Dars jarayoni va texnologiyasi
Tashkiliy qism 5 daqiqa Yangi mavzu 15 daq Baholash 3 daq
Uyga vazifani so’rash 15 daq Mustahkamlash 5 daq Uyga vazifa 2 daq
I. Tashkiliy qism
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
II. Uyga vazifani so’rash. O’quvchilarni bilimini tekshirish va miyyasini charxlash maqsadida bir qancha savollar beriladi. Bunda o’quvchilar bilimi sinaladi va baxolanadi
III. Yangi dars bayoni:
Haqiqatan ham, agarda tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, ona yurtgamehr-muhabbat oddiy insonlarga ham ulkan kuch-qudrat, azm-ushijoafbaxsh etib, ularni tengsiz jasoratlarga undaganiga guvoh bo'lamiz. Masalan, siz yaxshi biladigan Shiroq haqidagi rivoyatni esga olaylik.Shiroq — oddiy cho'pon. Uning harbiy qurol-yarog'i ham, askari ham yo'q. Faqat qalbida o'z vataniga cheksiz muhabbati bor, xolos. Ana shu buyuk tuyg'u uni tish-tirnog'igacha qurollanib, mo'ri malaxdek yopirilib kelayotgan sonsiz-sanoqsiz yovga qarshi yakka-yu yolg'iz kurashga chiqishga chorlaydi. Shiroq o'zining dushman qo'lida o'lishini oldindan biladi. Lekin bu, yuqorida aytilganidek, eng ulug' maqsad — Vatan ozodligi, lining himoyasi yo'lidagi sharafli o'lim ekanini u yaxshi anglaydi va aynan shu bois bu yo'lni tanlaydi.Shiroq o'z joni evaziga qancha-qancha yurtdoshlarini o'limdan, yovgaqui bo'lishdan, shahar-qisbJoqlarni esa vayronagarchilik, talon-torojdansaqlab qoladi. Yana bir muhim tomoni — u o'z qahramonligi orqalihech qachon zulm va bosqinchilik bilan butun bir xalqni yengib bo'lmasligini, uning mard farzandlari bunga aslo yo'l qo'ymasligini isbotlaydi.Shiroqqa o'xshagan qo'rqmas va botir o'g'lonlar dunyodagi barchaxalqlarda hamma zamonlarda ham bo'lgan. Chunki har qanday xalqning tinch va osuda hayoti, baxt-u saodati uning mard va bahodir farzandlariga bog'liq.Shu nuqtayi nazardan qaraganda, dunyoga mashhur «Hollivud»kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan «Gladiator» filmidagiiste'dodli aktyor Rassel Krou tomonidan ijro etilgan general Maksimus obrazi ham Vatan ozodligi yo'lida fidoiy bo'lib yashashningyorqin namunasidir. Butun hayotini ona yurti sha'n-u sharafini рокsaqlash uchun baxsh etgan bu o'ktam va jasur inson o'zining mohirsarkardalik qobiliyati, mardlik fazilatlari bilan tashqi dushmanlarnitor-mor etishda tengsiz qahramonlik ko'rsatadi. Ayni vaqtda ichkidushmanlarning fitnasini fosh etish uchun achchiq sinov va mashaqqatlarga, xo'rlik va zo'ravonliklarga chidaydi.
Dostları ilə paylaş: |