deganda nimani tushundingiz?
3.Demokratiyaning mohiyati nimada, u qaysi shakllarda amalga oshiriladi?

Yüklə 325 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin