118
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL
RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
Entodermadan
– ichak epiteliyasi, ovqat hazm qilish bez lari –
jigar, oshqozon osti bezi, o‘pka va jabra rivojlanadi.
mezodermadan
biriktiruvchi (tog‘ay, suyak, qon va limfa) va
muskul to‘qimalari, yurak-qon-tomir sistemasi, ayirish sistemasi
hamda jinsiy organlar shakllanadi.
ko‘pchilik hayvonlarda murtak varaqalarining gomologiyasi,
hayvonot olamining kelib chiqishi bir xil
ekanligini isbot etuvchi
dalillardan biridir.
Organogenez.
Gastrulyatsiya tugallangandan keyin o‘zak
organlari majmui: nerv nayi, xorda, ichak naychasi hosil bo‘ladi.
o‘zak organlarning hosil bo‘lishini
neyrula bosqichi
deb
ham
ata ladi. Lansetnikda o‘zak organlar quyidagicha hosil bo‘ladi (117-
betdagi 44- rasm): lansetnik nerv naychasining rivojlanishi alohi-
da
diqqatga sazovordir; embrionning orqa tomonidan ektoderma
tarnov shaklida o‘rta qismidan botib kira boshlab, naycha hosil
qiladi. ektoderma naychaning o‘ng
va chap tomonlarida joylashib,
uning chetlari bo‘ylab o‘sa boshlaydi. Naycha – boshlang‘ich nerv
sistemasi bo‘lib, ektoderma ostiga tushadi, uning chetlariga birika-
di va nerv naychani hosil qiladi. ektodermaning qolgan qismidan
boshlang‘ich teri epiteliysi paydo bo‘ladi.
Nerv naychasining bevosita ostida
joylashgan entodermaning
yelka qismidan xorda vujudga keladi. Xorda nerv naychasining
ostida joylashadi. embrion hujayralarining keyingi ixtisoslanishi
natijasida murtak varaqalaridan juda ko‘p to‘qima va organlarning
hosil bo‘lishi yuz beradi.
embrionning rivojlanish davomida uning har xil qismlari o‘za-
ro ta’sir ko‘rsatadi. Bitta rivojlanish kurtagi ikkinchisiga ta’sir qilib,
uning rivojlanishini boshqaradi. Bunday ta’sirni
Dostları ilə paylaş: