Sodda masalalarni yechish haqida tushuncha. Integrativ mashg‘ulotlar yordamida bolalarni ijodiy rivojlantirish


Maktabgacha ta’lim muassasalarida son-sanoqni o‘rgatishga doir ijodiy mashg‘ulotlar



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə3/7
tarix16.04.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#98772
1   2   3   4   5   6   7
maktabgacha ta\'lim

Maktabgacha ta’lim muassasalarida son-sanoqni o‘rgatishga doir ijodiy mashg‘ulotlar.
Т аrbiyachi bolalarga o‘yin-toshliriqlarini berib shakllarni tanish va atash bo‘yicha mashq qildiradi: “O‘ng qo‘lingda kvadrat, chap qo‘lingda doirani keltir”, “Qo‘limda nima borligini top”, “Xuddi shunday shakl top” (bolalar tarbiyachidagi shakl shaklidagi shaklni topadilar), shuningdek, bunda “Shakllar dominosi”, “O‘z uyingni top” (uychalar har xil shakldagi belgilar bilan belgilanadi) kabi o‘yinlardan foydalanadi. Natijada kichkintoylar o‘lchami va rangiga bog‘liq bo‘lmagan doira, kvadratlarni topishadi, doiraning dumalashini, uning burchaklari yo‘qligini, kvadrat dumalamasligini, uning burchaklari ko‘pligini bilib oladilar.Tarbiyachi to‘plamlarning tengligi bilan tanishtirishda tarqatma va demonstratsion material sifatida doiralar va kvadratlardan foydalanadi, bolalarnishakllarning aniq nomlarini ishlatishga o‘rgatadi. Bolalar uchun har bir son, ozidan oldin kelgan sondan bitta katta va ozidan keyin kelgan sondan bitta kichik ekani aniq bola boshlaydi.Natural sonlar qatori quyidagi xususiyatlarga egadir.Har bir son bir - biridan birga kop yoki birga kam bo‘ladi: 3 soni 4 sonidan 1 ga kam, 4 soni 3 esa 1 ga ko‘p.Bir son hech qanday sondan keyin kelmaydi. 2-dan, har bir sondan keyin bittagina son keladi. Masalan: 3 sonidan keyin 4 soni.Natijada bolalarninig fikrlash protsessi, aqliy taraqqiyoti mukammallashib, aniq materiallar bilangina amal qilishdan abstrakt tushunchalarga otiladi, yani sonlarning o‘zi bilangina amal qila olish imkoniyati tug‘iladi.

  1. Yosh bolalarning turli toplamlar bilan mashg‘ul bolishidagi amaliy faoliyati davrida ayrim elementlardan tashkil topgan to‘plamlarni butun bir obekt shaklida tasavvur qiladi.Ilmiy tadqiqot natijasida, mavjud bolgan ayrim nazariy vaziyatlarni umumlashtirib quyidagi xulosaga kelish mumkin.

  2. Bolalarda tarkib topgan kopliklar tushunchalari elementlarni bir-biriga mos munosabatda qoya bilishni organishdagi amaliy konikmalariga asoslanib, 4 yoshdagi bolalar gruppasida sanoqqa orgatishda sonlarni ifodalash boshlanadi.

4-5 yashar bolalar gruppasida, turli analizatorlar yordamida bolalarning sanoq malakalarini yana ham oshirish bilan, ularga qator sonlar orasidagi togri va teskari munosabatlar tushuntiriladi.
6 yashar bolalar gruppasida qoshni sonlar orasida munosabatlarni tushuntirish yana ham chuqurlashtirilib, bolalar son, funktsiyani bajarishi, yani miqdorni va tartibni korsatishi bilan tanishadi.Bu bilan bolalar ongida sonlar qatori qatiy bir sistemada bolishi tushunchasi shakllanib, har bir sonning tarkibi ozidan kichik ikki sondan iborat bolishi ham o‘rg‘atiladi.Bu tariqa berilgan malumotlar bolalarni arifmetik amallarni tushinish va ozlashtirishga tayyorlaydi.Bolalarga talim berish dasturidagi bunday izchillik tartibi bolalarni konkret narsalar bilan bogliq bolgan sanoq faoliyatidan sonlar bilangina ishlash, yani hisob faoliyatiga kochish imkonini tug‘diradi.Ilmiy tekshirishlar natijasida aniqlanishicha, bolalarning sanoq faoliyati taraiyoti quyidagi bosqichlarni oz ichiga oladi:
1- bosqich. Bu bosqichda bolalar bir xildagi narsalar toplami bilan ish korib, ularni ajratadilar va bir joydan ikkinchi joyga olib qoyib nimalarnidir quradilar.

  1. - bosqich. Bu bosqichda bolalar bir toplam elemetlarini ikkinchi toplam elementlari bilan solishtirish malakasini amaliy egallab, elementlarning ozaro bir qiymatli munosabatda bolishini aniqlay boshlaydilar.

  2. - bosqich. Bu bosqichda bolalar sanoq operatsiyasini egallay boshlab, solishtirilayotgan toplamlar elementlarini sanab, sonlarni orinli ishlata boshlaydilar. 4-bosqich. Bunda bolalar qoshni sonlar orasidagi togri va teskari munosabatlarni aniqlaydi, son tushunchasini chuqurroq ozlashtirib, natural sonlar qatori malum bir sistema ekanini bilib oladilar. Son-sanoq. Maktabgacha yoshidagi bolalarni o‘qitish o‘ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha yoshida yechilishi kerak bo‘lgan vazifalar hal qilinmasa, maktabda o‘qitish muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Bu vazifalardan biri aniq bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga o‘tishdan iborat. Bu xil o‘tish saviyasi, ayniqsa, matematika o‘qitish uchun zarurdir.

Bunday saviyaning bo‘lmasligi yoki yetarli bo‘lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan, maktabgacha yoshidagi bolalar ko‘pincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar, bularni bartaraf qilish juda qiyin bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstrakt bilimlarki egallar ekanlar, ko‘pincha ularni formal, asl mazmunini tushunib yetmagan holda o‘zlashtiradilar. Shuning uchun ham aniq shart - sharoitlarda matematik bilimlarni qo‘llanish imkoniyati juda cheklangan bo‘ladi.Shu sababli maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o‘qitishning muhim vazifasi matematik abstraktlashlar bilan aniq borliq orasidagi bog‘liqlikni ta’minlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bo‘lishi kerak.Tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o‘qitishda o‘tish saviyasi mazmuni quyidagilardan iborat: Birinchidan, shunday faoliyat va masalalarni o‘zlashtirish kerakki, ularda matematik operatsiyalarni qo‘llashning zarurligi bolalarga yaqqol ko‘rinib turadi. Bu bir tomondan, bolaning amaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liq (tenglashtirish, taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay turib (masalan, fazoda ajratib qo‘yilgan ikki to‘plamni amalda tenglashtirish) amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi.Ikkinchidan, muhitning shunday munosabatlarini ajratish kiradiki, bu munosabatlarni qo‘llanish bolaga konkret buyumlardan matematik obyektlarga o‘tish (masalan, buyumlarni ma’lum belgilari bo‘yicha guruhga kiritish va shu asosda to‘plam munosabatlarini, tengliktengsizlik munosabatlarini, qismbutun munosabatlarini hosil qilish) imkonini beradi.Tekshirish natijalari shuni ko‘rsatadiki, matematik operatsiyalar maktabgacha yoshda o‘zlashtirilgan shunday masalalar va munosabatlar asosida kiritilsa va qayta ishlansa, matematikani egallash samaraliroq bo‘ladi. Yo haddan tashqari aniqlik, yo matematik bilimlarning formalligi tufayli paydo bo‘ladigan qiyinchiliklar mazkur holda paydo bo‘lmaydi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarni o‘qitishda matematik bilimlar tarkibini tekshirish tenglik-tengsizlik, qism-butun munosabatlari, bilvosita tenglashtirish sanoq va arifmetik amallarni to‘liq va ongli o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladigan sodda masalalar va munosabatlarning o‘zidan iborat ekanini ko‘rsatdi. Bu munosabat va masalalarni (ularning eng sodda shakllarini) bolalar 3 yoshdan boshlab tushuna boshlaydilar. Ular bunday mashg‘ulotlarga katta qiziqish bilan yondashadilar, xuddi shu yerning o‘zida o‘zlashtirganlari (tenglik, qism-butun va hokazo munosabatlari)ni o‘yinlarga ko‘chiradilar, turmushda amaliy ishlar qilishda foydalanadilar, bir-birlariga (katta va tayyorlov guruhi bolalari) shunga o‘xshash masalalarni taklif qiladilar.“Bolajon” tayanch dasturi besh bo‘limdan iborat:
«Miqdor va sanoq», «Kattalik», «Geometrik shakllar», «Fazoda mo‘ljal olish»,
«Vaqtga nisbatan mo‘ljal olish». Endi har xil guruhlarda «Son-sanoq» bo‘limi ustida ishlash uslubiyati haqida fikr yuritamiz.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin