Sintaksis. So’z birikmasi sintaksisi



Yüklə 99,68 Kb.
səhifə1/10
tarix29.11.2023
ölçüsü99,68 Kb.
#169826
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SINTAKSIS. SO’Z BIRIKMASI SINTAKSISI

SINTAKSIS. SO’Z BIRIKMASI SINTAKSISI

REJA:

  • Sintaksis haqida umumiy ma’lumot.
  • Sintaktik aloqa turlari.
  • So‘zlarning o‘zaro sintaktik munosabatga kirishuvi.
  • So‘z birikmasining tuzilishi va grammatik ma’nolari.
  • Birikma tarkibidagi so‘zlarning aloqa turlari: boshqaruv, bitishuv, moslashuv.
  • So‘z birikmalarining turlari: hokim so‘zning qaysi so‘z turkumidan ekanligiga ko‘ra turlari (otli, fe’lli, ravishli, sifatli, modal so‘zli birikmalar).
  • Tobe so‘zning sintaktik vazifasiga ko‘ra turlari (to‘ldiruvchili, aniqlovchili, holli so‘z birikmalari).
  • Tuzilishiga ko‘ra turlari: sodda so‘z birikmalari, murakkab so‘z birikmalari.

Sintaksis haqida umumiy ma’lumot

Sintaksis (grekcha – syntaxis – «tuzish» so‘zidan olingan) grammatikaning bir bo‘limi bo‘lib, so‘zlarning birikish yo‘llari, so‘z birikmasi, gap, uning turlari, xususiyatlarini tekshiradi.

Sintaksis, bir tomondan, so‘z va so‘zshakllarning, shuningdek, gaplarning aloqa qilish, birikish yo‘llarini tekshirsa, ikkinchi tomondan, ma’lum bog‘lanish asosida yuzaga keladigan sintaktik birliklarni o‘rganadi.

So‘z birikmasi, gap, gap bo‘laklari asosiy sintaktik birliklar, sintaktik kategoriyalar hisoblanadi.

Sintaktik aloqa turlari

So‘zlarning, shuningdek, gaplarning orasidagi bog‘lanish, aloqa ikki xil bo‘ladi: 1) teng bog‘lanish yoki teng aloqa; 2) tobe bog‘lanish yoki tobe aloqa.

Teng bog‘lanish sintaktik jihatdan teng huquqli bo‘lgan biri ikkinchisiga bo‘ysunmagan so‘zlarning yoki gaplarning aloqasidir. Bunda teng aloqadagi so‘zlar yoki gaplar o‘zaro teng bog‘lovchilar, teng bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar, ohang yordamida munosabatga kirishadi. Masalan: 1. Beminnat qilingan ezgulik eng maqbul va go‘zal ezgulikdir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). 2. Bilmaslik ayb emas, bilishni istamaslik aybdir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Birinchi misolda eng maqbul, go‘zal so`zlari o‘zaro teng bog‘lanib, gapda uyushiq sifatlovchi vazifasini bajargan. Ikkinchi misolda esa Bilmaslik ayb emas va Bilishni istamaslik aybdir gaplari bir-biri bilan teng aloqaga kirishgan.


Yüklə 99,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin