Integrativ mashg‘ulotlar yordamida bolalarni ijodiy rivojlantirish. Bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustaxkamlash va chuqurlashtirish uchun : “Ertalab”, “Kechkurun”, “Kunduz”, “Tun”, “Kecha”, “Bugun”, “Ertaga” tushunchalarini farqlash va bu so‘zlardan to‘g’ri foydalanish ko‘nikmasini mustaxkamlash kerak. Bolalarni xafta kunlari bilan tanishtirish va xafta kunlari nomlarini izchillik bilan aytishga o‘rgatish kerak . Kecha xaftaning qaysi kuni bo‘lganligini, bugun qanaqa kun, ertaga kaysi kun bulishini aniqlashni o‘rgatish kerak. Bolalarning vaqt xaqidagi tasavvurlarini mustaxkamlash va chuqurlashtirish kerak. Yil fasllari bilan tanishtirish va fasllarning nomini to‘g‘ri ketma-ketlikda aytishga o‘rgatish kerak bo‘ladi.Katta guruhda asosiy e’tibor xaftadagi uzgarishni, yil fasllarining xarakterli xususiyatlarini ongli uzlashtirishga karatiladi. Bolalar kecha qaysi kun bo‘lgani, bugun qaysi kun ekanini, ertaga kaysi kun bulitttini, xaftadagi kunlar sonini, ularning tartibini aytishni, urganadilar. Bundan tashkari, bolalar yil fasllarining xarakterli belgilarini uzlarining bu vaqtdagi o‘yinlarni, odamlarning tabiatdagi mexnatlarini aniklaydilar.Uch yoshli kichkintoylar dumaloq buyumlarni va burchaklari bor buyumlarni farq qilishga, ya’ni buyumlarning shakllarini elementar tahlil qilishga o‘rgatiladi.Qarash uchun geometrik shaklga ega bo‘lgan, detallari yo‘q oddiy shakldagi buyumlar tanlanadp. Buning uchun dastlab, har xil rangdagi, ammo bir xil shakldagi, bir xil buyumlardan, masalan: uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bayroqchalardan foydalanish maqsadga muvofiq, bu kichkintoylarga shakl alomatini ajratishga yordam beradi. Shundan keyin har xil rangli bir xil buyumlarni sodda shakldagi istalgan buyumlar (koptok, ip koptok g‘ildiraklar)ni berish mumkin.Tarbiyachi bolalarga buyumlarning shakllarini payqash — harakat yo‘li bilan, “shakl” so‘ziga urg‘u bergan holda tahlil qilishni o‘rgatadi. U buyum konturi (tashqi ko‘rinishi) ustidan ko‘rsatkichni yuritib chiqadi, oxirida u buyum ustidan qo‘lini o‘tkazib “dumaloq” (g‘ildirak), — deydi.Bolalarni birgalikda harakat qilishga jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Kichkintoylar tarbiyachining qo‘l harakatini kuzatib, xuddi shunday harakatni havoda bajarishga “yordam” berishadi. Buyum konturi ustidan qo‘l yoki ko‘rsatkich barmoq aylantirib chiqiladi. Har galgi harakat buyum ustidan qo‘lni tekkizib chiqish bilan tugaydi, shunday qilinmasa, shakl haqidagi tasavvur kontur chizig‘i bilan bog‘lanib qolishi mumkin. Tarbiyachi bolalarda buyumlar konturini o‘rab olish ularni qo‘l bilan qamrab olish, qo‘lni sirt bo‘yicha siypalab chiqish, buyumlarni dumalatish, ularni har-xil holatga qo‘yish istagini uyg‘otadi.
Natijada yumaloqlangan va burchakli buyumlarning xossalarini (turg‘un, turg‘un emas va h.k.) topadilar.“Shakli bo‘yicha o‘xshashlarini tanla” kabi o‘yinmashqlardan foydalanish mumkin. Chaqirilgan bola o‘z buyumini tekshirib chiqib, uni shu shakldagi buyumlar turgan stolga o‘tkazib qo‘yishi kerak. Keyinroq bolalar buni mustaqil bajaradilar, masalan, o‘z stollari yonida o‘tirgan hollarida har xil shakldagi buyumlarni ajratib qutilarga solishadi: bir qutiga-dumaloq (doiraviy), ikkinchi qutiga burchakli (burchaklari bo‘lgan) buyumlarni solishadi.
Kichik guruhda bolalar doira va kvadrat bilan tanishtiriladi. Buning uchun tarbiyachi dastlab har bir bolaga 2 tadan geometrik shakl, masalan, qizil doira va yashil kvadrat beradi (tarbiyachining o‘zida ham shular bo‘ladi). Tarbiyachi bolalarga 2 ta shakldan bittasining nomini aytmagan holda ko‘rsatadi va ulardan xuddi shunday shaklni topish va ko‘r-satishni so‘raydi. So‘ngra ikkinchi shaklni ko‘rsatib, bolalardan o‘z stollaridan xuddi shunday shaklni topib ko‘rsatishni so‘raydi. Maktabgacha yoshidagi bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish metodikasida buyumlarni payqash — harakat yo‘li bilan tekshirish usullariga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Buni qanday bajarishni tarbiyachi ko‘rsatadi: u bolalarni birga ishlashga jalb qilgan holda, buyum konturi ustidan bir necha marta ko‘rsatkich barmog‘ini yuritib chiqadi (bola har bir shakl konturi ustidan qo‘lini yuritib chiqadi). Bunda u shakl nomini aytadi. Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar tarbiyachining har bir geometriq shakl konturini hosil qilayotgan qo‘l harakatini kuzatishadi. Shundan keyin o‘zlari shakl konturi bo‘yicha barmoqlarini yuritib chiqib, uning nomini aytishadi. Bolalarni kontur ustidan barmoq yuritib chiqish bo‘yichamashq qildirish uchun 2—3 ta doira, kvadrat tasvirlangan kartochkalardan ham foydalanish mumkin.O‘z tarbiyalanuvchilarini doira va kvadratni ajrata olish bo‘yicha bir necha marta mashq qildirib, tarbiyachi bolalarni shakllar bilan aktiv harakat qilishga (qo‘lga olish, birbirining ustiga qo‘yish, qator qilib qo‘yish) chorlaydi. Bu bolaga geometrik shakllarning nomlari va shakllarini eslab qolishga yordam beradi.Keyingi mashg‘ulotlarda tarbiyachi o‘zidagiga qaraganda kichiko‘lchamdagi, ammo rangi bir xil bo‘lgan doira va kvadratlarni beradi, so‘ngra esa namunadan o‘lchami ham, rangi ham farq qiladigan doira va kvadratlarni beradi.Bolalarning doira va kvadrat haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun (“Doirani o‘ng qo‘lingga ol”, “Kvadratni chap qo‘lingga ol”, “Qo‘lingda turgan narsaning nomini ayt”, “Hamma doiralarni yuqori chiziqqa, hamma kvadratlarni pastki qiziqqa qo‘y” kabi topshiriqlardan, shuningdek “Top-chi, xaltada nima bor”, “Juftini ton”, “O‘z uyingni top” kabi o‘yinlardan foydalanish mumkin.