Sana: ____________________ 7 Sinf: 10 Fan: Davlat va huquq asoslari. Mavzu: “O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzum asoslari” Maqsad: Ta`limiy: o`quchilarga “O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzum asoslari” mavzusi bo`yicha bilim berish; Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish; Shakllantiriladigan kompetensiyalar: TK1. TK2. TK3. TK4. TK5. FK1. FK2. Ko`rgazmalilik: 10 – sinf “Davlat va huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r. Dars turi: aralash; Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster” Darsning borishi: Tashkiliy qism:2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish. Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi: 1.Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlariga nimalar kiradi? 2.Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish qanchalik muhim? 3. “Konstitutsiyaviy kafolat” degan tushunchaning mazmun mohiyatini tushuntirib bering. 4.O`zbekistonda inson huquqlarini qanday qo`shimcha milliy mexanizmlari yaratilgan? Ular qaysi vazifalarni bajaradi? 5.Nima uchun insonga kasbiy bilimlar bilan birgalikda huquqiy bilimlar ham zarur? 6. “Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida”gi qonun qachon qabul qilingan?