Hokim a’zo sifatida olmosh keladi: bolaning o‘zi, Karimaning o‘zi.
Hokim so‘z sifatida otlashgan sifat keladi: kishilardan eng mardi, qizlarning sarasi.
Hokim a’zo vazifasida otlashgan son keladi: talabalarning beshtasi, o‘quvchilardan biri.
Hokim a’zo vazifasida otlashgan olmosh keladi: tilaklarning barchasi, kutib oluvchilarning hammasi.
Hokim a’zo vazifasida otlashgan sifatdosh keladi: onamlarning aytganlari, bolalarning o‘qiyotgani va b.
Hokim a’zo vazifasida otlashgan ravish keladi: jumhuriyatimizning buguni, ishlarning ko‘pi.
Hokim a’zo sifatida otlashgan undov so‘z keladi: ularning dod-voyi, bolalarning qiy-chuvi.
Hokim a’zo vazifasida otlashgan taqlid so‘z keladi: otlarning dupur-dupuri, to‘plarning gumbur-gumburi.
Ko‘rinadiki, otli so‘z birikmasi qismlari bitishuv, muvofiqlashuv va boshqaruv yo‘li bilan grammatik aloqaga kirishadi. Otli birikma so‘z shakli bilan so‘zning (leksemaning) yoki ikki so‘z shakllarning bog‘lanishidan hosil bo‘ladi.
Fe’lli birikma
Bunday birikmaning hokim qismi fe’l bilan ifodalanadi: tez ishlamoq, oldinda yurmoq, diqqat bilan tinglamoq, kulib gapirmoq.
Fe’lli birikma
ning a’zolari o‘zaro bitishuv va boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi. Fe’lli so‘z birikmasi so‘z shakl bilan so‘zning (leksemaning) o‘zaro bog‘lanishidan yuzaga keladi.
Sifatli birikma
Mazkur birikmada hokim so‘z otlashmagan sifat bilan ifodalanadi, birikmaning qismlari boshqaruv yo‘li bilan sintaktik munosabatga kirishadi: akasidan kuchli, singlisidan ziyrakroq.
Ravishli birikma
Bunday birikmaning hokim so‘zi otlashmagan ravish bilan ifodalanadi. Ravishli so‘z birikmalarida tobe va hokim qismlar o‘zaro boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi: raketadan tez, toshbaqadan sekin.