orqaga - buyrakka qaytib umumiy qon aylanish doirasiga tushadi. SHunday qilib,
bunday hollarda buyrakning zararlanishi gematogen yo‘l bilan ro‘y beradi.
Buyrakda yallig‘lanish jarayonining keyingi rivojlanish mexanizmi yuqorida
yozilganga o‘xshash bo‘ladi. Infeksiya jomdan shikastlangan fornikal zona orqali
(fornikal reflyuks) yoki siydik kanalchalaridan (tubulyar reflyuks) buyrak
to‘qimasiga kirishi mumkin. Urinogen yo‘l bilan infeksiyalanishida bakterial
adgeziya fenomeni borligi, ya’ni ba’zi mikroorganizmlarning siydik yo‘llari
epiteliysiga mahkam yopishish qobiliyati muhim ahamiyatga ega.
Qovuq bilan buyrak parenximasi o‘rtasida aloqa mavjud: siydik nayining
subepitelial to‘qimasi buyrak darvozasi sohasida to‘g‘ridan–to‘g‘ri uning oraliq
to‘qimasiga o‘tadi. Bu subepitelial to‘qimadan infeksiya buyrakning interstitsial
to‘qimasiga siydik yo‘llarining pastki bo‘limidan siydik yo‘llari devori bo‘ylab
yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘l bilan tarqalishi mumkin deb, hisoblaydilar.
SHuning bilan birga siydik nayining subepitelial to‘kimasiga infeksiyaning
kirishiga javoban, uning devorida yallig‘lanish infiltratsiyasi paydo bulib, u siydik
nayining qisqaruvchanlik funksiyasini buzadi. Bunday sharoitda qovuqdan
infeksiyaning reflyuks yo‘li bilan siydik nayi bo‘shlig‘i orqali buyrakka kirishi
yana yuz berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: