Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#177566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
o\'tkir pielonefrit

Patologik anatomiyasi.
O‘tkir serozli pielonefritda buyrak to‘q qizil rangda, 
kattalashgandi, taranglashgandi, buyrak yonidagi yog‘ to‘qimasi shishgan bo‘ladi. 
Mikroskopik ko‘rinishi buyrakning miya qavati oraliq to‘qimasida asosan qon 
tomirlar bo‘ylab joylashgan leykotsitlar, plazmotsitlar va ko‘p yadroli 
hujayralardan tashkil topgan ko‘p yallig‘lanish infiltratlaridan vujudga keladi. 
Infiltratlar kanalchalarga yaqin joylashib, ularning epiteliylari yupqalashgan
bo‘shlig‘i esa fibrin ivindisi, leykotsitlar, eritrotsitlar, hujayralar bo‘lakchalari 
(fragmenti) bilan to‘lgan bo‘ladi. Kalavalarga zararlanish simptomlari keyinroq 


(yiringlash jarayoni rivojlanganda) qo‘shiladi. O‘tkir pielonefrit serozli 
yallig‘lanishdan yiringliga o‘tganda yallig‘lanish infiltratlaridan yiringchalar 
vujudga kelib, mayda ko‘p abssesslar nafaqat buyrakning miya moddasida hosil 
bo‘ladi, balki uning po‘stloq moddasida apostematoz pielonefrit ham rivojlanadi. 
Buyrakning 
po‘stloq qavatidan piramidalardagi so‘rg‘ichlargacha 
yallig‘lanish infiltratlari kulrang–sarg‘ish yo‘llarga o‘xshab tarqaladi, ba’zan bunda 
nekroz va buyrak so‘rg‘ichlarining tortilishi kuzatiladi. Buyrak to‘qimasini 
mikroskopik tekshirganda oraliq to‘qimalarda, buyrak kanalchalarida hamda 
kalavalarda leykotsitlar infiltratsiyasi topiladi, bu joylarga bakteriyalar florasi va 
yiring perivaskulyar mayda abssesslar ochilganda – ikkilamchi bo‘lib tushadi.
Buyrakning po‘stloq qavatida mayda yiringchalar paydo qilganda yoki katta 
qon tomiri septik embol bilan berkilib qolganda buyrak karbunkuli rivojlanib, 
uning yuzasidan bo‘rtib chiqadi va miya qavatigacha ichkariga tarqaladi. 
YAllig‘lanish o‘choqlari bitganda ularning fibroz to‘qima bilan almashishi sodir 
bo‘lib, bular buyrak yuzasida tortilgan chandiqlar hosil bo‘lishiga olib keladi (6.1 
– rasm), undan parda qiyinlik bilan olinadi. Buyrak to‘qimasi kesilganda xilma–
xil ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
6.1–rasm. YAllig‘lanish o‘choqida fibroz to‘qimaning rivojlanishi natijasida buyrak 
yuzasidagi paydo bo‘lgan chandiqli tortishmalar. 



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin