Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish


Tabiatshunoslikni o’qitishning o’lkashunoslik tamoillari



Yüklə 172,15 Kb.
səhifə32/52
tarix07.09.2023
ölçüsü172,15 Kb.
#141878
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52
Tabiatshunoslikni o’qitishning o’lkashunoslik tamoillari. Maktab o’lkashunoslikning vazifasi – o’quvchilar tomonidan ta’lim-tarbiya maqsadida har xil manbalar bo’yicha va bevosita kuzatishlar asosida o’z o’lkasi territoriyasini har tomonlama o’rganishdir.
O’lkashunoslik – hayot bilan bog’lanishning qudratli vositasidir. Ko’pchilik o’quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlarini hisobga olinganda o’lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi.
O’lkashunoslik bevosita tabiat muhofazasi bilan bog’liqdir, chunki o’z o’lkasini bilish o’quvchilarga uni muhofaza qilish va o’zgartirish bo’yicha ishlarda ongli qatnashish imkoniyatini beradi. O’z o’lkasini o’rganish o’quvchilarning mustaqilligini rivojlantiradi, chunki ijtimoiy-foydali mehnatda baholi qudrat faol qatnashishga imkon beradi. O’lkashunoslik materialini o’rganish bo’yicha ish o’quv maqsadlariga javob berishi kerak, shuning uchun ham uning mazmuni va xarakteri o’quv dasturi bilan belgilanadi. O’lkashunoslik ishlari tashkil qilinish shakllari bo’yicha sinfda va sinfdan tashqarida bo’lishi mumkin. Faqat ular barcha o’quvchilar tomonidan bajarilsin.
O’lkashunoslik tamoili nazariy tabiatshunoslik kursining o’quvchilar o’z o’lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo’lishida oladigan tasavvurlarga sistematik ravishda bog’lanishini nazarda tutadi. O’lkashunoslik bilimlaridan albatta foydalanish o’quv o’lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun o’qituvchi o’z ixtiyorida yetarli o’lkashunoslik materiallariga ega bo’lishi va darslar uchun o’quv materialini o’zlashtirish va tushunib olishga yordam beradigan mahalliy ma’lumotlarni tanlab olishi kerak.
O’lkashunoslik tamoili tabiatshunoslikni o’qitishda ko’pgina didaktik tamoillaridan (o’qitishning ilmiyligi va ko’rgazmaliligi, aniqdan noaniqqa, yaqindan uzoqqa borish kabilardan) foydalanishga imkon beradi. Mahalliy o’lkashunoslik materiallaridan o’qituvchi tabiatshunoslikni o’qitishda tushuntirish, taqqoslash va ko’rsatish uchun foydalanadi, o’quvchilar esa – ko’pgina tabiat hodisalarini bevosita idrok qilib olish uchun foydalanadi.
O’lkashunoslik tamoilidan sistemali ravishda foydalanish olingan nazariy bilim va uquvlarni turmush (masalan, qishloq xo’jalik ishlarining mo’tadil, ya’ni optimal muddatlarini aniqlash uchun oldindan ob-havoni aytib berish, daryodan o’tishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning rejimini aniqlash, mahalliy qishloq xo’jaligi tashkilotlari uchun o’simliklar yig’ish va hakozolar) bilan bog’lashga yordam beradi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish «og’zaki sxemada» emas, balki haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan o’lkashunoslikdan tabiatshunoslikni o’qitishda har kuni va uzluksiz foydalanish kerakligi ma’lum bo’ladi. Barcha darslar o’lkashunoslik tamoilida tuzilishi kerak.
O’quv o’lkashunosligini o’lkani o’rganish bo’yicha faqat yurish va to’garak ishlari tashkil qilish bilangina emas, balki har xil tabiiy hodisalarni sistematik kuzatishlar bilan, o’rganilayotgan hududning ajoyib tabiiy va esdalik joylarini tekshirish bilan hamda o’z kuzatishlarini umumlashtirish bilan ham bog’lash kerak bo’ladi.
Darslardagi umumlashtirish o’rganiladigan dastur mavzulari bilan bog’liq holda borishi lozim. O’lkashunoslik tamoilining mohiyati shundan ham iboratki, u o’quvchilarga tanish bo’lgan joyda tabiat hodisalarini kuzatish va haqiqiy tasavvurlar asosida tabiatshunoslik asoslarini tashkil qiluvchi tushunchalarni shakllantirish imkoniyatini beradi.Jonajon o’lkani o’rganish umumiy tabiatshunoslik kursini o’rganish bilan parallel holda olib borilmog’i lozim. 3-4 sinflardagi o’lkashunoslik tadqiqotlarning muhim qismi – tuproqqa, o’simlik va hayvonot dunyosiga xarakteristika tuzish, daryolar oqimining rejimi va xarakterini o’rganish, tabiat muhofazasidir.
O’quvchilar uzlarining shahar yoki qishloqlarida qanaqa, daryo, suv havzalari, yashil ko’chatzorlar borligini va ularni ifloslanishi va shikastlanishidan saqlashni bilib olishlari kerak. Hayvonlar haqida g’amxo’rlik qilish va ularni qurilishdan himoya qilish kerak. Qimmatli tabiat obyektlarining ta’rifini tuzish va ularni qo’riqlash,zararli tabiiy jarayonlarning (jarliklar, o’pirilishlar, yemirilishlardan hosil bo’lgan buyumlar kabilarning) odamning xo’jalik faoliyatiga ta’sirini o’rganish va ularning oldini olishda ishtirok qilish kerak.
O’lkashunoslik tamoilini o’quv-tarbiya ishlarida faqat maktab o’lkashunoslik burchagida mahalliy materiallarni sistematik ravishda to’plab borgan sharoitdagina amalga oshirish mumkin. Eng oddiy o’lkashunoslik kuzatishlari, boshlang’ich maktabda o’quvchilar chiqargan xulosalar ular ongida asta-sekin to’planib boradi va amaliy hayotda hamda tabiatni keyinchalik o’rganishda kerak bo’ladigan asosiy tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish uchun baza bo’lib xizmat qiladi.
Muammoli masalalar va topshiriqlar:

  1. Konkret misollarda o’qitishning muntazamlilik va izchillik, ilmiylik va tushunarlilik tamoillarini bilganligingizni tushuntiring.

  2. «Tabiatshunoslik» darsligidan maqolalarni tahlil qiling. Undagi nazariyaning amaliyot bilan bog’langanligini aks ettirgan materialni toping.

  3. Tabiatshunoslik bo’yicha bilimlarning puxta o’zlashtirilishi nimalar bilan taminlanadi?

  4. Maktabda tabiatshunoslik darslariga kirganingizda qaysi didaktik tamoillardan foydalanilganini aniqlang?

  5. O’qitish jarayonini individuallashtirish nimada namoyon bo’ladi?

  6. Tabiatshunoslikni o’qitishda o’lkashunoslik tamoilining mohiyatini izohlab bering.

  7. Konkret misollar asosida nazariyani amaliyot bilan bog’lash haqida ma’lumot bering.

  8. Tabiatshunoslik fanidan tutilgan daftarlarda, o’lkashunoslik tamoilini amalga oshirish yo’llari va boshqa tamoillar bilan bog’liqligi haqida xulosalar yozing.

  9. Mavsumiylik va o’lkashunoslik tamoillarining bir-biriga bog’lovchi xususiyatlarini tahlil qiling.

  10. Innovasiya va integrasiya tamoillarining tabiatshunoslik fanida tutgan o’rni haqida axborotlar tayyorlang.

Bilimlarni tekshirish uchun savollar.
1. Tabiatshunoslik o’qitishning asosiy tamoillariga qaysi tamoillar kiradi?
2. O’qitishda muntazamlilik deb nimani tushunasiz?
3. Tabiatshunoslik kurslarining izchilligi nima bilan belgilanadi?
4. Tabiatshunoslikni o’qitishda ilmiylik tamoilining mazmunini izohlab bering.
5. O’quv materialini ilmiy va tushunarli bo’lish tamoilini tahlil qiling.
6. Tabiatshunoslikni o’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lashning ahamiyatini ko’rsating?
7. Nazariyani amaliyot bilan bog’lanishi qaysi yo’llar bilan amalga oshiriladi?
8. O’quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoili qanday vazifalarni o’z ichiga oladi?
9. O’quvchilarning ijodiy faolligi nimalar bilan bog’liq?
10. Ko’rgazmalilik tamoillarining asosiy vazifalarini izohlab bering.
11. Tabiatshunoslikni o’qitishdagi ko’rgazmalilikni qaysi shakllarda bajarish mumkin?
12. Predmetli va tasviriy ko’rgazmalilikni amalga oshirish o’quvchilarni qaysi faoliyatlarini amalga oshirishni ta’minlaydi?
13. Tabiatshunoslikni o’qitishda bilimlarni puxta o’zlashtirish tamoilining ahamiyati nimada?
14. Bilimlarni puxta bo’lishiga erishish uchun qanday vazifalarni bajarish kerak?
15. Tabiatshunoslik bo’yicha bilimlarning puxta o’zlashtirilishi nimalar bilan ta’minlanadi?
16. O’qitish jarayonini individuallashtirish nimada namoyon bo’ladi?
17. Bolalarning individual xususiyatlarini o’rganish qanday ahamiyatga ega?
18. O’quvchilarga individual yondashish qanday faoliyatlarni rivojlanishini ta’minlaydi?
19. Individual yondoshish deb nimani tushunasiz?
20. Maktab o’lkashunosligining vazifasi nima?
21. O’lkashunoslik tamoilining vazifasi nima?
22. O’lkashunoslik tamoili qaysi didaktik tamoillardan foydalanishga imkon beradi?
23. Mahalliy o’lkashunoslik materiallaridan o’qituvchi tabiatshunoslikni o’qitishda qaysi usullardan foydalaniladi?
24. Jonajon o’lkani o’rganish qaysi yo’llar bilan olib boriladi?
25. Maktab atrofimizdagi joyga mos qilib, 3 yoki 4-sinf uchun o’lkashunoslik ekskursiyasi rejasini tuzing.



Yüklə 172,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin