Sinf: 10
Fan: Davlat va huquq asoslari. Mavzu: Xalqaro huquq. Maqsad: Ta`limiy: o`quchilarga Xalqaro huquq mavzusi bo`yicha bilim berish; Tarbiyaviy: o`quvchilarni siyosiy faollik va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mavzu yuzasidan bilimlarini rivojlantirish, guruhda ishlash malakasini oshirish; Shakllantiriladigan kompetensiyalar: TK1. TK2. TK3. TK4. TK5. FK1. FK2. Ko`rgazmalilik: 10 – sinf “Davlat va huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r. Dars turi: aralash; Dars uslubi: “Aqliy hujum” “Klaster” Darsning borishi: Tashkiliy qism:2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish. Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi: 1. Qonun ustuvorligi deganda nimani tushunasiz? 2. Qonunlarga rioya qilmaslik qanday oqibatlarga olib keladi? 3. Qonunlar ustuvorligi faqat davlat fuqarolari uchun emasligini qanday izohlaysiz? 4. “Inson manfaatlari ustuvorligi tushunchasini qanday izohlaysiz? 5. Jamiyatga nima ko`proq zarar keltiradi: huquqiy idealizmmi yoki huquqiy nigilizm? Javobingizni sharhlab bering. Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa. Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi: 1. Xalqaro munosabatlar. 2.Xalqaro huquq me`yorlarining xususiyatlari. 3.Xalqaro ommaviy va xususiy huquq. 4.Xalqaro munosabatlarni tartibga soladigan qonunlar. 5.Xalqaro huquq manbalari. 6.Xalqaro xususiy huquq. 7.Xorijiy fuqarolar va davlatlarning huquqiy maqomi.