Sodda masalalarni yechish haqida tushuncha. Integrativ mashg‘ulotlar yordamida bolalarni ijodiy rivojlantirish



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə6/7
tarix16.04.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#98772
1   2   3   4   5   6   7
maktabgacha ta\'lim

Miqdor va sanoq. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘qitish o‘ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshida yechilishi kerak bo‘lgan vazifalar hal qilinmasa maktabda o‘qitish muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Bu vazifalardan biri konkret bilimlar va tafakkur usullaridan abstract bilim va usullarga o‘tishdan iborat.
Bu xil o‘tish saviyasi, ayniqsa, matematika o‘qitish uchun zarurdir. Bunday saviyaning bo‘lmasligi yoki yetarli bo‘lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko‘pincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar ularni bartaraf qilish juda qiyin bo‘ladi.
Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstract bilimlarni egalar ekan, ko‘pincha ularni formal, asl mazmunini tushinib yetmagan holda o‘zlashtiradilar. Shuning uchun ham konkret shart -sharoitlarda matematik bilimlarni qo‘llanish imkoniyati juda cheklangan bo‘ladi. Shu sababli maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘qitishning muhim vazifalari matematik abstraktlashlar bilan konkret bog‘liq, orasidagi bog‘lanishni ta’nimlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini shakllanishidan iborat bo‘lishi kerak. Teksherishlar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o‘qitishda o‘tish saviyasi mazmuni quydagilardan iborat: Birinchidan, shunday faoliyat masalarni o‘zlashtirish kerakki, ularda matematik aperatsiyalarni qo‘llashning zarurligini bolalarga yoqqol ko‘rinib turadi.
Bu, bir tomondan, bolaning amaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liq (tenglashtirish, taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomonidan, ularga shunday shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay turib(masalan, fazoda ajratib qo‘yilgan to‘plamni ikki to‘plamni amalda tenglashtirish) amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, muhitning shunday munosabatlarini ajratish kiradiki, qo‘llanish bolaga konkret buyumlardan matematik ob’ektlarga o‘tish (masalan, buyumlarni ma’lum belgilari bo‘yicha guruhga kiritish va shu asosda to‘plam munosabatlarni, tenglik-tengsizlik munosabatlarini, qism- butun munosabatlarini hosil qilish) imkonini beradi. Tekshirish natijalari shuni ko‘rsatadiki, matematik aperatsiyalar maktabgacha yoshda o‘zlashtirilgan shunday masalalar va munosabatlar asosida kiritilsa va qayta ishlansa matematikani egallash samaraliroq bo‘ladi. Yo haddan tashqari konkretlik, yo matematik bilimlarning formalligi tufayli paydo bo‘ladigan qiyinchiliklar mazkur holda paydo bo‘lmaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘qitishda matematik bilimar tarkibini teksherish tenglik-tengsizlik, qism- butun munosabatlari bilvosita tenglashtirish sanoq va arifmetik amallarni to‘liq va ongli o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladigan sodda masalalar va munosabatlarning o‘zidan iborat ekanini ko‘rsatadi. Bu munosabat va masalalarni bolalar 3 yoshidan boshlab tushina boshlaydilar ular bunday mashg‘ulotlarga katta qiziqish bilan yondashadilar, xuddi shu yerning o‘zida o‘zlashtirganlarini o‘yinlarga ko‘chiradilar, turmushda amaliy ishlar qilishda foydalanadilar bir-birlariga shunga o‘xshash masalalarni taklif qiladilar.
Xulosa
Maktabgacha yoshidagi bolalarni o‘qitishda matematik bilimlar tarkibini tekshirish tenglik-tengsizlik, qism-butun munosabatlari, bilvosita tenglashtirish sanoq va arifmetik amallarni to‘liq va ongli o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladigan sodda masalalar va munosabatlarning o‘zidan iborat ekanini ko‘rsatdi. Bu munosabat va masalalarni (ularning eng sodda shakllarini) bolalar 3 yoshdan boshlab tushuna boshlaydilar. Ular bunday mashg‘ulotlarga katta qiziqish bilan yondashadilar, xuddi shu yerning o‘zida o‘zlashtirganlari (tenglik, qism-butun va hokazo munosabatlari)ni o‘yinlarga ko‘chiradilar, turmushda amaliy ishlar qilishda foydalanadilar, bir-birlariga (katta va tayyorlov guruhi bolalari) shunga o‘xshash masalalarni taklif qiladilar.



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin