Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish



Yüklə 172,15 Kb.
səhifə35/52
tarix07.09.2023
ölçüsü172,15 Kb.
#141878
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52
Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o’zlashtirilishini ta’minlovchi metodik sharoitlar. O’quv materialini o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirmaslik hollari ham kam emas. Buning sababi shundaki, ularning bilimlari tasavvurlar darajasida qolgan. Bu darsda yoki bir mavzu bo’yicha shakllantirilgan tushunchalar keyinchalik rivojlantirilmaydi va boshqa tushunchalar bilan bog’lanmaydi. Tushunchalarni rivojlantirishning zarur sharoiti sistemadir. Jumladan, tabiatshunoslik tushunchalarining hosil bo’lishi muayyan metodik sharoitlarda amalga oshadi. Chunonchi:
1) tabiiy obyektni kuzatishlar;
2) qabul qilishni aniqlovchi mashqlar;
3) o’qituvchining hayajonli hikoyasi qabul qilishning to’g’ri bo’lishini ta’minlaydi. O’qituvchining savollari; xotiradan rasm chizish, har xil narsalarni tanib olish bo’yicha mashqlar tasavvurlarning to’g’ri bo’lishiga yordam beradi.
1) Muammoning aniq qo’yilishi;
2) O’qituvchi tomonidan o’quv materialini bayon qilish mantiqi;
3) aniqlash va taqqoslash bo’yicha mashqlar;
4) Tushunchalarni bog’lovchi va rivojlantiruvchi takrorlash sistemasi;
5) Umumlashtirishni talab qiluvchi savollar;
6) Tushunchalarni o’quv va ko’nikmalar bilan bog’lovchi savollar tushunchalarning to’g’ri bo’lishini ta’minlaydi.
Tabiatshunoslik tushunchalari bevosita qabul qilish – kuzatishlarga asoslanib, o’rganilayotgan narsa yoki hodisa to’g’risida aniq va ravshan tasavvur hosil qilingan sharoitda to’g’ri bo’lishi mumkin.
Tushunchani birlamchi tarzda hosil bo’lishida obyektlar va ko’rgazmali materialning har xil turlari (tablisalar, sxemalar, suratlar va h.k.) katta ahamiyatga egadir. O’quvchilar tafakkurini rivojlantirmasdan, ularni fikrlash ishiga jalb qilmasdan turib tushunchalarning o’zlashtirilishiga erishish mumkin emas. O’quvchilarning fikrlash faoliyatini rag’batlantirish uchun o’qituvchi mavzu va dars boshida ular oldiga muammolar qo’yadi. O’quv materialini bayon qila borib, u o’quvchilarni sabab va oqibatlarni, tabiat hodisalari o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlashga jalb qilish uchun harakat qiladi. «Jonajon o’lkaning tabiati» mavzusi misol bo’lib xizmat qilishi mumkin, unda har xil o’simliklar hayotining tuproq, suv, oziq moddalar va boshqa omillarga bog’liqligi (3-sinf), o’simlik va hayvonlar hayotining tabiiy sharoitlarga bog’liqligi (4-sinf) ko’rsatilgan.
Tabiatshunoslik tushunchalarini o’zlashtirilishida predmetlararo (nutqni rivojlantirish, o’qish, matematika, ona tili, musiqa, ashula, texnik mehnat, rasm olish bilan) aloqa o’rnatilishi muhim rol o’ynaydi.
Predmetlararo aloqadan sistemali ravishda foydalanish bolalarni ilgari olingan bilimlarini qo’llanishiga, o’quv faoliyatlarining barcha turlarida mantiqiy bog’lanish o’rnatishga o’rgatadi.
O’quvchilarni faol fikrlashlarini tarbiyalashda o’qituvchining savollari katta rol o’ynaydi. Tabiatshunoslik darslarida darslik matnini tiklashda esga olishda) tahlilni, sintezni umumlashtirishni talab qiluvchi savollar berish kerak. Javobda sintezni talab qiluvchi, tushunchalarni kengaytiruvchi savollar alohida ahamiyat kasb etadi. Quyidagi savollar misol bo’lishi mumkin: cho’lda yashovchi hayvonlarning qaysi moslanishlari ularga qirg’oqchilikka va jazirama issiqqa chidashga yordam beradi? Nima uchun Qora dengiz sohillarida issiq iqlimiy mamlakatlarning o’simliklari o’sishi mumkin? Dasht va cho’l tabiatining o’xshashligi nimada? Nima uchun tundrada katta daraxtlar o’smaydi? va hokazolar.
Tushunchalarni rivojlantiruvchi savollar sistemasi tabiiy narsalarni tablisadagi ularning tasviri bilan taqqoslashni, sxemalar chizishni, doskada ularni rasm va gerbariylardan montaj qilishni o’z ichiga oladi. Masalan, 3-sinfda shunday savollardan quyidagilar bo’lishi mumkin: Chigit ekilgandan keyin chigitda nimalar boradi? Qish vaqtida daraxt bilan butani bir-biridan qanday ajratish mumkin? Bu o’simlik qayerda va qanday sharoitda o’sadi? Yerda hamma tomonlarga harakat qilganda ham janubga boradigan joy bormi? (xarita yoki globusdan ko’rsating). Tabiatda suv aylanishining sxematik tasvirini bering.
O’quvchilar tablisadan foydalanib, o’simlik va hayvonlarning tashqi xususiyatlarini taqqoslaydilar, ular har xil tabiiy sharoitlarda yashashga qanday moslanganliklarini hikoya qiladi. Tushuntirish jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning o’z ijodiy daftarlariga ko’chirib olishlari uchun doskaga oddiy sxemalarni chizishi mumkin. O’quvchilarga uyda sxemalar chizishni taklif qilish ham mumkin, kelgusi dasrda esa chizilgan sxemalar kollektiv bo’lib aniqlanadi va to’ldiriladi.
Shunga o’xshash ishlar o’qituvchi tomonidan oldindan ilib qo’yilgan jadvallarni to’ldirish bo’yicha ham o’tkaziladi. Jadvallar ham taqqoslash va umumlashtirish uchun sinfda (umumlashtiruvchi darslarda) hamda uyda to’ldirilishi mumkin. Solishtirma jadvallar sinfdagi amaliy ishlarda tirik tabiat burchagida hamda maktab o’quv-tajriba uchastkasida tajribalar o’tkazishda qo’llaniladi.
Jadval materiali bilan olib boriladigan kontrol ishlar har bir o’quvchi muayyan tushunchalarni qanchalik o’zlashtirilganligini aniqlashga imkon beradi. O’quv yili oxirida tabiatshunoslik bo’yicha quyida keltirilgan shakllarda mustaqil ish o’tkazish mumkin.

Yüklə 172,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin