Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish



Yüklə 172,15 Kb.
səhifə46/52
tarix07.09.2023
ölçüsü172,15 Kb.
#141878
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52
Individual ishlar. Tabiatni bilish va moyillik yoki hyech bo’lmaganda qiziqishga ega bo’lgan o’quvchilar bilan tabiatshunoslik bo’yicha individual ishlar olib boriladi. Bolalarda tabiatga qiziqish vujudga kelishida o’qituvchining shaxsi, uning tabiatga muhabbati va unga ehtiyotlik munosabati, o’quvchilarni ergashtira va qiziqtira olish uquvi katta rol o’ynaydi. Uning 1-sinfda kuzatishlarni qanday tashkil qilishiga, bu ishnig zarurligi va muhimligini qanchalik asoslashiga, tabiatshunoslikni o’qitishni qanday yo’lga qo’yishiga o’quvchilarning bilim sifatigina emas, balki darsdan tashqari vaqtlarda tabiatshunoslik ishlari bilan ishlashga istaklari ham bog’liqdir.
Individual topshiriqlarni bajarish tadqiqiy ish ko’nikmalarini shakllantiradi, bolalarning bo’sh vaqtlarini foydali va qiziqarli ishlar bilan to’ldiradi. Individual topshiriqlarning mazmuni o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O’quvchini nimaiki qiziqtirmasin – xona o’simliklarini parvarish qilishmi, hayvon va o’simliklarni tasvirlagan marka yoki otkritkalarni to’plashii, gerbariy tuzishmi, tabiatda tajribalar qo’yish va kuzatishlar o’tkazishni – u o’qituvchi tomonidan ma’qullanishi va quvvatlanishi lozim. Individual topshiriqlarning o’quvchilarning qiziqishlariga qarab tanlanadi, ammo topshiriqlarning mazmuni ularning bajarilishini tashkil qilishi va metodikasi o’qituvchi tomonidan sinchiklab o’ylangan bo’lishi kerak (o’rganish obyekti, kuzatish yoki ish joyi belgilanadi, reja tuziladi). Ishning oxiriga yetkazilishi va unga qiziqishni yo’qotmasligi uchun individual topshiriqlari bajarilishida o’qituvchi o’quvchilarga muntazam yordam ko’rsatib borishi zarur.
Gerbariy yoki kolleksiyalar tuzish kabi shunday topshiriqlarning bajarilishi faqat o’qituvchi o’quvchilarni oldindan o’simlik, hasharot va boshqa tabiat obyektlarini yig’ish, o’simliklarni kuzatish, to’plangan materiallarni montaj qilish va shu kabilarning qoidalariga o’rgatgandagina muvaffaqiyatli bo’ladi. Shu maqsadda tabiatga o’quv ekskursiyasi va mehnat ta’limi darslaridan foydalaniladi. Tabiiy material to’plash qoidalari haqida hikoya qila borib, o’quvchilarga tabiatni muhofaza qilish zarurligini eslatish kerak.
Individual topshiriqlarning bajarilishini tekshirib borish kerak, ish oxirida esa uning natijalarini o’quvchilarga bayon qilish zarur. Doim esda tutish kerakki, individual ishlarning amaliy ahamiyati faqat o’quvchilar uni amalga oshirish zarurligini tushunganlaridagina ta’minlanadi. Shunga ko’ra qilingan ish to’g’risida vaqt-vaqti bilan (tabiatshunoslik darslarida yoki sinfdan tashqari mashg’ulotlarda) hisobot tinglab borish foydalidir. Bunda har bir individual ishning natijalari barcha o’quvchilarning boyligi bo’lib qoladi. Bunday hisobotlar sinfdan tashqari ishlarga qiziqishni rag’batlantiradi, tabiat to’g’risidagi o’quvchilar bilimini to’ldiradi va kengaytiradi, ularni sinfdan tashqari ishlarning barcha shakllarida faol qatnashishlariga olib keladi.
Guruh mashg’ulotlari. Tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlarning guruh bo’lib o’tkaziladigan shakllaridan biri to’garak ishidir. U muayyan ishtirokchilar doirasini qamrab oladi va tabiatni chuqurroq o’rganish imkoniyatini beradi. To’garakka yozilish ixtiyoriydir, ammo unga kiruvchi o’z zimmasiga konkret reja bo’yicha ishlash va boshlagan ishini oxiriga yetkazish majburiyatini oladi. Reja o’quvchilar bajarishga kuchi yetadigan ishlarni qamrab olishi lozim. O’qituvchining asosiy vazifasi – amaliy natijalar beruvchi faol ishlarni ta’minlashdir. Ishda har xil: o’qituvchi va o’quvchilarning tabiiy yoki tasviriy ko’rgazmali qurollarni namoyish qilish bilan og’zaki bayon qilishi, amaliy o’quv va ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o’quvchilarning ijtimoiy foydali mehnati va boshqa metodlar to’g’ri uyg’unlashtirilishi lozim.
To’garakni muvaffaqiyatli ishlashida mashg’ulotlar o’tkazishga tayyorlanish katta ahamiyatga ega. Birinchi mashg’ulot oldidan uni o’tkazish vaqti to’g’risida eslatish, to’garak vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtiruvchi, kirish suhbatning mazmunini barcha tafsilotlari bo’yicha o’ylab chiqish zarur. To’garakning ish rejasini tuza turib, mo’ljallangan mavzuni o’quvchilar bilan muhokama qilish va ularning taklif istaklarini hisobga olish kerak. To’garakning birinchi mashg’ulotida uning faollari yoki kengashi (sardori, uning muovuni, muharririyat a’zolari) saylanadi va nomi («Hamma narsani bilishni istayman», «Biz va tabiat», «Yosh tabiatshunoslar», «Tabiatni sevuvchilar» va b.) tasdiqlanadi. Eng yaxshi nom uchun tanlov e’lon qilinishi mumkin. Shuningdek, to’garakda qatnashuvchilarning xulq-atvori qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash zarur. Qoidalar quyidagicha: 1) ishda faol qatnashish; 2) barcha topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish; 3) har bir ishni nihoyasiga yetkazish; 4) kuzatishlar va bajarilgan ishlar kundaligini yuritish; 5) o’rtoqlariga yordam berish; 6) mashg’ulotlarga muntazam qatnashish.
To’garak ishiga o’qituvchi rahbarlik qiladi. Davomatni starosta yoki uning muovini maxsus jurnalda olib boradi. Mashg’ulotlar ikki haftada bir marta muayyan kun va soatlarda o’tkaziladi.
Birinchi mashg’ulotda faqat tashkiliy masalalar bilan cheklanmaslik kerak. O’quvchilarga kichikroq, lekin qiziqarli kirish materiali berish kerak, toki to’garak ishiga qiziqsinlar va nima bilan shug’ullanishlari to’g’risida dastlabki (taxminiy) tasavvurlar olsinlar. Ishni diafilm, diapozitiv ko’rish, tabiatshunoslik mazmunidagi ilmiy ommabop adabiyot o’qish bilan boshlash maqul.
Har bir yosh tabiatshunos yoki uch-to’rt kishidan iborat kichik guruh o’qituvchi yordamida o’zlari uchun muayan mavzuni tanlaydilar. To’gaprak rahbarining vazifasi – har bir ishtirokchini u uddalaydigan qiziqarli va foydali mavzu bilan qiziqtirishdir. To’garakda o’tkaziladigan ish xilma-xil bo’lishi, lekin umumiy maqsadga – jonajon tabiatni o’rganishga birlashtirilishi zarur. «Hamma narsani bilishni istayman» to’garagining (3-4 sinflar) ishini quyidagi reja bo’yicha tashkil qilish mumkin:
1) kirish mashg’uloti;
2) tabiatga ekskursiya («Kuz in’omlari») mavzusi;
3. «Jonajon o’lkaning qushlari», «Yilning har xil fasllarida o’simliklar» , «Yilning har xil fasllarida hayvonlar» diafilmlarini ko’rish;
4) «Tabiat ustaxonasi», «Soat gullar», «Ularni muhofaza qilish kerak» kabi otkritkalar seriyasi bilan ishlash;
5) «Oltin kuz» ertaligi;
6) «Qanotli do’stlarga yordam» operasiyasi;
7) tabiat (o’lkashunoslik) muzeyiga ekskursiya;
8) «Yosh tabiatshunos» jurnalidan qiziqarli hikoyalarni o’qish;
9) «Qizil kitoblar» to’g’risida suhbat; bu kitoblarga kiritilgan o’simlik va hayvonlarni ko’rsatish;
10) tabiatga ekskursiya (mavzu «Sehrli dorixona»);
11) To’garak ishlarini yakunlash.
Mashg’ulotlarda xilma-xil: o’qituvchi va o’quvchilar hikoyasi, suhbat, amaliy ishlar bajarish (kolleksiya va gerbariylar yasash, tajribalarga tayyorlanish va o’tkazish) tabiatda o’tkazilgan kuzatishlarni muhokama qilish uslublaridan foydalaniladi.
O’qitishning texnika vostalari hamda qiziqarli material to’garak ishlarining majburiy elementidir.

Yüklə 172,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin