Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari


Oxirgi yillarda gospital (kasalxona) shtammli mikroorganizmlar roli



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#177566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
o\'tkir pielonefrit

Oxirgi yillarda gospital (kasalxona) shtammli mikroorganizmlar roli 
pielonefritning qo‘zg‘atuvchisi sifatida ayniqsa oshdi.
Bu asboblar yordamida 
har xil tekshirish usullari (sistoskopiya, retrograd pielografiya va b.)ni o‘tkazganda 
aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilish zarur. 
Patogenezi.
Buyrakka infeksiya 3 yo‘l bilan kirishi mumkin: 1) gematogen; 
2) yuqoriga ko‘tariluvchi yoki urinogen yo‘l; 3) siydik yo‘llari devoridan yuqoriga 
ko‘tariluvchi yo‘l. Asosiy yo‘l – gematogen hisoblanadi. Avval infeksiya buyrakka 
limfa yo‘llaridan, masalan ichakdan tushishi mumkin deb, sanalar edi. Hozirgi 
vaqtda pielonefritda mikroorganizmlar buyrakning kengaygan limfa tomirlaridan 
buyrakning ichiga kirishi emas, balki infeksiyani buyrakdan chiqishining sodir 
bo‘lishi klinik va eksperimental tekshirishlar bilan isbotlangan.
Pielonefritning qo‘zg‘atuvchilari buyrakdan limfa tomirlari bo‘ylab 
evakuatsiya qilinib, umumiy qon aylanishiga o‘tib, keyin yana buyrakka qaytib 


tushadi (buyrakning limfogematogen yo‘l bilan infeksiyalanishi). Buyrakdan limfa 
oqishining 
buzilishida 
(masalan, 
pedinkulitda) 
buyrak 
parenximasida 
mikroorganizmlar to‘xtab qoladi va ko‘payadi, ya’ni pielonefrit rivojlanishi uchun 
sharoit to‘g‘iladi.
Birlamchi yallig‘lanish o‘choqi siydik yo‘llaridan tashqarida (otit, tonzillit, 
sinusit, karies, bronxit, pnevmoniya, furunkul, osteomielit, mastit, infeksiyalangan 
jaroxat va b.), hamda siydik yo‘llarida (sistit, uretrit) yoki jinsiy a’zolarda (prostatit, 
vezikulit, orxit, epididimit, adneksit, vulvovaginit) joylashganda ham buyrakka 
infeksiya gematogen yo‘l bilan tushadi.
Tajribadagi xayvonning qoniga ichak tayoqchasi, proteya va ko‘k yiring 
tayoqchalari yuborilgandan keyin sog‘lom buyrakda yallig‘lanish jarayoni paydo 
bo‘lmaydi, ya’ni bakteriemiyadan tashqari moyillik omillari zarur. Ulardan eng 
muhimi buyrakdan siydik oqimi va unda qon hamda limfa aylanishi buzilishidir. 
Plazmani koagulyasiya qiluvchi yuqori patogenli stafilokokklar bundan mustasno, 
ular o‘tkir gematogen pielonefritni sog‘lom buyraklarda ham paydo qila oladi. 
Agar bakteriemiya bo‘lsa, sog‘lom buyrak siydik bilan bakteriyalarni 
ajratishi mumkin (fiziologik bakteriuriya) degan fikr avval mavjud edi. Zamonaviy 
tekshirishlar bilan bunday dalillar tasdiqlanmadi, chunki sog‘lom buyrak 
bakteriyalarni siydikka o‘tkazmaydi.
Buyrak 
kalavalarining 
qon 
tomir 
halqalariga 
cho‘kib qolgan 
mikroorganizmlar endoteliyda degenerativ o‘zgarishlarni paydo qilib, uning 
o‘tkazuvchanligini butunlay ishdan chiqqunga qadar buzadi va kanalchalar 
bo‘shlig‘iga kiradi, keyin esa siydik bilan chiqariladi. Xuddi shuning uchun 
pielonefrit kasalligining birinchi ikki sutkasidagi ko‘pgina bakteriuriya uning 
yagona simptomi bo‘lishi mumkin. 
Keyingi kunlarda bakterial tromblar atrofida yallig‘lanish jarayoni oraliq 
to‘qimada leykotsitar infiltratlar hosil bo‘lishi va rivojlanishi bilan kuzatiladi. SHu 
paytdan boshlab siydikda (anchagina sondagi mikroorganizmlar bilan birga) 
ko‘plab leykotsitlar aniqlanadi. Leykotsitar infiltratsiya zonasiga o‘tuvchi 
kanalchalar devoridagi degenerativ va destruktiv o‘zgarishlar leykotsituriyaga 


sabab bo‘ladi, ular orqali leykotsitlar kanalchalar bo‘shlig‘iga, keyin esa siydikka 
tushadi. 
O‘tkir pielonefrit yaxshi kechganda o‘tkir yallig‘lanish belgilari kasallikning 
7–10 kunlarida pasaya boshlaydi. Odatda, kalavalarda infeksiya bo‘lmaydi. 
Leykotsitar infiltratsiyadan keyin buyrakning oraliq to‘qimasida hujayra 
elementlarining asta–sekinlik bilan proliferatsiyasi ro‘y beradi: limfotsitlar, 
plazmatik hujayralar, makrofaglar, fibroblastlar paydo bo‘ladi. 3–haftaning oxirida 
buyrakning po‘stloq va miya moddasida ko‘proq yangi shakldagi granulyasion 
tipidagi biriktiruvchi to‘qima elementlari va kapillyarlarning biriktiruvchi to‘qima 
bilan o‘sishi aniqlanadi. 6–haftaning oxirlarida yallig‘lanish o‘rnida chandiq paydo 
bo‘ladi (granulyasion to‘qimada hujayra elementlari, qon tomirlar kamayadi, 
qattiqlashish va qisqarish yuz beradi). 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin