Kelishikli boshqaruvda boshqariluvchi so‘z ma’lum kelishik shaklida qo‘llanadi: kattalarnihurmat qilmoq, tog`ga chiqmoq kabi.
Ko‘makchili boshqaruvda boshqariluvchi so‘z ko‘makchi orqali shakllanadi: zavq bilan ishlamoq, telefon orqali gaplashmoq kabi.
Boshqaruv usuli bilan bog‘lanish to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish, hol-hollanmish munosabatlarini yuzaga keltiradi.
Bitishuv
Hokim va tobe so‘zlarning o‘zaro so‘z tartibi hamda ohang yordamida birikishiga bitishuv deyiladi. Bitishuv yo‘li bilan bog‘lanish sifatlovchi-sifatlanmish (yangi libos), izohlovchi-izohlanmish (shoir Erkin Vohidov), qisman hol-hollanmish (to‘satdan uchrab qolmoq) munosabatidagi birikmalarga xos bo‘lib, uning qismlari ifoda materialiga ko‘ra turlicha bo‘ladi:
10) taqlid so‘z + fe’l: duv-duv to‘kilmoq, gir-gir aylanmoq.
Muvofiqlashuv.
O‘zbek tilida qaratqich va qaralmishning aloqasi bog‘lanishning alohida turini tashkil qiladi. Bunda so‘zlardan birini hokim, birini tobe deb qarash qiyin, chunki qaralmishning talabi bilan qaratuvchi bo‘lak qaratqich kelishigi shaklini oladi, o‘z navbatida, qaratuvchining talabiga ko‘ra qaralmish egalik affiksini qabul qiladi: bolalarning quvonchi, mening kitobim, sening daftaring, ularning vazifasi kabi. Bunda munosabatdorlik (o‘zaro hokimlik, tobelik) kuzatiladi.
Aslida moslashuv deyilganda, tobe so‘z shaklining hokim so‘z shakliga mos kelishi nazarda tutiladi. Bu holat rus tiliga xos, negaki moslashuv yo‘li bilan tuzilgan qurilmalarda, jumladan, aniqlovchili birikmalarda tobe so‘z hokim so‘z bilan grammatik shaklda moslashib, hokim so‘z bildirgan xususiy grammatik ma’nolarga ega bo‘ladi. Masalan, interesnaya kniga birikmasida kniga hokim so‘z bo‘lib, bosh kelishik, birlik, jenskiy rod (jins) kabi xususiy grammatik ma’nolar anglatgan; tobe so‘z (interesnaya) hokim so‘zning aynan shu shakliga moslashib, xuddi shunday grammatik ma’nolarni ifodalaydi.