Mustahkamlash: 10 daqiqa. Mavzu “Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi: 1. Ma`muriy huquqning asosiy vazifasini ayting. 2. Ma`muriy huquq sub`yektlarini sanab bering? 3. Ma`muriy huquq jamiyat munosabatlarini tartibga solar ekan, qaysi tamoyillarga amal qiladi? 4. Ma`muriy huquq manbalarini ayting. 5.Davlat boshqaruvining qaysi organlari jamiyat hayotining turli sohalarini tartibga solish bilan bogliq? 6.Shahringizdagi sizga yordam bera oladigan va huquqlaringizni ularni buzishganida himoya qiladigan tashkilotlarni sanab bering. Dars yakuni: 3 daqiqa.
Yangi mavzu matni bilan tanishib kelish. Sana: ____________________ 11 Sinf: 10 Fan: Davlat va huquq asoslari. Mavzu: Ma`muriy huquqbuzarlik va ma`muriy javobgarlik. Maqsad: Ta`limiy: o`quchilarga Ma`muriy huquqbuzarlik va ma`muriy javobgarlik mavzusi bo`yicha bilim berish; Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish; Shakllantiriladigan kompetensiyalar: TK1. TK2. TK3. TK4. TK5. FK1. FK2. Ko`rgazmalilik: 10 – sinf “Davlat va huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r. Dars turi: aralash; Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster” “Aralash”