Sintaksis. So’z birikmasi sintaksisi



Yüklə 99,68 Kb.
səhifə6/10
tarix29.11.2023
ölçüsü99,68 Kb.
#169826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SINTAKSIS. SO’Z BIRIKMASI SINTAKSISI

So‘z birikmasi, birinchidan, frazeologik iboralardan farq qiladi. Frazeologik iboralar so‘z kabi til birligi bo‘lib, so‘z kabi tayyor holda qo‘llanib, bir butun holda lug‘aviy ma’no ifodalaydi va gapda bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. So‘z birikmasi tarkibidagi a’zolar boshqa-boshqa gap bo‘lagi vazifasini bajaradi.

So‘z birikmasini, ikkinchidan, gapdan farqlash lozim. So‘z birikmasi tushuncha ifodalab, nominativ (nomlash, atash) vazifasini bajaradi, shuning uchun intonatsion tugallikka ega bo‘lmaydi. Gap esa fikr bildirib, kommunikativ (aloqa qilish) va kognitiv (fikr almashish) vazifalarini bajaradi. So‘z birikmasi kamida ikki mustaqil so‘zdan tuzilsa, gap ba’zan bir so‘zdan ham tashkil topishi mumkin.

So‘z birikmasi, uchinchidan, o‘zaro teng bog‘langan so‘zlardan ham farq qiladi. Masalan: Maqsad va marom insonning eng buyuk quvvatidir. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Bunda maqsad va maarom so‘zlari o‘zaro teng bog‘lanib, gapda uyushiq bo‘lak hosil qilib, so‘z birikmasi sanalmaydi.

So`z birikmasi, to`rtinchidan, fonetik taktdan (sintagmadan) farqlanadi.

 So‘z birikmalarining tasnifi

So‘z birikmalari quyidagi xususiyatlari asosida tasnif qilinadi:

1. So‘z birikmalari qismlarining grammatik tabiatiga ko‘ra.

2. So‘z birikmalarining tuzilishiga ko‘ra.

So‘z birikmalari qismlarining grammatik tabiatiga ko‘ra tasnif qilinganda, hokim a’zoning qaysi so‘z turkumidan ekanligi, tobe a’zoning sintaktik vazifasi asosga olinadi.

So‘z birikmalari hokim qismning qaysi so‘z turkumidan ekanligiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:

  • otli birikma; 2) fe’lli birikma; 3) sifatli birikma;
  • 4) ravishli birikma; 5) modal so‘zli birikma.

Otli birikma

Bunday birikmaning hokim so‘zi vazifasida ot, otlashgan so‘zlar keladi va u quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi:

Hokim a’zo vazifasida ot keladi: g‘ayratli odam, samimiy inson, ezgu niyatli kishi.


Yüklə 99,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin