gen
muhandisligi
deb ataladi. Bakteriya hujayrasi o‘ziga yot (begona)
bo‘lgan gen asosida ko‘p miqdorda oqsillarni sintez qiladi. hozir-
gi kunda shu yo‘l bilan viruslar ko‘payishini to‘xtatuvchi interfe-
ron oqsilini, qonda glukozaning miqdorini nazorat qiluvchi insulin
oqsilini olishmoqda.
Mamlakatimizda mikrobiologiyani rivojlanishi uchun qulay
sharoit mavjudligi tufayli bir qator sanoat tarmoqlarini: oziq-ovqat,
konserva, sut mahsulotlarini qayta ishlash, antibiotik va vitaminlar
ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda.
olimlarimiz A.M.Muzaffarov, M.I.Mavloniy, S.Asqarova,
A.Xolmurodov va boshqalar mikrobiologiya fanining rivojlanishi-
http:eduportal.uz
184
SelekSiya aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
ga katta hissa qo‘shdilar. A.Muzaffarov va uning shogirdlari xlo-
rella suv o‘tidan chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda va
bir qator suv o‘tlaridan ifloslangan suv havzalarini tozalashdan
keng miq yosda foydalanishni yo‘lga qo‘ydilar.
M.Mavloniy bir qator achitqi zamburug‘larini o‘rganib, ularni
novvoychilik, chorvachilik va boshqa sohalar uchun achitqilar
tayyorlash texnologiyalarini yaratdi.
1. Mikroorganizmlar seleksiyasining xalq xo‘jaligi uchun
qanday ahamiyati bor?
2. Biotexnologiya deb nimaga aytiladi?
3. Gen muhandisligi deb nimaga aytiladi?
4. Mamlakatimizda mikrobiologiya fani rivojiga hissa
qo‘shgan olimlar haqida ma’lumot bering.
67 §. O‘zbekiston olimlarining biologiya va
seleksiya sohasidagi yutuqlari
Vatandoshlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Zahiriddin Muxammad Bobur kabi buyuk allomalarimiz o‘zlari-
ning tibbiyot va ekologiya sohasidagi qarashlari bilan biologiya
fanlari ning rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar.
hozirgi davrda ham biologiya sohasining turli yo‘nalishlari da
o‘zbek olimlarining hissalari juda katta va salmoqlidir. Jumladan,
akademiklarimiz Q.Zokirov, A.Muzaffarovlar – botanika, T.Zoxi-
dov, A.Muhammadiyev, J.Azimovlar – zoologiya, Yo.X.To‘ raqulov,
B.Toshmuhammedovlar biokimyo va endokrinologiya, J.Xa
midov
hujayra va hujayra injeneriyasi, k.Zufarov hujayra ning kimyoviy
tarkibi bo‘yicha, S.Mirahmedov, N.Nazirov, o.Jalilovlar seleksiya so-
hasida, J.Musayev, A.Abdukarimovlar genetika sohasida, akademik
I.Abdurahmonov, professorlar R.Muhammedov, o.odilovalar ge-
netik injeneriya va biotexnologiya, akademik k.Sh.Tojiboyev
O‘zbekiston florasini o‘rganish sohasida katta ilmiy tadqiqot
ishlarini o‘z shogirdlari bilan olib bormoqdalar. Shu
ningdek,
http:eduportal.uz
185
SelekSiya aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
o‘.T.Allanazorova o‘zbekiston va MDh davlatlari o‘simliklar
qoplamini tarqalish qonuniyatlariga asoslanib, geo botanik xari-
tasini tuzish sohasida ilmiy izlanishlar olib borib fan rivojiga
katta hissa qo‘shganlar va qo‘shib bormoqdalar.
Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng g‘allachilik, me-
va-sabzavotchilik, g‘o‘za seleksiyasi va chorvachilik seleksiyasiga
alohida e’tibor berilmoqda. o‘zbekistonlik seleksioner olimlar to-
monidan g‘alla ekinlarining zararkunandalarga chidamli, kam suv
talab qiladigan navlari yaratildi. Bulardan ayniqsa, mamlakatimiz
sharoitiga mos serhosil “ulug‘bek-600” va “Sanzor” navlari diqqat-
ga sazovordir. o‘zbekistonda yaratilayotgan bug‘doy navlari o‘ziga
xos bo‘lib, boshqalardan fizik-kimyoviy tarkibi va texnologik xusu-
siyatlari bilan ajralib turadi.
o‘zbekiston g‘o‘za seleksiyasida dunyo miqyosida salmoq-
li o‘rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun ham mamlakatimiz-
da g‘o‘za navlarini yaratishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
G‘o‘za kolleksiyasini yaratishda akademik J.A.Musayev va u
ning
shogirdlarining xizmatlari katta. olimlarimiz tomonidan g‘o‘za-
ning serhosil, viltga chidamli navlari ko‘plab yaratilgan. Bularga
akademik Sodiq Mirahmedov tomonidan yaratilgan viltga chidam-
li “Toshkent-1”, “Toshkent-2”, “Toshkent-3” navlari, akademiklar
Nabijon Nazirov va oston Jalilovlar tomonidan g‘o‘zaning serhosil
“AN-402”, “Samarqand-3”, “Yulduz” kabi navlari mashhurdir.
Respublikamiz olimlari keyingi yillarda ham g‘o‘za seleksiyasi
sohasida samarali ishlar olib borib, ko‘plab g‘o‘za navlarini yara-
tishdi. Bularga istiqbolli yangi g‘o‘za navlari: “Buxoro-9”, “Buxo-
ro-12”, “Namangan-39”, “omad” kabi navlarni misol qilib olish
mumkin. Akademik Ibrohim Abduraxmonov genetik injeneriya va
biotexnologiya usullarini qo‘llash orqali g‘o‘za genlaridan foydala-
nishning yangi imkoniyatlarini ochib “Porloq” navini yaratdi.
2013- yildan boshlab fermer xo‘jaliklarida “gen-nokaut” usulida
yaratilgan “Porloq-1”, “Porloq-2”, “Porloq-3”, “Porloq-4” navlari dan
sifatli va mo‘l hosil olinmoqda. Bu usulni bug‘doy, kartoshka, anor,
http:eduportal.uz
186
SelekSiya aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
uzum, chilonjiyda navlarini yetishtirishga ham tatbiq etilmoq
da.
Shuningdek, professor S. Raxmanqulov izdoshlari bilan birgalik-
da g‘o‘zaning “umid”, “oqqo‘rg‘on-2”, “Mang‘it-1”, “Mang‘it-2”, “Is-
tiqlol-14”, “Sulton” kabi navlarni yaratishdi.
Mamlakatimizda uzumchilik seleksiyasi ham keng rivojlan-
gan. o‘zbekistonda 500 ga yaqin uzum navi ekib o‘stirilmoqda.
Seleksioner olimlarimiz uzumning bir necha xil navlarini yaratgan-
lar. Bulardan “Rizamat”, “Gultish”, “Sohibi”, “hiloliy” kabi navlari
diqqatga sazovordir.
o‘zbekistonda bog‘dorchilik qishloq xo‘jaligining asosiy tar-
mog‘idir. Xalq seleksiya asosida olmaning “oq olma”, “Qizil
olma”, “Namangan olmasi”, “Targ‘il olma”, “Qozi dastor” navlari,
shaftoli ning “Vatan”, “Lola”, “Anjir shaftoli”, “Zarafshon”, “Farhod”,
“Zarg‘aldoq” navlari, shuningdek, o‘rik, bodom, yong‘oq, anorlar-
ning xilma-xil navlari yaratilgan.
Mamlakatimiz olimlari ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan
sabzavotlar va mevali daraxtlarning navlarini uzoq yillardan bu-
yon yangilab kelmoqdalar. Akademik Mahmud Mirzayev va uning
shogirdlari tomonidan meva va rezavor mevalarning 200 ga yaqin
navlari yaratildi. Shulardan 100 ga yaqini hozirgi kunda mamlaka-
timizning turli hududlarida ekilib mo‘l hosil olinmoqda.
keyingi yillarda mamlakatimizda kartoshkaning “Nimrang”
– cho‘zinchoq pushti o‘rtapishar navi, “obidov” – kechpi
shar,
cho‘ziq qizil serhosil navlarining yaratilishi diqqatga sazovor
bo‘ldi. Professor D.Abdukarimovning yaratgan “Samarqand” navi-
dan bir yilda ikki marta hosil olish mumkin. hozirgi vaqtda olim-
larimiz tomonidan genetik injeneriya usullarini qo‘llash orqali kar-
toshkaning ildizi ikki-uch barobar uzaytirilib, uning hosildorligi
oshirilib amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Chorvachilik seleksiyasi sohasida ham mamlakatimizda juda
ko‘p yutuqlarga erishilgan. Jumladan, o‘zbekiston chorvachilik
ins titutida M.M.Bushev tomonidan yaratilgan qoramol zoti 1949-
yildan urchitila boshlangan. Bu zot mahalliy sharoitga moslashgan
http:eduportal.uz
187
SelekSiya aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
bo‘lib, respublikamiz hududlarida keng tarqalgan. o‘zbekistonda
yaratilgan ot zotlaridan biri dunyoga mashhur qorabayirdir. Bular
barcha sharoitlarda yashay oladigan, chopqir ot zotidir.
1. o‘zbekistonlik seleksioner olimlardan kimlarni bilasiz?
2. G‘o‘za kolleksiyasini yaratishda qaysi olim rahbarlik
qilgan?
3. I.Abdurahmonovning seleksiya sohasidagi ishlari haqida
ma’lumot bering.
4. S.Raxmanqulov va uning izdoshlari tomonidan g‘o‘zaning
qanday navlari yaratilgan?
Quyidagi jadvalda nomlari kо‘rsatilgan olimlar qaysi sohada
faoliyat kо‘rsatishganligini juftlab kо‘rsating.
1 J.Xamidov A genetika
2
Yo.X.To‘raqulov
B
o‘simliklar qoplami
3
J.Musaev V flora
4
o‘.T.Allanazorova G biokimyo va endokrinologiya
5
k.Sh.Tojiboev
D genetik injeneriya
6
I.Abdurahmonov J
hujayra va hujayra injeneriyasi
7
J.Azimov
Z zoologiya
1- 2-
3- 4- 5- 6-
7-
http:eduportal.uz
MuNDARIJA
kIRISh
Dostları ilə paylaş: |