Inson uchun eng asosiy masala – tabiatda mavjud bulgan boyliklar miqdori undan foydalanish maqsadida aniq hisobga olish, ulardan tejab- tergab foydalanishning forma va usullarini ishlab chiqishi yangi energiya manbalarini qidirib topish va turli xil radioaktiv chiqindilarni zararsizlantirish, ularni saqlash, qayta foydalanish va kelajak avlod-larga muhitni tabiiy holda qoldirishdan iborat.
Tabiatni muhofaza qilishning ayrim tomonlari borki, ularni dunyo miqyosida barcha mamlakatlarning uzaro kelishuvlari asosidagina hal qilish mumkin: gidrosfera, litosfera, atmosfera, biosfera va kosmik fazoni ifloslanishini oldini olish chuchuk suv muammosi, dunyo okeani va kosmik (quyosh nuri, meteoritlar) resurslardan foydalanish, ularni ifloslanishdan saqlash, yadro qurollarini sinashga yul quymaslk va
radioaktiv chiqindilarni saqlash shular jumlasidandir.Inson foydalanadigan tabiiy resurslar tayyor holda bulmay, balki uni inson tabiatdan oladi. Buning uchun ularning holatini, xosssalarini, olish usullarini va ishlab – chiqarishda foydalanish yullarini bilishi kerak. Buning uchun ma’lum malaka va uquvga ega bulishi zarur. Faqat fan kishilariga tabiat kuchlari ustidan hukmronlik urnatish vositalari va usullarini berishi mumkin.
Fan asosida kishilar tabiat boyliklarini urnini bosadigan sun’iy material yaratib, tabiat boyligini tejaydi, ularni kelajak avlod uchun saklaydi. Inson ob’ektiv tabiat konunlarini tugri bilib olgandagina u yordamida tabiat kuchlariga aktiv ta’sir kursata oladi. Tabiatga salbiy ta’sir etuvchi tabiiy omillar quyidagi tiplarga bulinadi:
Mehanik omillar:er qimirlashi, qor kuchishi, tog siljishi, har – xil chukishlar, suv toshqinlari, sel, suzuvchi muzlar, kuchli suv oqishi bilan harakatlanuvchi toshlar, suv tulqinlari, kuchli shamollar, yaxmalak vulkon.
Fizik omillar: yoruglik, muhitning harorati, havo namligi, bosim uzgarishi, tuproq va suvlarning muzlashi, dul, yashin va boshqalar.
Meterialogik omillar: yomgir, qor, jala va dul, buron va dovullar, kuyunlar, suv havzalarining muzlashi, ob – havoning keskin uzgarib turishi, qurgokchilik va boshqalar.